6-7-Amaliy mashg’ulot. Qo’rg’oshin-Rux minerallarini hisoblash




Download 126.12 Kb.
bet1/7
Sana16.02.2024
Hajmi126.12 Kb.
#157940
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
amaliy ish 6-7- Qorg\'oshin Rux-1
Biznes-reja ishlab chiqish, maqola2, DINSHUNOSLIK TAQDIMOT 2, Rudalarni boyitish (I.Umarova) (1)

6-7-Amaliy mashg’ulot. Qo’rg’oshin-Rux minerallarini hisoblash
O‘zbekiston dunyodagi juda katta qo`rg`oshin, kumush va boshqa qimmatbaho hamda er bag‘rida kam uchraydigan metallar zaxiralariga ega bo‘lgan davlatlar jumlasiga kiradi.
Qo‘rg‘oshin – rux asosan Jizzax viloyatining Uchquloch va Surxandaryo viloyatining Xondiza konlarida jamlangan.
Xondizadagi konda qo‘rg‘oshin va rux bilan birga barit, kumush, kadmiy,qo`rg`oshin va indiy bor. Xalqaro bozorda bu metallning mavqei oshgan sari O‘zbekistonda ularni qazib chiqarishni kengaytirish mumkin.
Ishlab turgan korxonalarni texnikaviy va texnoligik qayta jihozlash uchun oz miqdorda investitsiya sarflab, barit rudalarini qayta ishlash chog‘ida ajratib olinadigan nodir metallarning oliy markalarini olish imkoni mavjud. Ularning tarkibida asosiy metall 99,99 foizni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi bir qator nodir va tarqoq holda uchraydigan metallarni ajiratib olish hamda ishlab chiqarish uchun ishonchli xomashyo bazasiga ega. Ularning bir qismi, masalan, litiy, mustaqil konlarda jamlangan, boshqalarini barit, polimetallar, uran va boshqa foydali qazilmalar konlaridan yo‘ldosh moddalar sifatida ajratib olish mumkin.
Selen va tellurdan asosan yarim o‘tkazgichlar, quyosh batareyalari, termogeneratorlar, po‘lat, shishaning maxsus navlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.
O‘zbekiston reniyning noyob zaxiralariga ega. U Olmaliq konlaridagi rudalari bilan bog‘liq.Molibden konsentratidagi reniyning miqdori jihatidan bu rudalar jahon amaliyotida tengsizdir. Sanoatda reniydan aviatsiya va kosmik texnika uchun o‘tga chidamli qotishmalar, elektron uskunalar, neftni parchalash uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
Jahonda oliy izotoplari oilasida osmiy 187 bor – yo‘g‘i 1,6 foizni tashkil etadigan tabiiy manbalar ( Afrika, Shvetsariya, Rossiyada) mavjud. Ayni vaqtda O‘zbekiston konlaridagi tarkibida reniy bo‘lgan barit – molibden rudalarida barqaror izotopning foiz miqdori ancha yuqori.

Download 126.12 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 126.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-7-Amaliy mashg’ulot. Qo’rg’oshin-Rux minerallarini hisoblash

Download 126.12 Kb.