|
J: O‘tda kuymas, suvda cho
|
bet | 86/99 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #251177 |
Bog'liq til va adabiyot [uzsmart.uz]J: O‘tda kuymas, suvda cho‘kmas.
18. “O‘zbekiston” qasidasida bu yurtning dovrug‘iga hasad qilgan, yo‘qotmoq u-n kelgan kimlar edi? J: Chingiz.
19. “O‘zbekiston” qasidasida yurt boshiga kelgan ofat nima edi? J: Inqilob.
20. “O‘zbekiston” qasidasida yurt tinchini buzgan kim? J: Fashistlar.
21. “O‘zbekiston” qasidasida aks ettirilgan shoir o‘tinchi nima edi? J: O‘zligini unutmaslik.
22. A. Oripovning “O‘zbekiston” qasidasi b-n bir vaqtda yozilgan qasida?
J: Erkin Vohidov “O‘zbegim”.
23. XX asrning 60-yillarida o‘zbek adabiyotida yaratilgan hamda A. Oripovning “O‘zbekiston” qasidasini esga soladigan asar ? J: E. Vohidov “O‘zbegim”.
24. A. Oripovning “O‘zbekiston” qasidasida nomi tilga olingan siymolar?
J: Hamid Olimjon, G‘. G‘ulom (2- bandda), Jahongir (3-bandda A. Temur nazarda tutilgan), Mirzo Ulug‘bek (4-bandda), Kolumb, Beruniy (5-band-da), Alisher Navoiy (6-bandda), Jaloliddin (8-bandda), Sobir Rahim (10-bandda), Oybek, Habib Abdulla (12-bandda).
25. Shoir qasidaning nechanchi bandida bir zot borkim, baridan suyuk, Buyuk-larga baxsh etgan daho deya, kimga o‘zingsan buyuk deb murojaat qiladi?
J: Qasidaning 7-bandida, ona xalqiga.
26. “O‘zbekiston” qasidasida qaysi daryolar nomlari qalamga olingan?
J: Amudaryo.
27. “O‘zbekiston” qasidasida qaysi joylarning nomlari qalamga olingan?
J: Osiyo, Amerika, Dansi, Farg‘ona.
QASIDA JANRI HAQIDA
1.Mashhur tarixiy shaxslar va voqealarni madh etuvchi tantanavor uslubdagi she’r nima deb ataladi? J: Qasida.
2. Qasidalar qanday qofiyalanadi? J: Xuddi g‘azallardek.
3. Mirzo Ulug‘bekni sharaflab 4 ta qasida yozgan kim? J: Shoir Sakkokiy.
4. A. Navoiy kimga bag‘ishlab qanday qasida bitgan? J: Do‘sti Husayn Boyqaroga “Hiloliya” qasidasini.
5. A. Navoiyning falsafiy qasidasi? J: “Tuhfatul afkor” (“Fikrlar sovg‘asi”).
6. Zamonaviy adabiyotimizda yaratilgan qasidalar? J: M. Shayxzoda “Tosh-kentnoma”, E. Vohidov “O‘zbegim”, A. Oripov “O‘zbekiston”.
7. Xalqimiz sha’ni va shavkatiga badiiy so‘zdan tiklangan muhtasham obida deb baholangan asar? J: Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasi.
|
| |