-jadval  Toshkent viloyati tumanlari haqida ma’lumot




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana29.05.2024
Hajmi0,86 Mb.
#257050
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
geografik-axborot-tizimlari-ma-lumotlar-bazasi-tuzilishi

1-jadval 
Toshkent viloyati tumanlari haqida ma’lumot 
ID 
Rayonlar 
Markazi 
Obyekt 
kodi 
Rayon 
maydoni, 
ming ga 
Aholi 
soni, ming 
kishi 
1 2 3 
Bekabod 
Bо‘ka 
Bо‘stonliq 
Zafar 
Bо‘ka 
G‘azalkent 
101 
102 
103 
75.6 
59 
493 
25 
67 
78 
….. 
……….. 
……….. 
….. 
………… 
15 
Quyi 
Chirchiq 
Dо‘stobod 
115 
55.9 
46 


ТЕХНОЛОГИЯ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, МАХСУС СОН 2022, № 1 (1) 
158 
Har bir jadval о‘ziga tegishli oldindan ma’lum darajada nomlangan ustunlar tо‘plamiga 
ega. Jadval hoshiyalari odatda ob’yektlar atributlariga mos keladi, jadvalda qatorlar sonlari 
cheklanmagan, har bir yozuv biror-bir ob’yekt haqidagi axborotlarni о‘zida mujassamlaydi. 
Hozirgi kunda ma’lumotlarning relyatsion bazasi axborotni saqlash uchun ommabop bо‘lgan 
model hisoblanadi, chunki u о‘zida tasvirni kо‘rgazmali tasvirlashni, ular bilan ishlashni ma’lum 
darajada soddalashtirishni ta’minlaydi. 
Natijalar 
Kartografiyada GATdan foydalanishda, ma’lumotlar bazasining relyatsion modelida ikki 
turkum ma’lumotlar saqlanadi – grafikli va atributli (mazmunli). Ma’lumotlarning grafikli 
bazasida kartaning grafikli yoki о‘lchamli asosi raqam kо‘rinishida saqlanadi. Ma’lumotlarning 
mazmunli bazasida esa kartaning mazmuni va kartaga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kiritilishi mumkin 
bо‘lmagan fazoviy ma’lumotlarga tegishli qо‘shimcha axborotlar saqlanadi. Ularga obyektning 
sifati tavsifini ifodalovchi mintaqaning matni kiradi, ob’yekt atributlarini о‘z ichiga olgan jadval 
atributiv jadval deyiladi. 
Kartografik atributiv axborot - bu ob’yekt yoki hodisalarning miqdor va sifat jihatdan 
tavsifi haqidagi raqamli yoki matn – grafikli kо‘rinishidagi axborotlardir. Masalan, qishloq 
xо‘jalik ekinlarini ifodalaydigan atributlarni quyidagicha berish mumkin (2-jadval). Xuddi 
shunday qilib shaharlar bо‘yicha aholi soni, teatrlar, konsert zallari, avtomobil va aloqa yо‘llari 
uzunligi ma’lumotlarini jadvalda tо‘plash, rayonlar bо‘yicha esa uning umumiy maydoni, 
yerlardan foydalanuvchilar soni, korxona xodimlarining ismi-sharifi, jinsi, yoshi, ish staji, oylik 
maoshi va h.k. haqidagi ma’lumotlarni saqlash uchun atributiv jadvallar ishlatiladi. 
GATda ma’lumotlarni saqlashdan tashqari, ularni tasvirlash va ta’riflash uchun 
ma’lumotlar bazasini boshqaradigan maxsus tizimli dasturlar ham mavjud. Ma’lumotlar bazasini 
boshqarish tizimidan foydalanish jarayonida axborotlarni qidirish, tanlash, bir-biriga qо‘shish va 
xatoliklarni tuzatish ishlarini bajarish mumkin. Bu modul yangi atributiv jadvallar tuzish, ularni 
tо‘ldirish va karta bilan bog‘lash imkonini ham beradi [4]. 

Download 0,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval  Toshkent viloyati tumanlari haqida ma’lumot

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish