- sinfaz kirish signallarning so‘nish koeffitsiyenti – КTA.SF. OKning ikkala kirishiga berilayotgan signallarni so‘ndirish qobiliyatini baholaydi. Odatda, КTA .SF detsibellarda ifodalanadi:
KТА.СФ 20lg
ТАсизОКнингкучайтиришкоэффицинти синфаз ииналнингкучайтиришкоэффициенти
siljituvchi kirish kuchlanishi - USIL . Bu kattalik, OK chiqishida kuchlanish nolga teng bo‘lishi uchun, kirishga berish kerak bo‘lgan kuchlanish qiymatini belgilaydi.
Bu kattalik OK ning ideal emasligini xarakterlaydi va kirish kaskadidagi tranzistorlarni bir xil emasligiga asoslangan. Odatda USIL qiymati millivolt- o‘n millivoltlarda bo‘ladi;
kirish toklari - IKIR. Chiqishdagi kuchlanish nolga teng bo‘lganda kirishlarda oqib o‘tadigan tokni bildiradi. Bu toklar kirishdagi bipolyar tranzistorlarning baza toklari yoki OK kirish kaskadida maydoniy tranzistorlar qo‘llanilgan bo‘lsa zatvordagi sizish toki bilan tushuntiriladi. Odatda IKIR qiymati nanoamper – o‘n mikroamper (10-10.....
10-15А) larda belgilaydi;
kirish toklarining farqi IKIR – 10...20% ga yetishi mumkin. Bu kattalik OK kirish kaskadining simmetrik emasligini ifodalaydi;
chiqish kuchlanishining ortib borish tezligi Vu.CHIQ - bu kattalik UCHIQ qiymatini o‘zining nominal qiymatidan 10% dan 90% gacha o‘zgarishining, shu o‘zgarishlarga ketgan vaqtga nisbatiga teng;
birlik kuchaytirish chastotasi - f1. Bu kattalik OKda kuchlanishni kuchaytirish koeffitsiyenti birga teng bo‘ladigan kirish signali chastotasini bildiradi. Bu kattalik OK kuchaytirishi mumkin bo‘lgan signallarning chastota diapazonini belgilaydi.
10.1. а, б – rasmlarda OKning sxemalarda beriladigan shartli belgisi va chiqishlarning vazifalari tasvirlangan.
1 – OKning inverslamaydigan kirishi; 2 - OKning inverslaydigan kirishi;
3,4 – amplituda bilan ulanish uchun xizmat qiladigan chiqishlar;
5,6 – balanslovchi tashqi elementlar bilan ulanish uchun xizmat qiladigan chiqishlar;
– OK chiqishi;
– kuchlanish manbaining musbat ishorali elektrodiga ulanish chiqishi; 9 – kuchlanish manbaining manfiy ishorali elektrodiga ulanish chiqishi; 10 – sxemanining nol shinasiga (nol potensial) ulanish chiqishi.
а) б)
10.1-rasm. OKning sxemalarda beriladigan shartli belgisi (a) va chiqishlarning vazifalari (b).
Laboratoriya ishida tadqiq etilayotgan OKning chiqishlarining joylashishi, parametrlari va tahrirlovchi sxemalar ilovada keltirilgan. Shuni yodda tutish kerakki, OK asosidagi prinsipial sxemalarda mavjud manba zanjirlari va standart tahrirlash sxemalari keltirilmasligi mumkin.
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
Ilovadan tadqiq etilayotgan OK shartli belgisini chizib oling (chiqish raqamlari va tahrirlash elementi bilan), chegaraviy qiymatlarini yozib oling.
OK kuchaytirish koeffitsiyentining chegaraviy qiymatini aniqlang. Qancha katta qiymatga ega bo‘lsa, uni bevosita o‘lchash qiyin. Shu sababli KU qiymati hisoblash natijasida olinadi.
10.2 – rasmda keltirilgan sxemani yig‘ing (OK sokoli ilovada keltirilgan). (Shuni eslatib o‘tmoqchimizki, chatotani tahrirlovchi sxema yig‘ilgan bo‘lsa ham uning sxemasi ko‘rsatilmagan. Keyinchalik YE3 manba elementi ham tushirib qoldiriladi).
Generator chiqishida (1) amplitudasi Uг=l В va chastotasi fr=l0..20 Gs bo‘lgan sinusoidal signal o‘rnating. Bu vaqtda ossillograf ekranida (2) shakli buzilmalgan signal kuzatillishi kerak (agar buzilishlar mavjud bo‘lsa, Ur ni kamaytirish kerak).
З. Voltmetr (3) yordamida o‘zgaruvchan U1 kuchlanish (“A” nuqta bilan umumiy sim orasida) va UCHIQ ni o‘lchang, so‘ngra КU quyidagi formula yordamida aniqlang:
|