• 10 – LABORATORIYA ISHI RIPv2 PROTOKOLINI SOZLASH Ishdan maqsad
  • Qisqacha nazariy ma’lumotlar
  • RIP protokoli
  • 7 – laboratoriya ishi




    Download 25,67 Kb.
    bet5/6
    Sana25.05.2024
    Hajmi25,67 Kb.
    #253111
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Tarmoqda statik marshrutlash tamoyillari-fayllar.org

    Nazorat savollari

    1. Statik marshrutizatsiyaning afzalligi nimadan iborat?


    2. Clock rate 64000 nima maqsadda ishlatiladi?


    3. no ip domain-lookup buyrug‘i nima uchun ishlatiladi?


    4. Show cdp neighbors buyrug‘i nima uchun ishlatiladi?


    5. Statik marshrutizatsiya qachon qo‘llaniladi?


    6. Marshrutizatsiya jadvalini ko‘rish uchun qanday buyruq beriladi?


    7. Administrativ distansiya nima?




    10 – LABORATORIYA ISHI
    RIPv2 PROTOKOLINI SOZLASH


    Ishdan maqsad: RIPv2 marshrutizatsiya protokolini marshrutizatorlarda sozlash va ishlash tamoyillarini o‘rganish


    Topshiriq
    1. Tarmoq topologiyasini variant bo‘yicha o‘rganing


    2. R1, R2 va R3 marshrutizatorlarining interfeyslarini sozlang va tekshiring


    3. Har bir marshrutizatorning marshrutizatsiya jadvalini o‘rganing



    6.1 – rasm. Tarmoq topologiyasi


    Qisqacha nazariy ma’lumotlar
    Marshrutizatsiya protokollari marshrutizatorlar o‘rtasida marshrut to‘g‘risidagi axborotlarni almashishni qisqartiradi. Marshrutizatsiya protokoli optimal yo‘llar orqali marshrutizatsiya jadvalini to‘ldirish va marshrutizatsiya ma’lumotlarini almashish uchun ishlatiluvchi xabarlar va algoritmlar, jarayonlar to‘plamidan iborat. Dinamik marshrutizatsiya protokollari quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

      • uzoqdagi tarmoqlarni aniqlash;


      • marshrutizatsiya ma’lumotlarini yangilash;


      • ko‘rsatilgan tarmoqqa optimal yo‘lni tanlash;


      • ishlab turgan yo‘lga kirish mumkin bo‘lmagan yangi optimal yo‘lni izlash.


      • Dinamik marshrutizatsiya protokollari quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi:


      • ma’lumotlarning tuzilishi - marshrutizatsiya protokollarini ishlashi uchun ma’lumotlar bazasi yoki jadval ishlatiladi. Ushbu axborot operativ xotira qurilmasida saqlanadi;


      • marshrutizatsiya protokolining xabari - marshrutizatsiya protokollari marshrut to‘g‘risida axborotlarni almashish, qo‘shni marshrutizatorlarni aniqlash, tarmoq to‘g‘risida muhim axborotni olish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa vazifalarni bajarish uchun turli xabarlarni ishlatadi;


      • algoritm – algoritm topshiriqlarni bajarish uchun ishlatiluvchi harakatlar ruyxatidan iborat. Marshrutizatsiya protokollari optimal yo‘lni aniqlovchi va marshrutizatsiya ma’lumotlarini almashishni soddalashtiruvchi algoritmlarni ishlatadi.




    RIP protokoli:
    • administratorni minimum darajadagi nazoratini talab qilish maqsadida marshrutizatsiya jadvalini tuzish uchun ishlab chiqilgan;


    • ma’lumotlarni qayta ishlashda marshrutizatorlarda yuklanishni kamaytirish maqsadida guruhli manzil bo‘yicha jo‘natiladigan xabar marshrutizatorlar o‘rtasida almashiladi;


    • ichki domenli va masofa – vektor protokoli bo‘lib, Bellman – Ford algoritmiga asoslangan;


    • ko‘rsatilgan joyga masofani belgilashda metric ko‘rsatkichi ishlatiladi (sonli ko‘rinishda);


    • 15 tagacha marshrutizator bo‘lgan o‘rtacha tarmoqlarda ishlatiladi;


    • RIP xabari UDP (520 port)ga inkapsulyasiya qilinadi va tarmoqda o‘zgarish bo‘lmasa ham har 30 daqiqada jo‘natilaveradi;


    • autentifikatsiyani talab qilmaydi (foydalanuvchini registratsiya axborotini tekshirishni amalga oshiruvchi kirishni nazorat qiluvchi servis).





    Download 25,67 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 25,67 Kb.