• Tayanch so‘z va iboralar
  • 6-mavzu: globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari. Reja




    Download 61.7 Kb.
    bet1/12
    Sana10.11.2023
    Hajmi61.7 Kb.
    #96808
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    6-mavzu globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari-fayllar.org
    Журакулов темур, 1-2 Mustaqil ish 5, 1-2 Mustaqil ish 9, ​Раствор «Хлоро, Кушимча келишув2, ontogenezning ilk bosqichlarida inso, МСС МАЪРУЗА МАТНЛАРИ, “METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni, KEYINGI, Korxonalar faoliyatidagi tavakkalchlik va uni bartaraf etish yo\'llari, 1-sinf Texnologiya fanidan Qog\'ozni buklash usuli yordamida samolyot yasash dars ishlanma, ENG ENG ENG NOMLI ZAKOVAT SAVOLLAR., elektr-stansiyalari-va-ularning-ahamiyati, Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosi, ilk qadam dasturida jismoniy tarbiya

    6-mavzu: globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari. Reja

    6-MAVZU: GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI.
    Reja:
    1. Globallashuv hodisasi va globalistika.


    2. Global jarayonlarning shakllanish tarixi.


    3. Global muammolar globallashuvning oqibati sifatida.


    4. Pandemiya - XXI asrning global muammosi va uni bartaraf etishda xususiy va umumiy manfaatlar uyg‘unligi.


    5. Globallashuv va arxitekturaning o‘zaro bog‘liqligi.





    Tayanch so‘z va iboralar : globallashuv, globalistika, global, fundamental globallashuv, xususiy muammolar, mahalliy muammolar, milliy muammolar, mintaqaviy muammalar, global muammolar, texnooptimizm, texnopessimizm, demografik muammo, ta’lim muammosi, sog‘liqni saqlash muammosi, oziq-ovqat muammosi, iqtisodiy rivojlanishning notekisligi, energetika va xom ashyo resurslari, urush va tinchlik muammosi.
    Globallashuv hodisasi va globalistika. Falsafa nafaqat insonning azaliy muammolari va g‘am-tashvishlarini, balki uning so‘nggi yillarda fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida tobora jadalroq sur’atlarda, shu jumladan dunyo miqyosida o‘zgarayotgan real hayoti kundalik amaliyotini ham aks ettiradi. Shu munosabat bilan yuzaga kelayotgan yangi hodisalar, g‘ayrioddiy qiyinchiliklar va alohida sharoitlar olimlarning ham, faylasuflarning ham e’tiborini tortmoqda.

    Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo‘ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo‘ldi.


    Bu o‘zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. globus – yer kurrasi) deb nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli javhalarida butun Yer sayyorasi uchun yagona bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir. Shuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo‘jaligi, umumiy ekologik o‘zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
    Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab yetish borasidagi ko‘p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo‘llaniladi.
    Shuni ta’kidlash lozimki, globalistika odatda ilmiy bilimning tabaqalanishi natijasida yoki turdosh fanlar tutashgan joyda paydo bo‘ladigan ayrim fanlar qatoriga kirmaydi. Uning vujudga kelishi zamirida qarama-qarshi jarayonlar – hozirgi zamon faniga xos bo‘lgan integratsiyalashuv jarayonlari yotadi. Globalistika tadqiqotlar va bilishning shunday bir jabhasiki, bu yerda turli fanlar bir-biri bilan uzviy aloqada, har biri o‘z predmeti va metodi nuqtai nazaridan, globallashuvning turli jihatlarini tahlil qiladi, global muammolarni bir-biridan alohida va yaxlit tizim sifatida o‘rganib, ularning yechimlarini taklif qiladi.
    Globalistika mustaqil ilmiy yo‘nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-yillarning oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning paydo bo‘lishi uchun ob’ektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi.

    Download 61.7 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 61.7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-mavzu: globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari. Reja

    Download 61.7 Kb.