fiksatsiya qilingan (yoki statik) marshrutlash algoritmi




Download 25,67 Kb.
bet2/6
Sana25.05.2024
Hajmi25,67 Kb.
#253111
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarmoqda statik marshrutlash tamoyillari-fayllar.org

fiksatsiya qilingan (yoki statik) marshrutlash algoritmi;


  • oddiy marshrutlash algoritmi;


    - adaptiv (yoki dinamik) marshrutlash algoritmi
    Fiksatsiya qilingan marshrutlashda, marshrutlash jadvalidagi hamma yozuvlar statik hisoblanadi. Tarmoq adminstratorining o‘zi qaysi marshrutizatorlarga u yoki bu adresli paketlarni uzatish kerakligini hal etadi va utilit (route OC Unix yoki Windows NT)lar yordamida marshrutlash jadvaliga muvofiq yozuvlar kiritadi. Jadval, odatda, yuklash jarayonida tashkil etiladi. Keyinchalik uning ichidagisi qo‘l bilan tuzatilmaganiga u o‘zgartirilmasdan ishlatiladi. Bunday tuzatmalar masalan, agar tarmoqda qaysi bir marshrutizator ishdan chiqsa uning vazifalarini boshqa marshrutizator bajargan holda kerak bo‘ladi. Ikki xil yo‘nalish jadvali bor. Birinchisi, bir yo‘nalishli jadval, unda har bir adres egasi uchun bitta yo‘l, ikkinchisi, ko‘p yo‘nalishli jadval, bunda har bir adres egasi uchun bir nechta alternativ yo‘llar belgilangan. Ko‘p yo‘nalishli jadvalda yo‘nalishlarning bittasini tanlash huquqi berilgan. Ko‘pincha bu yo‘l asosiy xisoblanadi, qolganlari esa rezerv. Tushunarliki, fiksatsiyalangan marshrutlash algoritmi, uning qo‘l usuli bilan marshrutlash jadvalini tuzishi faqat oddiy topologiyali kichikroq tarmoqlarda qo‘llash mumkin. Lekin ushbu algoritm katta tarmoq magistrallarida ishlash uchun samarali ishlatilishi mumkin, chunki magistralning o‘zi, magistralga ulangan kichik tarmoq (подсеть) kelayotgan paketlarning eng yaxshi yo‘llari bo‘lgan oddiy tuzilishga ega bo‘lishi mumkin.
    Oddiy marshrutlash algoritmlarida marshrutlash jadvali umuman ishlatilmaydi, yoki marshrutlash protokollarisiz ko‘riladi. Oddiy marshrutlashning uch turi mavjud.
    - tasodifiy marshrutlash, bunda paket dastlabki yo‘nalishidan tashqari, tasodifiy uchragan bitta yo‘nalishga yuboriladi;
    - ko‘chki marshrutlash, bunda paket keng ogoxlantirilgan holda, dastlab yo‘nalishdan tashqari, hamma imkonli yo‘nalishlar bo‘yicha yuboriladi.
    - oldingi tajriba bo‘yicha marshrutlash, bunda yo‘nalishni tanlash jadval bo‘yicha bajariladi, lekin jadval kiruvchi portlarda paydo bo‘luvchi paketlarning adres maydonlarini tahlil qilish yordamida, ko‘prik negizida quriladi.
    Eng ko‘p tarqalgani, adaptiv (yoki dinamik) marshrutlash algoritmi hisoblanadi. Bu algoritmlar tarmoq konfiguratsiyasi o‘zgargandan so‘ng marshrutlash jadvalining avtomatik yangilanishini ta’minlaydi. Adaptiv algoritmlar asosida qurilgan protokollar hamma marshrutizatorlarga aloqalar konfiguratsiyalarining hamma o‘zgarishlarini operativ ko‘rib chiqib, tarmoqdagi aloqalar topologiyasi axborotni yig‘ishga imkon beradi. Adaptiv marshrutlashda marshrutlash jadvalida, odatda ushbu yo‘nalish qancha amaliy bo‘lib qolish vaqti oralig‘i to‘g‘risida axborot bor. Bu vaqt paketning yashash vaqti (Time To Live, TTL )deyiladi. Adaptiv algoritm odatda, taqsimlangan xarakterga ega, bu tarmoqda topologik axborotni yig‘ib, umumiylashtiruvchi qandaydir ajratilgan marshrutizatorlar yo‘qligi bilan ifodalanadi: bu ish hamma marshrutizatorlar orasida taqsimlangan.
    Marshrutlashning adaptiv algoritmlari bir nechta muhim vazifani bajarishi kerak. Birinchidan, ular yo‘nalishning optimalligini ta’minlamasa ham, uning ma’qulligini ta’minlash kerak. Ikkinchidan, algoritmlar etarli darajada oddiy bo‘lishi kerak, ularni amalga oshirishda juda ko‘p tarmoq resurslari sarflanmasligi kerak. Ohirida marshrutlash algoritmlari moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lishlari kerak, ya’ni har doim ma’lum bir vaqtda bir xil natijaga kelishi kerak.

    Download 25,67 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6




    Download 25,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    fiksatsiya qilingan (yoki statik) marshrutlash algoritmi

    Download 25,67 Kb.