|
Barqaror rivojlanish tushun chasi va ta’rifi. Barqaror rivojlanish ning tashkil qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik yo‘nalishlari
|
bet | 2/5 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 0,87 Mb. | | #155067 |
Bog'liq 6-Modul Barqaror rivojlanish strategiyasi. 6-Mavzu Barqaror ri16.3.Barqaror rivojlanish tushun chasi va ta’rifi. Barqaror rivojlanish ning tashkil qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik yo‘nalishlari. «Barqaror rivojlanish» xalqaro hamjamiyatning atrof-muhitni muhofaza qilishga oid harakatlaridan boshlangan.
Ko’pchilikka ma’lumki, o’tgan asrning 60-yillarida, tabiiy muhitning inqirozli vaziyat yoqasida ekanligini tushunib yetgan bir guruh fan, madaniyat, maorif va davlat arboblaridan iborat bo’lgan kishilar, yuzaga kelayotgan salbiy ekologik oqibatlardan chiqib ketish rejasini ishlab chiqish maqsadida «Rim klubi»ni tuzdilar. “Rim klubi” a’zolarining 1970 yilda «O’sish chegarasi» kitobi, faoliyat hisoboti tariqasida, juda ko’p nashrda va tillarda chop etildi.
Unda zamonamizning ko’zga ko’ringan kishilari Yer kurrasidagi aholining o’sishini tabiiy resurslar imkoniyatiga monand ravishda mo’’tadillashtirishni taklif etib, geometrik ravishda ko’payayotgan yer yuzi aholisini arifmetik ravishda ko’payayotgan tabiiy boyliklarning resurs imkoniyatlarining “ko’tara olmasligi”ni xalqaro hamjamiyatga tushuntirmoqchi edilar.
Bunday “chegara bilmaydigan” global ekologik muammolar butun insoniyatni va ayniqsa, progressiv hamjamiyatni larzaga keltirdi. Mazkur turdagi ekologik muammolarga misol qilib Orol dengizining qurishi, Chernobil AES ining falokatga uchrashi, Sahroi Kabirdagi cho’llanish jarayonlarining kuchayishi kabi ekologik inqirozli holatlarni olsak bo’ladi.
«Rim klubi»ning hisoboti 1972 yilning 5 iyunida Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida Butunjahon “Atrof-muhitni muhofaza qilish” Konferentsiyasini chaqirishga asos bo’ldi.
Aynan Stokgolm Konferentsiyasidan boshlab davlatlar o’rtasidagi munosabatlarda atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari alohida bahs va muzokaralar mavzusiga aylanib qoldi. Endilikda ekologik muammolarning echimini topish global miqyosdagi xavfsizlikni ta’minlashning asosiy omili ekanligini hamma tushunib etgan edi.
Stokgolm Konferentsiyasi tavsiyanomasiga binoan Birlashgan Millatlar tashkilotining(BMT) Bosh assambleyasi Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi(YuNEP) tashkilotini shakllantirdi. Universal xalqaro tashkilotning qarorgohi birinchi bor Afrikada, ya’ni Keniya poytaxti Nayrobi shahrida joylashtirildi.
Konferentsiyaning ochilish kuni ya’ni, 5 iyunni har yili dunyoda Butunjahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi.
Stokgolm konferentsiyasi qarori bilan Butujahon atrof-muhitni muhofaza qilish jamg’armasi tashkil etildi. Jamg’armaga BMTga a’zo barcha davlatlar badal to’lovlarini to’lab turish majburiyati yuklandi.
Dunyo hamjamiyatining yangi barqaror rivojlanish kontseptsiyasi birinchi marotaba 1987 yil BMTning Butunjahon atrof muhit va rivojlanish bo’yicha Komissiyasi tomonidan ishlab chiqildi. Mazkur Komissiya o’zining Gro Xarlem Brundtland kontseptsiyasi degan nomini olgan «Bizning umumiy kelajagimiz» ma’ruzasida hozirgi avlod odamlarni hayotiy ehtiyojlar qondirilishini kelasi avlodning munosib hayotga bo’lgan huquqini hisobga olib, dunyo hamjamiyatining barqaror rivojlanish kontseptsiyasi modelini yaratdi.
BMT Bosh Assambleyasining 1989 yil dekabr oyidagi 44\428-sonli rezolyutsiyasida barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida BMTning maxsus konferentsiyasini chaqirish to’g’risidagi qaror qabul qilindi va u alohida mavzu tariqasida ko’rib kun tartibiga kiritildi. Barqaror rivojlanish kontseptsiyasi – davlatlar va butun dunyo hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarkibiy jihatdan bir me’yorda(stabil) rivojlantiruvchi qarashlar tizimidir.
Atrof-muhit muhofazasi sohasida eng muhim voqea - 1992 yil 3-14 iyunь kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo’lib o’tgan BMTning «Atrof-muhit va rivojlanish»ga doir konferentsiyasi (AMRK) hisoblanadi. Chunki, uning ishida dunyoning 170 dan ziyod, jumladan Mustaqil davlatlar hamdo’stligidan 7 davlat vakillari ishtirok etgan va 130 davlati esa hukumat boshliqlarini yuborgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Barqaror rivojlanish tushun chasi va ta’rifi. Barqaror rivojlanish ning tashkil qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik yo‘nalishlari
|