J: Inson.
53. Borliqning ziynati va toji nima? J: Inson.
54. “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari necha qismdan iborat? J: 2 ta:
1. Yaxshi xulqlar. 2. Yomon xulqlar.
55. “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida nechta fazilat va nechta illatga alohida boblarda ta’rif berilgan? J: 31 fazilat, 20 illat.
56. Avloniy qaysi asarida har bir bobda yaratilayotgan tushunchani payg‘ambar hadislari, Arastu, Aflotun, Muhyiddin Arabiy, Ibn Sino, J. Rumiy, Sa’diy kabi allomalarning fikrlari b-n dalillaydi, ibratli so‘zlari b-n bezaydi? J: “Turkiy Guliston yoxud axloq”.
“TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ”
ASARIDAN PARCHALAR
“Alhosil, tarbiya bizlar u-n yo hayot- yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat, masalasidur”.
* * *
“Ilm- insonning madori hayoti, rahbari najotidur”.
* * *
“Din va e’tiqodi salomat bo‘lmagan kishilar haqni botildan, foydani zarardan, oqni qoradan, yaxshini yomondan ayira olmas”.
* * *
“Islomiyat butun insoniyatdur. Insoniyat esa yaxshi xulqdan iboratdur”.
* * *
“Qanoat bir xazinadurki, naqdinasi kundan kun ortar”.
* * *
“Sabr shunday bir kuchli narsadurki, shahvatni iffatga, g‘azabni shijoatga, shiddatni hilmga, kattalikni ta’vozeg‘a, yomonlikni yaxshilkka aylandurmakg‘a quvvat yetar”.
* * *
“Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotdir”.
* * *
1. “Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridagi boblar qanday yakunlanadi?
J: Xulosalovchi she’riy parcha bilan.
2. “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida hayoga qanday ta’rif berilgan?
J: Hayo deb ishda, so‘zda adabni rioya qilmak aytilur. Hayo dilni ravshan, qiladurg‘on bir nurdir, inson har vaqt shul ma’naviy nurning ziyosiga muhtojdur. Shariat buyurmagan, odamlar suymagan ishlarni ishlamak – g‘iybat, hajv, masxara, safsata, so‘kuv kabi odamlarning nafsiga, izzatiga tegadurg‘on adabsiz so‘zlarni so‘zlamak zo‘r hayosizlikdur. Iffatning pardasi, vijdonning niqobi hayodir…”
3. “Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridagi hayo ta’rifi qaysi she’riy parcha bilan yakunlanadi?
|