6-ma’ruza. Osi etalon modeli. Osi pog’onasining tarixi, pog’onalar, ularning vazifasi, asosiy protokollari, pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari




Download 398.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana09.11.2023
Hajmi398.63 Kb.
#96219
  1   2   3   4
Bog'liq
6-MA\'RUZA



6-MA’RUZA. OSI etalon modeli. OSI pog’onasining tarixi, pog’onalar, 
ularning vazifasi, asosiy protokollari, pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va 
xizmatlari 
 
«Open Systems Interconnection Basic Reference Model — Ochiq 
tizimlarning o‗zaro bog‗lanish etalon modeli deb nomlangan model dastlabki 
ko‘rininshida hujjat bo‘lib ro‗yxatdan o‗tkazilan. 1978-yilda u OSI /ISO (GOST R 
ISO/МЭК 7498-1-99) tarmoq protokollari stekining tarmoq modeli hisoblandi. 
Modelning maqsadi har bir pog‗onada hozirda mavjud yoki mavjud bo‗lmagan har 
xil texnologiyalar ishlashiga qaratilgan. Shu sababli tarmoqda yangi texnologiyalar 
«bir-biriga bog‗langan» pog‗onalarni to‗liq qayta ishlamasligi mumkin. OSI 
modelining arxitektorlar guruhi Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSHning 
kompyuter-telekom sanoati vakillaridan iborat edi. Ularning yordamida qisqa 
muddatda ochiq tizimlarning to‗liq ishlashiga erishildi. Qaysidir vaqtgacha OSI 
to‗g‗ri bo‗lib ko‗rindi. Butun yer yuzi bo‗ylab minglab texnika siyosatchilari va 
muhandislari OSI standartlarini yaratish bo‗yicha katta hissalarini qo‗shdilar va u 
kimga kerak bo‗lsa, barcha uni qo‗llab-quvvatladi. Bular kompyuter va 
telekommunikatsiya kompaniyalari, xalqaro standartlarni ishlab-chiqaruvchi 
qo‗mitalar va davlatning milliy boshqarmalari edi. 1980-yillarning o‗rtalarida 
shubhasiz yutuq OSI standartlarini qabul qilishdan boshqa yo‗l yo‗qligini 
ko‗rsatdi. O‗tgan asr 90-yillarning oxirlariga kelib, OSI loyihasi unutila boshlandi. 
Nima sababdan? Sababi arzon va moslashuvchan bo‗lgan va kam ta‘riflangan 
alternativ Transmission Control Protocol / Internet Protocol (TCP/IP) borligi 
bo‗ldi. OSI loyihasi darz ketganda (bu rasman 1996-yilda bo‗lgan) Internetning 
asosiy g‗oyachilaridan biri Eynar Stefferrud (Einar Stefferud) «OSI is a beautiful 
dream, and TCP/IP is living it», ya‘ni «OSI modeli qanday chiroyli orzu, TCP/IP 
esa barchasidan yashovchandir» degan edi. 
1960-yilda raqamli texnikaning tarixi boshlanadi. O‗sha paytlar kompyuter 
aloqasining raqamli tizimi kuchli boshlang‗ich holatda edi va hukumatning ilmiy-
tadqiqot dasturlari minglab mutaxassislarning intensiv, keng miqyosdagi 
tadqiqotining predmeti hisoblanar edi. Ularning ichida istiqbolli loyihalardan biri 
hammaga ma‘lum «paketli kommutatsiya» edi. Bu konsepsiyaning muallifi — 
RAND kompaniyasining a‘zosi Pol Beran edi, lekin bu mavzuda, parallel ravishda, 
Angliyada milliy fizika laboratoriyasi olimi Donald Devis ham ish olib borayotgan 
edi. Paketlar kommutatsiyasidan kanallar kommutatsiyasining farqini ta‘riflab 
o‗tirmaymiz. Elektr aloqa, telegrafdan boshlab yuz yillik tarixiga hamma 
o‗rgangan kanallar kommutatsiyasiga qaraganda, paketlar kommutatsiyasi 
ishonchli va samarali ishlashiga Beran va Devislar ishonar edilar. 
DARPA-istiqbolli tadqiqotlar va mudofaa loyihalari agentligining homiyligi 
evaziga tadqiqotchilar birinchi bo‗lib, amaliy natijaga erishdilar va ARPANET deb 
nomlangan birinchi paketli kommutatsiya tarmog‗ini yaratdilar. 1969-yilda 
Kaliforniya shtati hududlarida bir shahardan boshqasiga bir nechta harflarni uzatish 
mumkin edi. Ko‗plab tashkilotlar birinchi navbatda, gigant IBM kompaniyasi, 
telefon monopoliyachisi AT&T kompaniyasi Yevropa telefonchilari bilan 
birgalikda bu g‗oyani ma‘qulladilar va ularda paketli kommutatsiya tarmog‗i 


