• 1- 4 sinflarda husnixat darslari
  • 2-sinfda husnixat darslarini rejalashtirganida quyidagilarga e’tibor berish zarur
  • Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog’liqligi




    Download 67.5 Kb.
    bet3/3
    Sana19.12.2022
    Hajmi67.5 Kb.
    #35881
    1   2   3
    Bog'liq
    7f65436a30a9a85fde64e93a06305e03 Husnixat metodikasi fanining tamoyillari
    Kitob 4722 uzsmart.uz, Algebra va geometriya Bayturayev A.M., iqt 8, Farrux, 1-Mustaqil ta'lim topshirig'i, 500 Real ENGLISH, 2amaliy, Tasviriy san\'at tarixi. Qadimgi dunyo san\'ati. Pulatov D, ..., 1-ma\'ruza, 2454, kurs ishi, ersgsh, 1-mavzu
    Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog’liqligi
    Qo’l uzmay yozishni to’g’ri tashkil etmaslik, harflarning ulanishini to’g’ri o’rgatmaslik, nutq sifatiga asoslanmagan holda yozish tezligini oshirishning o’quvchilar yozuviga salbiy ta’siri. Imlo xatolar ustida ishlashning yozuv sifati va husnixatga ta’siri. Husnixat uchun imlosida xatoga yo’l qo’yiladigan so’zlarni tanlashning ahamiyati.
    1- 4 sinflarda husnixat darslari
    Boshlang’ich sinflar dasturiga ko’ra 1-sinfda husnixatga o’rgatish savod o’rgatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Bunda o’quvchilar husnixatning gigiyenik talablariga rioya qilishlari, harflarni grafik jihatdan to’g’ri shakllantirishlari va ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda tutiladi. 1-sinfda xat- savod davrida bolalar yozuvga bevosita yozuv daftaridagi materiallar asosida o’rgatiladi.
    l-sinfning 2-yarim yilligida o’qituvchi husnixatga o’rgatishni ona tili darslariga qo’shib olib borsa ham, o'z ishlarini rejalashtirib olishi zarur, Bunda harflarni elementlarning qiyaligiga, harflar bo’yining tengligiga, harflar va so’z oralig’ining teng bo’lishiga e'tibor berish lozim. Savod o’rgatishdan so’ng yozuv sharti ham o’zgaradi. O’quvchilarning daftarlarida harf namunasi yo’qligi tufayli ular qo’shimcha bir qancha shartlarni bajaradilar. Jumladan. bosma harfni yozma harfga aylantiradilar, ulanish o’rinlarini aniqlaydilar so’zlarni qatorga to’g’ri joylashtiradilar. Bundan tashqari, mashq shartlarini. ham bajarishlari lozim. Shuning uchun o’qituvchi doim yozuv materiallarini ko’zdan kechirish. yordamga muxtoj holatlarni o’ziga belgilab olishi va qisqa izohlashdan foydalanishi lozim.
    2-sinfda husnixat uchun har haftada ona tili darslarining oxirgi hir soati ajratiladi va u o’quv yili davomida 33 soatni tashkil etadi. 2-sinfda husnixat darslarini rejalashtirganida quyidagilarga e’tibor berish zarur:

    1. bir chiziqli daftarning qiyinligini hisobga olib: harflarni genetik prinsip asosida yozdirish;

    2. har bir harfning o’zidan oldingi va o’zidan keyingi harfga ulanishini o’rgata borish;

    v) harflarni elmentlarning o’xshashligini hisobga olib guruhlash;
    g) bosh harflarni elementlarning yuqoriga va pastki tomon tushishini hisobga olgan holda guruhlash;
    d) matnlarning bolalar hayotiga oid bo’lishiga erishish;
    e)imlosi qiyin bo’lgan so’zlarni yozuv materiali sifatida tanlash;
    j)yozuv sur'atini oz-ozdan tezlashtirib borish maqsadida material hajmini ko’paytirib borish. 3-sinfda har bir ona tili darsining 8-10 daqiqasi husnixatga ajratiladi. Lo’nda gigiyenik bilimlar mustahkamlanadi. Bolalar 1 chiziqli; daftarga bosh va kichik shakllari bir xil, tuzilishi murakkab-harflarni yozishni.o’rganadilar. ritm bilan yozishni, harflarni ulab so’z, gap yozishni mashq qiladilar. O’quvchilarni husnixatga o’rgatish, grafik bilimlarni |shakllantirishda o’quvchi shaxsining psixologik xususiyatlarini hisobga olish. Grafik malakalarning uzoq muddatda hosil bo’lishi, uning o’qish, imlo, chizmachilik, rassomchilik. nutq kabi o’quv faoliyatlari bilan bog’liqdir.
    Dastxatning o’ta barqarorligi va individualligi. Yozuvning inson aqliy faoliyati bilan bog’liqligi.
    Husnixatni egallashda barmoqlar harakatini rivojlantjirishning ahamiyati. Bolalarning ko’rish, eshitish qobiliyatlarining yozuvi bilan bog’liqligi. Yozuvga o’rgatishning keyingi bosqichlarida yozuvning aftomatlashuvi. 1-sinflarda o’quvchilar yozuvi sifatining o’sib borishi.



























    Download 67.5 Kb.
    1   2   3




    Download 67.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog’liqligi

    Download 67.5 Kb.