• Bo ’z
  • Zardo'zlikda ishlatiladigan materiallar (gazlamalar turlari




    Download 9,62 Mb.
    bet7/35
    Sana09.03.2021
    Hajmi9,62 Mb.
    #13203
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
    Zardo'zlikda ishlatiladigan materiallar (gazlamalar turlari, zar iplar). Zardo’zlik buyumlarining xususiy texnologiyasi, o’sha buyum uchun material tanlash va uni bichishdan boshlanadi. Zardo’zlik mahsulotlarining asosiy xususiyatlaridan biri ularning sirtida zardo’zi naqshlarning bo’rtib turishidir. Shuning uchun, naqshlar tagiga tukli material ishlatiladi. Zardo’zlikda asosiy gazlamalardan duxoba , velyur gazlamalari ishlatiladi.

    Duxoba - tukli o’rishlarda to’qilgan gazlama bo’lib, uning asosi paxta ipidan, faqat tuklarigina tabiiy ipakdan bo’ladi. Duxoba, asosan, uy -ro’zg’or buyumlarida ishlatilgan.

    Velyur - sidirg’a, zich to’kilgan, tukli gazlama. Tuklari tik, jun ipdan to’qilgan. Hozirgi kunda zardo’zlikda sintetik tola aralashtirib to’qilgan, zardo’zlar «taqir velyur» deb atashadigan turi ko’p ishlatiladi. Undan barcha turdagi zardo’zlik buyumlari tikiladi. Bu velyur turi chidamliligi, pishiqligi, qattiqligi, ko’rkamligi va boshqa xossalari bilan zardo’zlikka juda mos tushadi.

    Zardo’zlikda ishlatiladigan yordamchi gazlamlarga quyidagilar kiradi:



    Bo ’z (xom surp) - pardozlanmagan ip - gazlama, ancha qalin va og’ir material. Bo’z karda ipdan polotno o’rishlarda to’qilgan, shuning uchun pishik va cho’zilmaydi.

    Surp - oqartirilgan va pardozlangan bo’z. XX asrgacha bo’lgan zardo’zlikda surp chakmon, poyabzallarda naqshlar ostiga tagzamin sifatida ishlatilgan. Hozir ham kumush rangli ip bilan tikiladigan naqshlar ostiga qo’yiladi.

    Turli navdagi simli iplar zardo’zlik uchun asosiy xom-ashyo bo’lib hisoblangan. Oq va tillarang tusdagi yassilangan kumush tolasi sim deb atalib, u Buxoro zardo’zlari tomonidan keng qo’llanilgan.




    Download 9,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




    Download 9,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zardo'zlikda ishlatiladigan materiallar (gazlamalar turlari

    Download 9,62 Mb.