Ba‟zi tarmoqlar yuz, hatto minglab kichik va urta firmalardan iborat bo„ladi. Ularning kupchiligini xususiy firmalar tashkil etib, ularning birortasi ham tarmoqdagi umumiy sotuv hajmida sezilarli rol uynamaydi. Bo`lib tashlangan tarmoqning asosiy farqlanadigan xususiyati, unda yetakchilarning yukligidir. Bunday tarmoqlar qatoriga kitob nashriyotlarini, neftni tanker bilan tashish, avtomobillarni ta‟mirlash, tez xizmat ko`rsatadigan restoran va kafelar, xususiy firmalarda buxgalterlik xizmatlari, ayollar kiyimlarini tikish ustaxonalari, mexmonxona va otellar, mebel ishlab chiqarish, karton kutichalar tayyorlash, ozik-ovkat tovarlarini kadoklash kabilarni kiritish mumkin.
Tarqoq tarmoqlarda raqobat kurashi o„rtacha kuchlidan shiddatligacha bo`lishi mumkin. Tarqoq tarmoqlarga to„g„ri keladigan raqobat strategiyasining extimoldagi variantlariga quyidagilar kiradi:
Namunali sharoitlarni yaratish va ulardan foydalanish.
Past xarajatlarni ta‟minlash.
Integratsiya yuli bilan xaridor uchun foydani oshirish.
Tovar turiga ixtisoslashish.
Xaridor turiga ixtisoslashish.
Cheklangan geografik hududlarga fokuslash.
Tarmoqning tarqoqlik sharoitida firmada strategik tanlash erkinligi mavjud: ya‟ni keng marketing maqsadlarini kuzlash, xarajatlarning raqobat ustunligi yoki tabakalashtirishdan foydalanish.
Tarqoq tarmoqlarda bir vaqtning uzida kup strategik yondoshuvlardan foydalanish mumkin bo„ladi.
6. Xalqaro bozorlarda raqobat strategiyasi
Firmalarning xalqaro bozorga chiqishlarini asosiy sabablari quyidagilardir:
yangi bozorlarni egallash,
boshqa mamlakatlar tabiiy resurslaridan foydalanish xukukini olish yoki yana ham past xarajatlarga erishish zaruriyati.
Sanab utilgan har bir holatda dunyo bozoriga chiqish strategiyasi mavjud sharoitga mos kelishi kerak. Dunyo bozorlaridagi raqobat strategiyalarini ishlab chiqishga milliy bozorlardagiga qaraqanda ancha kattik talablar qo`yadi. Bir mamlakat bozorining ikkinchi mamlakat bozoridan asosiy farqlariga xaridorlarning didlari, sotish kanallari, o`sish istiqbollari, harakatlantiruvchi kuchlar va raqobatchilarning ta‟ziqlari, milliy bozorlardagi sharoitlardan kanchalik farqlanishi kiradi. Bundan tashkari bunday farqlarga xalqaro operatsiyalarning turtta xarakterli xususiyatlari ham kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlari darajasini har-xilligi.
Valyuta kurslarining uzgaruvchanligi.
Xukumatlarning savdo siyosati.
Xalqaro raqobatning xarakteri.
Turli tarmoqlarda xalqaro raqobat shakllari bir-birdan tubdan farq qiladi. Fransiyada ham, Braziliyada va YAponiyada ham bank xizmatlari ko`rsatiladi, lekin bu mamlakatlardagi bank sohasidagi raqobat shartlari va sharoitlari turlichadir.
Xalqaro bozorda raqobat global va kup millatli bo„ladi. Turli milliy bozorlarda raqobat sharoitlari bir-biri bilan uzviy bog`langan takdirda global raqobat mavjud bo„ladi. Bu esa xakikatda dunyo bozorini tashkil etish imkonini beradi. Global raqobatning mavjud bulish shartlaridan yana biri turli mamlakatlardagi ilg`or firmalar uzaro, bir-birlari bilan raqobat qilishi bilan ifodalanadi. Kup millatli raqobat
davomida firmalar milliy bozorda ilg`orlik uchun kurashadilar, global raqobatda esa firmalar dunyo mikyosida ustunlikka erishish uchun kurashadilar.
Dunyo bozorida firma faoliyatining strategik imkoniyatlari mavjud bo„ladi:
Chet el firmalariga uning mahsulotini ishlab chiqarish uchun uning xususiy texnologiyalaridan foydalanish xukukini berish.
Milliy ishlab chiqarishni mustahkamlash va xorij bozorlariga tovarlar chiqarish.
Ko`p millatli strategiya tomon yo`l tutmoq. Bunda firma o`z faoliyatini amalga oshirayotgan har bir davlat uchun alohida strategiya ishlab chiqadi. Ayni paytda u mazkur davlatlardagi xaridorlar didlariga va raqobat sharoitlariga mos kelishi kerak.
Past xarajatlar global strategiyasiga yul tutmok.
Tabaqalashtirishning global strategiyasiga yul tutmok.
Fokuslashgan global strategiyasi tomon yul tutmok.
Kompaniya mustahkam mavqega ega bo`lgan va katta foyda olayotgan mamlakat bozorlari «xazina» deb ataladi. Yaponiya yapon kompaniyalari uchun eng daromadli bozor bo`lib hisoblanadi. Chunki yapon konunchiligi tomonidan yaratilgan savdo tusiqlari uni xorijiy raqobatchilardan samarali himoya qiladi.
|