• 4. Depsinayotgan yoki tushkunlik holatidagi korxonalar uchun strategiya
  • Yyetuklik bosqichida bo`lgan tarmoqlarda raqobat strategiyasi




    Download 17,65 Kb.
    bet3/5
    Sana14.02.2024
    Hajmi17,65 Kb.
    #156617
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    6-mavzu. Marketing strategiyasini mavjud vaziyatga moslashtirish-fayllar.org

    3. Yyetuklik bosqichida bo`lgan tarmoqlarda raqobat strategiyasi

    Yangi tarmoqlarning tez sur‟atlar bilan o`sishi uzoq davom etmaydi. Yetuklik bosqichiga o`tish davrida, tarmoqning raqobat muhitida sezilarli o`zgarishlar sodir bo„ladi.


    Bular quyidagilar:
    1. Iste‟mol talabining pasayishi tarmoqning bozordagi ulushini saqlab qolish uchun kuchli raqobatni yuzaga keltiradi.


    2. Mijozlar injiqroq bo„lib boradilar va takroriy haridlarida katta foyda talab qiladilar.


    3. Raqobat ko`p hollarda xarajatlarga va xizmat ko„rsatish darajasiga katta ta‟sir ko`rsatadi.


    4. Ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishda jiddiy muammolar paydo bo„ladi.


    5. Innovatsion jarayon va tovarlarni qo`llashning yangi usullarini izlash qiyinlashadi.


    6. Xalqaro raqobat kuchayadi.


    7. Tarmoqning daromadliligi pasayadi.


    8. Raqobatning kuchayishi avvalgi raqobatchilarning bir-birga qo`shilib ketishlariga va bir-birlarini «yutib» yuborishlariga olib keladi.


    Yetuklik bosqichi rivojlanib borgan sari firmalar uzlarining strategik harakatlarini raqobatchilar orasida pozitsiyalarini mustahkamlashga yo„naltiradilar. Bunda ular quyidagi vositalardan foydalanadilar:


    • Parametrik qatorlarini qisqartirish.


    • Ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilishga e‟tiborni qaratish.


    • Xarajatlarni kamaytirishga e‟tiborni kuchaytirish.


    • Mavjud xaridorlarga sotuvni oshirish.


    • Raqobatchi firmalarni past baholarda sotib olish.


    • Xalqaro bozorga chiqish.



    4. Depsinayotgan yoki tushkunlik holatidagi korxonalar uchun strategiya

    Ko„pgina firmalar sanoatga nisbatan o„sish past bo`lgan tarmoqlarda ish olib boradilar.


    Bunday firma yoki kompaniyalar davom etayotgan turgunlikning aniq vokeligini tan olishlari va bozorning mavjud imkoniyatlariga mos keladigan maqsadlarni ifodalashga o`z kuchlarini sarflashlari kerak bo„ladi.
    Depsinayotgan yoki tushkunlik holatidagi tarmoqlarda muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalar asosan quyidagi strategiyalarga amal qiladilar:
    1. O„suvchi bozor segmentlarini aniqlab, mos strategiya yaratish va ishlab chiqish yo`li bilan fokuslash strategiyasi tomon yo`l tutish.


    2. Sifatni yaxshilash va innovatsiya asosida differensiyalash tomon yo`l tutish.


    3. Xarajatlar darajasini pasaytirish uchun zo`r berib va uzilishlarsiz ishlash. Odatda sanab o`tilgan uchta strategiyaning bittasidan foydalanish talab etiladi.


    Lekin ular bir-birini inkor etmaydilar. Unumdorlikning o`sishi baholarni pasaytirish imkonini beradi, bu uz navbatida sotuv hajmini o`sishiga olib keladi.




    Download 17,65 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 17,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yyetuklik bosqichida bo`lgan tarmoqlarda raqobat strategiyasi

    Download 17,65 Kb.