• $kirit
  • VALUES
  • Day (STR_TO_DATE(Tugilgan_yil, %Y-%m-%d)) Yil oy kundan kunni ajratib olish (Year, month)
  • 6-Amaliy ishi: php dasturlash tilida Mysql ma’lumotlar bazasi bilan ishlash




    Download 0.98 Mb.
    bet4/4
    Sana10.12.2022
    Hajmi0.98 Mb.
    #33994
    1   2   3   4
    Bog'liq
    6-dars
    Metallarni kesish va kavsharlash texnologiyasi., 2-amaliy topshiriq, 05-1272 15.12.2021, Maqom asoslari, mustaqil ish mavzulari2 (3), 3-MI Uralov Bunyod, 3-mustaqil ish-Vektorlar bo, YO\'PA0118 (1), 290, 2-mavzu.Yarim o‘tkazgichli diodlar, 788, 789, ferment, xfghjh
    2-bosqich: Bu bosqich asosiy bosqich bo’lib, bu bosqichda forma darchalariga kiritilgan ma’lumotlarni bazaga kiritish uchun buyruqlari yoziladi (bu buyruqlar add.php fayliga yoziladi, 12-rasm).

    Yuqoridagi buyruqlarni ham shartli ravsha uchta turga bo’lishimiz mumkin. 1-guruh buyruqlar (operatorlar)ga insert.php faylidagi formaga ma’lumotlarni o’zgaruvchilarga ta’minlash va agar hech qanday ma’lumot o’zgaruvchilarga ta’minlanmagan bo’lsa bu o’zgaruvchilarni unset funksiyasi yordamida butunlay bo’shatish operatorlari kiradi (12-rasmda 3-, 4-, …. 13 – sartlarda keltirilgan).
    2-guruh operatorlariga faylni MySQL ga bog’lash operatorini keltirishimiz mumkin (12-rasmda 16-satrda keltirilgan).
    3-guruh operatorlariga bazaga o’zgaruvchilardagi ma’lumotlarni qo’shish operatorlarini aytishimiz mumkin. (12-rasmda 20-, 21-, … 25- satrlarda keltirilgan). 19-satrga e’tibor beradigan bo’lsak isset funksiyasi yordamida o’zgaruvchilar bo’sh emasligi tekshirilayapti, agarda barcha o’zgaruvchilar bo’sh bo’lmasa (bu degani barcha maydonlarga ma’lumot kiritish shart degani aslida umuman o’zgaruvchilar bo’sh emasligini tekshirmasligimiz ham yoki ayrim bitta yoki ikkita o’zgaruvchilar bo’sh emasligini tekshirishimiz ham mumkin bu bazamizdagi nechta maydonga ma’lumotlar qo’shish majburiyligiga bog’liq) ma’lumotlarni bazaga qo’shish buyrug’i bajarilayapti :
    $kirit = "INSERT INTO Talabalar (Familiyasi, Ism, Tugilgan_yil, Tugilgan_tuman, Yunalish, Kurs, Guruh, Grand, Murabbiy, Jinsi, Oilaviy_ahvoli) VALUES ('$fam','$ism','$yil','$tum','$yun','$kurs','$gh','$gd','$mur','$jin','$ahv')";
    Bu yerda:
    $kirit – ma’lumotlarni jadvalga kiritish buyrug’i natijasini o’ziga taminlayapti.
    INSERT INTO – ma’lumotlarni jadvalga kiritish operatori.
    Talabalar – jadval nomi va qavs ichida jadvaldagi maydonlar nomlari vergul bilan ajratilgan holda berilgan.
    VALUES – jadval maydonlariga kiritilayotgan qiymatlar qavs ichida maydon nomlariga mos ketma-ketlikda berilgan.
    Eslatma: Yuqoridagi kodda maydon nomlari tartibi (ketma-ketligi) muhim emas, lekin maydon nomi nechanchi o’rinda yozilgan bo’lsa shu maydonga kiritilayotgan qiymat ham VALUES qavsining ichida ham o’sha o’rinda turishi kerak!
    12-rasmdagi 22-satrda yozilgan operatorning vazfasi bazaga ma’lumot qo’shilganligini yoki qo’shilmaganligini tekshirish va agarda barcha o’zgaruvchilar bo’sh bo’lmasada ma’lumot kiritilmagan bo’lsa uning sababini ko’rsatishdir.
    E ndi ushbu faylni brouzer oynasida sinovdan o’tkazamiz. Buning uchun dars nomli saytimiz bosh sahifasidagi (3-rasmda ko’rsatilgan brouzer oynasidagi) “Jadvalga ma’lumotlar qo’shish” nomli gipermurojaatni sichqoncha chap tugmasi yordamida tanlaymiz va natija hosil bo’lgan fayldagi forma darchalariga kerakli ma’lumotlar kiritamiz (13-rasm).
    Barcha darchalarga kerakli ma’lumotlar kiritganimizdan so’ng Ma’lumotlarni qo’shish tugmasini tanlaymiz va 14-rasmdagi natijaga erishamiz.

    PhpMyAdmin dagi natijani ko’rish uchun fakultet ma’lumotlar bazasidagi Talabalar nomli jadvalni tanlaymiz va shu yerdan Обзор menyusini tanlasak jadvalga qo’shgan ma’lumotlarimizni ko’rishimiz mumkin (15-rasm):

    Demak dasturiy ilovamizda hech qanday xatochiliklar yo’q, endi bemalol brouzer orqali ma’lumotlar bazasiga yangi ma’lumotlarni qo’shishimiz mumkin (16-rasm):

    Endi select.php nomli php faylini yaratamiz. Ushbu faylga MySQL ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi tizimida yaratgan fakultet nomli ma’lumotlar bazamiz tarkibidagi Talabalar nomli jadvalimizdagi ma’lumotlarni o’qish kodini kiritib qo’yamiz (20-rasm).

    20-rasmdagi kodlarni izohlaydigan bo’lsak bu yerda ham dastavval faylni MySQL ga va fakultet nomli ma’lumotlar bazasiga bog’lab olayapmiz hamda bog’lanish natijasini $conn o’zgaruvchisiga ta’minlab qo’yayapmiz (20-rasm 10‑satr). So’ngra ushbu ma’lumotlar bazasi tarkibidagi Talabalar jadvalidagi ma’lumotlarni $result nomli o’zgaruvchiga ta’minlab qo’yayapmiz (20-rasm 13‑satr, bu yerda SELCT * jadvaldagi barcha maydonlarni olishni anglatsa, From qaysi jadvaldagi ma’lumotlarni olish kerakligini ko’rsatadi yani bu operatordan so’ng jadval nomi keltiriladi (bizda Talabalar jadvali keltirilgan)). Keyingi qadamda $result o’zgaruvchisidagi ma’lumotlarni massivga ta’minlab olamiz. Bu yerda ikki usul mavjud bo’lib, birinchi usulda fetch_array() deydigan bo’lsak, ma'lumotlarni maydon nomi bilan o'quvchi massiv hosil bo’ladi (20-rasm 16-satr) va jadvaldagi ma’lumotlarni brouzerda chop etish uchun massiv argumentiga baza jadvalidagi maydon nomini yozish bilan murojaat qilishimiz kerak bo’ladi (20‑rasm 18‑satr). Ikkinchi usulda fetch_row() deydigan bo’lsak, ma'lumotlarni maydon tartibi bilan o'quvchi massiv hosil bo’ladi (20-rasm 22-satr) va jadvaldagi ma’lumotlarni brouzerda chop etish uchun massiv argumentiga baza jadvalidagi maydon tartibini yozish bilan murojaat qilishimiz kerak bo’ladi (20-rasm 23‑satr).
    Endi ushbu faylni brouzer oynasida sinovdan o’tkazamiz. Buning uchun dars nomli saytimiz bosh sahifasidagi (3-rasmda ko’rsatilgan brouzer oynasidagi) “Jadvaldagi ma'lumotlarni chop etish” nomli giper murojaatni sichqoncha chap tugmasi yordamida tanlaymiz. Natija quyidagicha bo’ladi (21-rasm):

    Natijalarga etibor bersak jadvalimizdagi dastlabki ikkita yozuvga tegishli ma’lumotlarni chop etmoqda. Biz barcha yozuvlarni chop etish uchun sikl operatorlaridan foydalanishimiz kerak, yani quyidagicha (22-rasm):

    Brouzerdagi natija esa quyidagicha bo’ladi (23-rasm):

    23-rasmda ko’rib turganingizdek ma’lumotlarni o’qish biroz qiyinroq, shuning uchun natija ozgina bo’lsada o’qishga oson qilish maqsadida natijani jadvalda aks ettirish maqsadga muvofiq (fayl kodlari 24-rasmda keltirilgan, brouzerdagi natija esa 25-rasmda aks ettirilgan).


    Biz yuqorida jadvaldagi barcha yozuvlarni o’qiyapmiz, lekin biz o’z xohishimizga ko’ra SQL so’rovlari yordamdida kerakli yozuvlarni ajratib olishimiz mumkin. Misol uchun jadvaldagi Grandda o’qiydigan talabalar kerak bo’lsa quyidagi buyruqni yozamiz:

    Bu SQL so’rovidan so’ng brouzerdagi natija quyidagicha bo’ladi (26-rasm):

    Xuddi yuqoridagidek Where operatori yordamida kerakli shart asosida yozuvlarni ajratib olishimiz mumkin.

    Day (STR_TO_DATE(Tugilgan_yil, '%Y-%m-%d'))
    Yil oy kundan kunni ajratib olish (Year, month)



    Download 0.98 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0.98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-Amaliy ishi: php dasturlash tilida Mysql ma’lumotlar bazasi bilan ishlash

    Download 0.98 Mb.