doirasida shaxsiy manfaatga qaratilgan rejalar paydo bo‗ldi. Hozirgi kunda ham 
to‗liq moslashgan raqamli ma‘lumot uzatish tarmoqlarida AT&T kompaniyasi 
tarmoqda investitsiyalarni va daromadlarni himoyalash maqsadida, baytlarni 
uzatish huquqini monopoliyalashtirish bo‗yicha fikr va g‗oyalarga ega. Shunday 
qilib, katta o‗yinning natijasi buyurtmachilar bilan IBM va telefon 
monopoliyachilari «kanal kommutatsiyasi» sxemasini texnik va tashkiliy 
jarayonlarini imitatsiya qiluvchi «virtual kanal»ni ichiga joylashuvchi «paketlar 
kommutatsiyasi» g‗oyasini ilgari surdilar. 
Bu g‗oya atrofida ko‗plab tajribali mutaxassislar shug‗ullandilar. Ularning 
fikriga ko‗ra, bu yagona variant edi, biroq hali ishlab chiqilmagan elektrik va 
boshqa fizik interfeyslar bo‗yicha savollar tug‗ila boshladi. Bu yo‗nalishda 
standartlarni yaratish Xalqaro tarmoqlar (INWG-) bo‗yicha ishchi guruh tashkil 
topishi bilan 1972-yildan boshlandi. Bu guruhning birinchi raisi Vint Serf edi. Bu 
guruhning boshqa vakillari Aleks Makkenzi AQSH, Donald Devis va Rodjer 
Skantlebyuri Buyuk Britaniya, Lui Puzen va Xubert Simmerman (Hubert 
Zimmermann) Fransiyadan edilar. INWGning maqsadi Lui Puzen ishlab chiqqan 
«deytagramm-stayl» paketli kommutatsiyasini rivojlantirish bo‗ldi. Deytagramm 
bog‗lanishning ahamiyati, bunda aloqa o‗rnatilishida uzatuvchi va qabul qiluvchi 
o‗rtasida to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqa yo‗q. Ma‘lumotlar oddiy paketlar ko‗rinishda 
ketma-ket uzatiladi va aniq bir paketni yetkazib berishda hech qanday kafolat yo‗q. 
Agar paket yo‗qolsa, faqat yo‗qolgan paket qayta yuboriladi. 
Bu taklif IBM va telekommunikatsiya monopoliyachilari ilgari surgan virtual 
kanal orqali aloqani o‗rnatish usuli bilan solishtirilganda ajoyib edi. INWG a‘zolari 
kanallar kommutatsiyasini va deytagramm tarmog‗ini qanday o‗lchash yo‗llarni 
aniqlash maqsadida «an‘anaviy telefonchilar» bilan doimiy ravishda, uchrashar va 
fikr almashar edilar. Necha yillik tortishuvlar va munozalardan so‗ng oxir-oqibat 
kelishuvga erishildi. 1975-yil Serf va Puzen o‗zlarining takliflarini xalqaro telefon 
va telegraf maslahat qo‗mitasi (hammaga ma‘lum Fransuzcha akronim-CCITT)ga 
taqdim etdilar. 
Shu bilan xalqaro telekom-kompyuter jamiyati to‗xtab qolmadi. 1977-yil bu 
ishni Britaniya kompyuter sanoati oldi va paketli kommutatsiya tizimini 
standartlashtirish bo‗yicha navbatdagi qo‗mitani tuzish kerakligini taklif qiladilar. 
Bu safar xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) bo‗ldi. CCITTdan ISOning 
farqi, ISO telekommunikatsiya bilan hech qachon aniq ishlamagan. Bu shunchaki, 
hamma ishlar bo‗yicha xalqaro standartlashtirishning byurokratik idorasi edi. 
Shuningdek, CCITT dan farqi ISO ga, u kommutatsiya kanalimi yoki boshqasimi 
farqi yo‗q edi. Faqat kanal kommutatsiyasida kerakli standartlarni yaratish 
ehtimolligi ko‗p edi. Britaniyaliklarning taklifini AQSH va Fransiya qo‗llab-
quvvatladi. Britaniyalik olimlardan biri «Bu standartlar fan va texnikaning 
rivojlanishiga qaraganda, foyda va zarar to‗g‗risidagi hisoblarga ko‗p 
g‗amxo‗rliklar qiladigan monopoliyachilar tomonidan yaratilgan, o‗zining «yopiq 
arxitekturasi» tufayli hech nima bilan bog‗lanmaydigan avtonom rejimda ishlovchi 
alternativ an‘anaviy hisoblash tarmog‗ini o‗zida mujassamlashtirgan» deydi. 
Umuman ochiq arxitektura haqiqatda kerak edi. Tarmoq kundan-kunga kattalashib 
borardi. Tarmoqlar o‗rtasida moslashtirish murakkab bo‗lib qolaverdi. Voqealar 


