• 6.3. Davlat metrologiya xizmati bosh markazi. 6.4. “OʻzMMI” DK Qashqadaryo filiali. Tayanch sozlar
  • 6-mavzu: Oʻzbekiston respublikasi metrologik xizmati reja




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana16.12.2023
    Hajmi0,61 Mb.
    #120229
      1   2   3   4
    Bog'liq
    7-MA\'RUZA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI METROLOGIK XIZMATI
    ehtimollar nazariyasi, Havolalar initsializatsiyasi, Инструкция по обновлению прошивки X-COP 7500s (2), Firdavs kurs ishi, 11, 12 – Ma’ruza Mavzu Mexanik kattaliklarni o’lchashning asos-fayllar.org, O`lchash vositalari, ularning turlari, Metrologiya va standartlashtirish, НУРИСЛОМ, Savollar Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi, jismlarning absolyut elastik va noelastik to, Shodiyev Erkin, 2024



    6-MAVZU: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI METROLOGIK XIZMATI 
    Reja: 
    6.1. Davlat metrologik xizmati va uning tarkibi. 
    6.2. Davlat metrologiya xizmati organlari. 
    6.3. Davlat metrologiya xizmati bosh markazi. 
    6.4. “OʻzMMI” DK Qashqadaryo filiali. 
    Tayanch sozlar: qiyoslash sxemasi, davlat qiyoslovi, mahalliy qiyoslash, 
    qiyoshlash laboratoriyasi, qiyoslash usuli. 
     
    6.1. Davlat metrologik xizmati va uning tarkibi 
    Oʻlchashlar birliligini ta’minlashga yoʻnaltirilgan davlat metrologik idoralari 
    tarmogʻi va ularning faoliyati davlat metrologik xizmati deb nomlanadi. 
    Respublikada davlat metrologik xizmatini respublikaning butun hududida xalq 
    xoʻjaligining metrologik ta’minoti boʻyicha yagona siyosatni olib boradigan 
    “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi boshqaradi.
    Davlat metrologik xizmati, asosan tarmoqlararo metrologik muammolarni hal 
    etish bilan band boʻladi. U idoraviy xarakterga ega boʻlib, qonuniy va nazorat 
    vazifalarini bajaradi. Shu bilan birga MDH davlatlararo metrologik xizmati 
    tuzilmasida quyidagi boʻlinmalar mavjud:
    1. Davlat metrologik xizmati bosh markazi.
    2. Davlat etalonlari bosh markazi.
    3. Modda va materiallar standart namunalari bosh markazi.
    4. Davlat etalonlari markazi.
    5. Davlat metrologik xizmatining putur yetkazmay nazorat qilish markazi 
    (konstruktorlik bazasi).
    6. Davlat metrologik xizmatining ishlab chiqarish bazasi.
    Birinchi toʻrtta boʻlinmalar davlat metrologik institutlari tarkibida, oxirgi 
    ikkita boʻlinma esa institut tarkibida ham, “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi 
    tizimining asbob-ta’mirlash va asbobsozlik zavodlari tarkibida hamdir. Davlatlararo 
    metrologik xizmat doirasida, shuningdek uchta maxsus quyidagi xizmatlar faoliyat 
    yuritadi:
    - Vaqt va chastota davlat xizmati;
    - Modda va materiallar standart namunalarining davlat xizmati;
    - Standart ma’lumotlar davlat xizmati.
    Davlat metrologik xizmatini tashkil etish, uning vazifalari huquqi va 
    majburiyatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 373-sonli 
    qarori belgilaydi. “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligining respublika 
    viloyatlarida va ba’zi sanoat shaharlarida joylashgan hududiy idoralari fizik 
    kattaliklar birliklari dastlabki namunalaridan ishchi oʻlchash vositalariga uzatishni 



    hamda metrologik nazoratni ta’minlaydi. Ular shuningdek korxona va 
    tashkilotlarining metrologik xizmatlari faoliyatini metodik boshqaruvini amalga 
    oshiradi, oʻlchash holati tahlilini oʻtkazishni, xalq xoʻjaligi metrologik ta’minotining 
    kompleks dasturlarini ishlab chiqishni tashkil qiladi. Shunday qilib, hududiy idoralar 
    oʻz regioni doirasida ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtirishga, ishlab 
    chiqarish va boshqaruvni takomillashtirishga, mahsulot sifatini yaxshilashga, 
    mamlakat mudofaa layoqatini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan metrologiya va 
    oʻlchash texnikasi sohasidagi yagona texnikaviy siyosatni olib borgan holda “texnik 
    jihatdan tartibga solish” agentligining vazifa va huquqlarini amalga oshiradi. 

    Download 0,61 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-mavzu: Oʻzbekiston respublikasi metrologik xizmati reja

    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish