Yangi tarmoq - bu «oyoqka turish»ning ilk bosqichida bo`lgan tarmoq. Yangi tarmoqlar strategiyani ishlab chikuvchilar oldiga alohida muammolar qo`yadi. Ular quyidagilar:
yangi bozor yaxshi urganilmaganligi, statistik ma‟lumotlar yetarli bo`lmaganligi uchun uning kelajakdagi rivojlanish tendensiyalarini aniq belgilash imkoniyati bo`lmaydi;
nou-xaularning ko`p qismi patentlangan bo`lib, astoydil qo„riqlanadi, shuning uchun ulardan foydalanish imkoniyati bo`lmaydi;
raqobat kurashida texnologiyalarning qaysinisi yutib chiqishi va qaysi tovarlar xaridorlarga ma‟qul kelishi haqida bir xil fikrga kelish qiyin bo„ladi;
har bir firma o`zining texnologiyasini, tovar turini va mahsulotni tarkatishga bo`lgan strategik yondoshuvini iste‟molchilarga tan oldirishga harakat qiladi;
ishlab chiqarish hajmlarining o`sishi bilan tajribaning egri chizigi samarasi ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada pasaytiradi;
firmalar o`z raqobatchilari haqidagi ma‟lumotlarni yetishmasligini doim xis qiladilar;
ko`p hollarda firmalarda xomashyo va materiallar bilan ta‟minlaydigan ishonchli ta‟minotchilarni qidirish muammolari yuzaga keladi;
juda ko`p kompaniyalar pul mablag`larini yetishmasligini xis qiladilar va raqib firmalarga qo`shilib ketadilar yoki ularni sotib oladilar.
Yangi tarmoqda biznes qilishning eng muhim strategik muammolaridan biri shuki, unda doimo tavakkalchilik qilish va imkoniyatlarni baholab berish talab etiladi. Yangi tarmoqda muvaffaqiyatga erishish uchun bir kancha tavsiyalarga amal
qilish zarur bo„ladi.
Tavsiyalar:
Tavakkalchilik qilib va yaratuvchilikning dadil strategiyasidan foydalanib ilg`orlik uchun kurashishga birinchi bosqichda g`alabaga erishishga harakat qiling
Texnologik jarayonni takomillashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash tashabbuslarini faol qo`llab-quvvatlang.
«Qaldirg`ochlik»ning har qanday ustunliklaridan foydalanishga harakat qiling.
Yangi iste‟mol segmentlarini, tovarni iste‟molchilarga yetkazib berishning yangi vositalarini kidiring, faoliyatning geografik chegaralarini kengaytiring.
Reklamada asosiy urguni xaridorlarni tovar bilan tanishtirishdan asta-sekin ularda firma va tovar markasi haqida yaxshi fikr paydo qilishga ko`chiring.
Texnologik o`zgarishlarga tez reaksiya ko`rsating.
Bozorga xaridorlar guruhini jalb etish uchun narxlarni pasaytirishdan foydalaning.
Bozorga moliyaviy jihatdan baquvvat autsayderlar kirishini kuting. Bu tarmoqqa investitsiyalar qo`yishdagi xavf kamayganda mumkin bo„ladi.
Kuchli raqobatchilar paydo bo`lishiga tayyorlaning.
Firma ilg`orlik uchun kurashda ilk g`alabadan keladigan bir daqiqalik manfaatni uzoq muddatli raqobat ustunligi va bozorda mustahkam pozitsiya yaratish ehtiyoji bilan muvofiqlashtirishi zarur.
|