zanjirini tushunish uchun quyida xronologik ketma-ketliklarni qo‗yish kerak: 
1974-yil IBM paketli kommutatsiya tarmog‗ida birinchi korporativ protokollar 
Systems Network Architekture ishlab chiqdi. 1975-yil INWG paketli tarmoq 
bo‗yicha CCITT ga taklif kiritdi va bu taklif rad etildi. Serf INWG ni tark etdi. 
1976-yil CCITT «virtual kanal»ni ishlatuvchi paketli kommutatsiya uchun standart 
X-25 tavsiyanomasini nashr qildi. 1977-yil OSI «Open Systems Interconnection» 
(ochiq tizimlarning o‗zaro bog‗lanishi) xalqaro standartlar tashkilotida «tarmoq 
modeli» bo‗yicha qo‗mita yaratildi.1978-yil (28.02.–2.03) OSI qo‗mitasining 
birinchi yig‗ilishi, ya‘ni modelni «xomaki varianti» qabul qilinadi. Oxirgi 
uchrashuv esda qolarli bo‗ldi. O‗nta davlatning telekom bo‗yicha qo‗mitasining 
ishtirokchilari va to‗rtta davlatning kuzatuvchilari OSI etalon modelini qat‘iy qabul 
qilish qaroriga kelishdi. Bu esa loyihalashtirilayotgan tarmoqning har xil 
qismlarida ishlarni taqsimlashga va boshqa tashkilotlarning bajarilgan ishlarining 
bir qismini o‗rganib olishga yordam beradi. 1983 yilda CCITT (hozirda Xalqaro 
Telekommunikatsiya Ittifoqi yoki ITU-T telekommunikatsiya standartlashtirish 
sektori deb nomlanadi) va ISO hujjatlari birlashtirilib, Ochiq tizimlarning o'zaro 
aloqasi uchun asosiy etalon modeli yaratildi, odatda Open System Interconnection 
Reference Model, OSI Reference Model yoki shunchaki OSI modeli deb 
nomlanadi. 1984 yilda u ISO tomonidan ISO 7498 standarti bilan, hamda ITU-T 
tomonidan X.200 standarti sifatida nashr etilgan. 
OSI ikkita asosiy tarkibiy qismga ega, bu tarmoqning abstrakt modeli bo'lib, u 
"Asosiy etalon modeli" yoki "yetti pog‘onali model" deb nomlangan va o'ziga xos 
protokollar to'plami. OSI mos yozuvlar modeli tarmoq kontseptsiyalarini 
o'qitishda katta yutuq bo'ldi. U tarmoq qurilmalari va dasturiy ta'minot o'rtasidagi 
o'zaro muvofiqlikni belgilaydigan protokol pog‘onalarining izchil modeli g'oyasini 
ilgari surdi.OSI modeli. 

Download 398.63 Kb.
  1   2   3   4




Download 398.63 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-ma’ruza. Osi etalon modeli. Osi pog’onasining tarixi, pog’onalar, ularning vazifasi, asosiy protokollari, pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari

Download 398.63 Kb.
Pdf ko'rish