|
5-sinf ona tili fanidan fonetika bo‘limini o‘qitish o‘qitish bo’yicha dars ishlanma
|
bet | 3/3 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #110091 |
Bog'liq dars ishlanmaKo‘nikmalar:
-Tovush tushishini o`rganish;
Malakalar:
–Tovush tushishi hodisasiga namunalar keltirish;
Shakllantirilayotgan kompetensiyalar:
– kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy.
Amalga oshirish usuli:
– guruhlarda va juftliklarda ishlash
III.Darsning uslubi: «aqliy hujum»,»bahs-munozara», «guruhlarda ishlash».
IV.Darsning jihozi:
5-sinf ona tili darsligi, noutbook, plakatlar, tarqatma materiallar, kartochkalar, testlar, texnika vositasi .
1. Dars rejasi:
1) Tashkiliy qism
a) salomlashish, davomatni aniqlash va sinf xonasi tozaligini nazorat qilish;
b) guruhlar va guruh sardorlari bilan tanishish
2) Asosiy qism
a) o‘tilgan mavzuni so‘rash;
b) yangi darsning bayoni;
v) amaliy ish;
3) Xulosa
a) g‘olib guruhni aniqlash
b) faol ishtirok etgan o‘quvchilarni baholash;
v) uyga vazifa
O’qituvchilarning o’rni beqiyos bo’lib, o’quvchiga mumtoz so’z va izoh talab qiluvchi so’zlarning semalari batafsil va tushunarli berilishi lozim. Bu o’rinda “O’zbek tili izohli lug’ati” va turli mumtoz adabiyotlar izohli lug’atlaridan boxabar bo’lishlari talab etiladi. “Mumtoz matn va lug’atlar ustida ishlash” mavzusi dars soatlarini quyida keltirilgan materiallar va uslubiy qo’llanmalar asos va ko‘rinishida o’tishlari maqsadga muvofiqdir. Avvalo berilgan Alisher
Navoiyning “Lison ut-tayr” kitobidan olingan “Talab vodiysi” parchasining nasriy bayonini o’quvchilarga tanishtirish, tahlil va tavsifini to’laqonli berib o’tish bilan boshlash lozim.
65-mashq. Matnni ifodali o‘qing.
TALAB VODIYSI
Chun talab vo/diysig‘a qo‘y/sang qadam,
Ollinga har/ dam kelur yuz / ming alam. Har dam anda/ yuz malolat/ yuzlanur, Har nafas ming/ sa’b holat/ yuzlanur. Istamak ran/ji ko`ngulni/ zor etar, Topmomog`liq/ ruhni af/gor etar.
Jonni kuydur/mak bo`lub mah/rumliq, Vaslining mi’/odi noma’/lumliq.
Ranj-u ko`shish/ sanchibon jis/mingg`a nesh,
Dardi noyob/ aylabon jo/ningni resh. Istabon top/may duri no/yobni, Mundadur tar/k aylamak as/bobni.
Mol-u mulk-u/ har nedur so/likka band, To`rt takbi/ri fano ur/moq baland. (Alisher Navoiy, “Lisonut-tayr”) (Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatiga qaralsin, 1, 38-39-betlar).
|
Talab vodiysining sifati
(Nasriy bayoni)
-Talab vodiysig‘a qadam qo'ysang, oldingga har dam yuz ming dard-u alam duch keladi. Har lahza unda yuz malollik, har nafas yuz ming o’zga holat yuzlanadi. Istamoqlik azobi ko'ngulni zor etadi, lekin topa olmaslik ruhni abgor etadi. Bunda jonni kuydirish mahrumlik, vaslga va’dasi muddati – noma’lumlik bo'ladi. Mashaqqat va kulfatlar jismingga nish sanchib, behad ulkan dard jismingni pora-pora qiladi. Sen noyob durni qo’lga kiritishni xohlaysan, ammo uni topa olmaysan. Buning uchun dunyo asbob-uskunalarini tark etmoq zarurdir.
Solik o’z yo’lida g’ov bo’ladigan mol-u mulk va boshqa narsalardan voz kechib, foniylikning to’rt “ ALLOHU AKBAR”ini baland ovozda aytmog’i kerak. (2, 157-bet).
|
“Talab vodiysi”dan olingan parcha tavsifidan so’ng esa ajratilgan so’zlarning ma’nolariga to’xtalgan holda, uni batafsil yoritish zarur. Bu mavzuning asosiy maqsadi bo’lgan g’oyani o’z ichiga oladi.
MALOLAT – [a. – zerikish; tashvish, g‘ashlik] Ko‘ngil g‘ashligi, diltanglik.
|
* Amir Dushanbega kelgach.. uning – [Abdulhofizning] yosh qizini oldirib keldi,Temurshoh qizining o‘lgani sababli ko‘nglida paydo bo‘lgan malolatni bartaraf qildi. S.
Ayniy, Doxunda.
|
|
| |