• VAX nochiziqli bo‘lsa, uning har bir kichik sohasi to‘g‘ri chiziq deb qaraladi va
  • Varikap Varikap elektr yordamida boshqariladigan sig‘im sifatida qo‘llanishga mo‘ljallangan. Varikapning ishlash prinsipi elektr o‘tish to‘siq sig‘imining teskari kuchlanishga bog‘liqligiga asoslangan




    Download 0,96 Mb.
    bet4/8
    Sana09.10.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #274181
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Yarim o’tkazgichli diodlar (2)

    Varikap

    Varikap elektr yordamida boshqariladigan sig‘im sifatida qo‘llanishga mo‘ljallangan. Varikapning ishlash prinsipi elektr o‘tish to‘siq sig‘imining teskari kuchlanishga bog‘liqligiga asoslangan.

    Varikaplar asosan tebranma konturlarni chastotasini elektron qayta sozlashda qo‘llaniladi. Varikaplarning bir necha turi mavjud. Masalan, parametrik diodlar o‘ta yuqori chastota signallarini kuchaytirish va generatsiyalashda, ko‘paytiruvchi diodlar esa keng chastota

    diapazoniga ega bo‘lgan ko‘paytirgichlarda qo‘llaniladi.

    Tunnel diodi

    Tunnel diodi deb qo‘zg‘otilgan yarim o‘tkazgich asosida loyihalangan yarim o‘tkazgichli asbobga aytiladi. Unda teskari va uncha katta bo‘lmagan to‘g‘ri kuchlanishda tunnel effekti yuzaga keladi va volt – amper xarakteristika manfiy differensial qarshilikka ega bo‘lgan soha mavjud bo‘ladi. Tunnel diodlar boshqa turdagi diodlardan sezilarli farq qilmaydi, lekin ularni yasash uchun 1020 sm-3 kiritmaga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichli materiallar qo‘llaniladi.

    VAX nochiziqli bo‘lsa, uning har bir kichik sohasi to‘g‘ri chiziq deb qaraladi va

    xarakteristikaning bu nuqtasida differensial qarshilik kiritiladi.

    Agar xarakteristika kamayuvchi bo‘lsa, bu sohada qarshilik Ri manfiy qiymatga ega bo‘ladi.

    Ko‘chkili uchma diod (KUD)


    Ko‘chkili uchma diod (KUD) generatsiyalovchi diodlarning bir ko‘rinishini tashkil etadi. Yuqori chastotalarda uning VAXida, p-n o‘tishda ko‘chkili teshilish sodir bo‘lganda, manfiy qarshilikka ega soha hosil bo‘ladi. Agar KUD rezonatorga joylashtirilsa unda chastotasi 100 Gs gacha bo‘lgan so‘nmas elektr tebranishlar hosil bo‘ladi. O‘ta yuqori chastota (O‘YUCH)larga 300 MGs dan 300 GGs gacha diapazondagi tebranishlar kiradi va detsimetrli, santimetrli, millimetrli to‘lqin uzunlikdagi tebranishlarni o‘z ichiga oladi.
    Kuchaytirish yoki generatsiyalash rejimiga mos shartlarni elektron asboblarning manfiy dinamik (differensial) qarshiligi (MDQ) bilan xarakterlash qabul qilingan. Elektron asbobda MDQ ning mavjudligi uni energiya yutuvchi sifatida emas, balki o‘zgaruvchan tok energiyasi manbai sifatida qarash kerakligini anglatadi. KUD – yarimo‘tkazgich asbob bo‘lib, uning ishlash prinsipi O‘YUCH diapazonda zaryad tashuvchilarning ko‘chkisimon ko‘payishi va ularning elektr maydon ta’sirida uchib o‘tishi natijasida MDQ hosil bo‘lishiga asoslanadi. Hozirgi vaqtda KUDlar millimetrli to‘lqin uzunligida eng katta quvvatli O‘YUCH tebranishlar hosil qiluvchi qattiq jismli manbalarning biridir. 10 GGs chastotada uzluksiz tebranishlarning maksimal quvvati, FIK 40 % bo‘lganda, 10 Vt larni tashkil etadi.Ko‘chki toki shovqinlari yuqori bo‘lgani sababli, KUD asosidagi kuchaytirgichlar shovqin koeffitsiyenti 30-40 dB ni tashkil etadi va KUDlarning kuchaytirgich sifatida ishlatilishini cheklaydi. KUD asosidagi quvvat kuchaytirgichlar radioreleli va sun’iy yo‘ldoshli aloqa tuzilmalarida qo‘llaniladi.

    Download 0,96 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Varikap Varikap elektr yordamida boshqariladigan sig‘im sifatida qo‘llanishga mo‘ljallangan. Varikapning ishlash prinsipi elektr o‘tish to‘siq sig‘imining teskari kuchlanishga bog‘liqligiga asoslangan

    Download 0,96 Mb.