Qo`rg`oshinning asosiy minerallari




Download 126,12 Kb.
bet2/7
Sana16.02.2024
Hajmi126,12 Kb.
#157940
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
amaliy ish 6-7- Qorg\'oshin Rux-1
Biznes-reja ishlab chiqish, maqola2, DINSHUNOSLIK TAQDIMOT 2, Rudalarni boyitish (I.Umarova) (1)
Qo`rg`oshinning asosiy minerallari.
Mineral tarkibiga ko‘ra qo‘rg‘oshinli, ruxli va kompleks qo‘rg‘oshinli – ruxli rudalar mavjud bo‘ladi. Birinchi ikki turdagi juda kam uchraydi. Qo‘rg‘oshin va ruxning asosiy qismi kompleks qo‘rg‘oshin – ruxli rudalardan ajratib olinadi. Barcha turdagi rudalar sulfidli, oksidli va aralash rudalarga bo‘linadi. Galenit – sulfidli va aralash rudalarning qo‘rg‘oshinli minerallar hisoblanadi.
Qo‘rg‘oshinning oksidli minerallariga sserussit va anglazit kiradi.
Rux minerallaridan sanoat ahamiyatiga egasi faqat bitta mineral – sfalerit. Ruxning oksidli minerali kam uchraydi va boyitishda qiyin ajratiladi.
Galenit PbS, qo‘rg‘oshin yaltirog‘i sulfidli mineral hisoblanib, tarkibida 86,6 % qo‘rg‘oshin saqlaydi. Galenitning rangi qo‘rg‘oshin – kulrang yaltiroqligiga ega. Qattiqligi 2-3, zichligi 7,4 – 7,5 g/sm3, mo‘rt. Kuchsiz elektr o‘tkazuvchanlik va yaxshi detektorlik xususiyatiga ega.
Galenitning oksidlanmagan yuzasi gidrofob va bunday mineral to‘plovchisiz flotatsiyalanishi mumkin. Biroq mineralning tez oksidlanishi tufayli uning flotatsiyasi uchun to‘plovchi, masalan, ksantogenat berish kerak. Galenit xlorli oxak, natriy sulfiti va natriy sulfidi bilan so‘ndiriladi.
Serussit PbCO3 77,5 % qo‘rg‘oshin saqlaydi. Mineralning rangi kulrang sarg‘ish yoki qo‘ng‘irroq moyil. Olmos yaltiroqligiga ega. Qattiqligi 3-3,5 solishtirma og‘irligi 6,4-6,6 g/sm3. Mineral yumshoq, juda mo‘rt. Kuchsiz flotatsiyalanish xususiyatiga ega va natriy sulfidi bilan faollashtirishsiz flotatsiyalanmaydi.
Aglezit PbSO4 tarkibida 68,3 % qo‘rg‘oshin saqlay di. Bu mineralni flotatsiyalanish uchun xam dastlab natriy sulfidi bilan faollashtirish kerak.
Sfalerit ZnS minerallarning nomi “sfaleros” aldamchi so‘zidan olingan. Bu mineral tashqi belgilarining rasmiy sulfidlariga hech o‘xshamasligi sababli shunda y atalgan bo‘lsa kerak. Uning sinonimi rux aldamchisi hisoblanadi. Sfaleritning turlari: kleyofan – oq rangli yoki rangsiz (deyarli butun aralashmalardan xoli) bo‘lgan xili, marmatit – sfaleritning qora rangli temir aralashgan xili, poshibramit – kadmiyga boy (Cd 5% gacha) xili bor.
Sfalerit tarkibida 67 % rux saqlaydi. Aralashma sifatida ko‘proq temir (20% gacha) uchraydi.
Sfaleritning rangi odatda qoramtir yoki jigar rang, ko‘pincha qora (marmatit), kamdan-kam sariq, qizil va yashilroq bo‘ladi. Butunlay rangsiz-shaffof xili (kleyodan) xam bor. Olmos kabi yaltiraydi. Qattiqligi 3-4, solishtirma og‘irligi 3,9-4. Sfalerit ancha mo‘rtdir. U elektr o‘tkazmaydi va tubdan termoelektrlanish xususiyatiga egadir. Uning ayrim xillari ishqaganda yoki singanda fosforensiyalanadi. To‘plovchi sifatida ksantogenatlar ishlatilib flotatsiyalanadi. Rux kuporosi va natriy sulfiti aralashmasi yordamida so‘ndiriladi. So‘ndirilgan rux aldamchi mis kuporosi bilan faollashtiriladi.
Smitsonit ZnCO3 tarkibida 52% Zn saqlaydi. Aralashmalar sifatida qo‘shimcha temir, marganets, magniy va boshqa elementlar ishtirok etadi.
Smitsonitning rangi oq, yashilroq yoki kul rangroq tusda tavlanadi. To‘q yashil rangli xilining tarkibida malaxit aralashmasi bo‘ladi. SHisha kabi yaltiraydi. Katod nurlarida och pushti rangda yarqirab ko‘rinadi. Qattiqligi 5, mineral mo‘rt solishtirma og‘irligi 4,1 – 4,5.
Faqat qo‘rg‘oshin saqlaydigan rudalar tabiatda kam uchraydi. Ularda qo‘rg‘oshindan boshqa rux yoki rux va mis ishtirok etadi. Undan tashqari yo‘ldosh elementlar sifati vismut, molibden, kadmiy, kumush, oltin, selen, tellur, germaniy,talliy, galliy va indiy saqlaydi. Bu elementlar odatda tarqoq xolda joylashgan. Polimetal rudalarning asosiy komponentlari qo‘rg‘oshin va rux 1:1,5 va undan ko‘proq nisbatda uchraydi. Qo‘rg‘oshin miqdori ruxdan ortiq bo‘lgan xollar juda kam kuzatiladi.
Sulfidli rudalar nisbatan oddiy sxema bo‘yicha boyitiladi. Agar rudada yirik va mayda xol – xollik galenit bo‘lsa, gravitatsiya – flotatsiya boyitish sxemasi qo‘llaniladi, bunda avval gravitatsiya usulida galenitning yirik zarralari chiqindisi qayta yanchishdan so‘ng mayda zarralari flotatsiya usulida boyitiladi.
Qo‘rg‘oshinning 15 – 80 % ini oksidli minerallari ko‘rinishida saqlaydigan aralash rudalarning flotatsiyasi ikki xil sxema bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Sulfidli va oksidli minerallarining alohida flotatsiyasida avval galenit flotatsiyalanadi, so‘ngra sulfidlashdan keyinsserussit va anglezit flotatsiyalanadi. Biroq ko‘pincha oksidli minerallarning sulfidlovchi sifatida natriy sulfidi qo‘llab, barcha sulfidli minerallarni birgalikdagi flotatsiyasi qo‘llaniladi. Bunda natriy sulfidining ortiqcha sarflanishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak, bu xolda galenit so‘ndirilishi mumkin.
Qo‘rg‘oshin – ruxli rudalar asosan flotatsiya usulida boyitiladi. Bu rudalarni dastlabki boyitish uchun ba’zan og‘ir suspenziyalarda ajratish usuli qo‘llaniladi. Og‘ir suspenziyalarda boyitishni puch tog‘ jinslarining asosiy qismini nisbatan yirik tuyushda ajratish mumkin bo‘lgan xollarda qo‘llash mumkin. Og‘ir suspenziyalarda boyitish natijasida flotatsiya fabrikalarining ishlab chiqarish quvvati ortadi, yanchish va flotatsiyaga tushadigan ruda xajmining qisqarishi hisobiga boyitishga ketadigan xarajatlar kamayadi, rudani qazib olish usuli soddalashadi va arzonlashadi.
Qo‘rg‘oshin – ruxli polimetal rudalar xam nisbatan sodda flotatsiya sxemalari bo‘yicha boyitiladi. Biroq rudaning tarkibida qo‘rg‘oshin va rux minerallar bilan bir qatorda mis minerallari, barit va boshqa yo‘ldosh minerallar uchrasa flotatsiya sxemasi va jarayonning tarkibi murakkablashadi. Bu xolda qo‘rg‘oshin – ruxli rudalarni boyitishda qo‘rg‘oshinli, ruxli, misli va baritli boyitmalar olinadi.
Qo‘rg‘oshin – ruxli rudalarni boyitish selektiv va kollektiv – selektiv flotatsiya sxemalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Selektiv flotatsiya sxemasi bo‘yicha avval ko‘pikli mahsulotga galenit ajratiladi. Bunda sfalerit rux kuporosi va natriy sulfiti aralashmasi bilan so‘ndiriladi. Flotatsiya soda yoki ohak yordamida hosil qilinadigan ishqoriy muhitda amalga oshiriladi. To‘plovchi sifatida ksantogenatlar ishlatiladi.
Sulfidlarni puch tog‘ jinslaridan ajratish uchun suyuq shisha ishlatiladi.
Kollektiv – selektiv flotatsiya sxemasi boyicha kollektiv boyitmaga darxol galenit va sfalerit ajratiladi. Bunda puch tog‘ jinslari chiqindilari tarkibida chetlashtiriladi. Keyin kollektiv boyitma qo‘rg‘oshinli va ruxli boyitmalarga selektiv flotatsiyadagidek ketma – ketlikda ajratiladi.
Rudada misning miqdori etarli bo‘lganda avval mis saqlovchi minerallar kollektiv boyitmaga keyin misli boyitmaga ajratiladi.
Oksidli qo‘rg‘oshin – ruxli rudalarning flotatsiyasidan oldin ular dastlab natriy sulfidi bilan ishlanadi, buning natijdasida minerallarning oksidli yuzasi sulfidli yuzaga v aylanadi.





Download 126,12 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 126,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qo`rg`oshinning asosiy minerallari

Download 126,12 Kb.