|
6-маруза. Социал-иқтисодий тизимлар ва уларни ўзгариши
|
bet | 5/6 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 309,15 Kb. | | #156332 |
Bog'liq 3 MAVZU IQTISODIY TIZIM MODELLARI VA MULKChILIK I — копия►Respublika mulki - bular yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va xayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hukumati va boshqaruv tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag‘lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari.
►Ma'muriy - hududiy tuzilmalar mulki — bular davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag‘lari, munisipial uy-joy fondi va kommunal xo‘jaligi korxonalari hamda boshqa mulkiy majmualar, xalq ta'limi, madaniyat, sog‘liqni saklash muassasalari kabilar
mol - mulki.
Jamoa mulki turlari:
Jamoa mulki
Jamoa mulki turlari: kooperativlar mulki; ijara va jamoa korxonalari mulki; Aksionerlik jamiyatlari mulki; Jamoat va diniy tashkilotlar mulki.
Bunda ishlab chiqarish vositalari va uning natijalarini o‘zlashtirish jamoa - guruh xarakteriga ega bo‘ladi.
Shaxsiy mulk manbalari:
Shaxsiy mulk
Shaxsiy mulk manbalari: ijtimoiy ishlab chiqarishdagi ishtirokidan oladigan daromadlari;(ish xaqi) o‘z xo‘jaligi (oila, dehqon)ni yuritish hisobiga oladigan daromadlari; foizli daromadlar; shaxsiy tadbirkorlikdan olinadigan daromad; transfert to‘lovlari hisobiga kelib tushadigan mablag‘lar. Shaxsiy mulk ob'ektlari: bog‘ va dala hovli; transport vositalari; uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste'mol buyumlari; xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari; xo‘jalik faoliyati hisobiga olingan mahsulotlar; pul jamg‘armalari.
Fuqarolar mulki bo‘lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Turli mulk ob'ektlari va uning natijalarini turli mulkdorlar tomonidan o‘zlashtirishni bildiradi.
(Aralash mulk, sub'ektlari sifatida qo‘shma korxonalar, xorijiy fuqarolar, xorijiy tashkilotlar va xorijiy davlatlar chiqadi.)
Aralash mulk
Ayrim tadbirkorlarga qarashli, yollanma mehnatga asoslangan va o‘z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Bunda mulkka egalik qilish va uni tasarruf etish huquqi xususiy shaxslarga tegishli bo‘ladi.
|
| |