• Qisqacha nazariy ma’lumotlar
  • 7 – laboratoriya ishi




    Download 25,67 Kb.
    bet1/6
    Sana25.05.2024
    Hajmi25,67 Kb.
    #253111
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Tarmoqda statik marshrutlash tamoyillari-fayllar.org


    Tarmoqda statik marshrutlash tamoyillari

    7 – LABORATORIYA ISHI


    8 – LABORATORIYA ISHI

    9 – LABORATORIYA ISHI
    TARMOQDA STATIK MARSHRUTLASH TAMOYILLARI


    Ishdan maqsad: Ma’lumot uzatish tarmoqlarida statik marshrutizatsiya tamoyillarini va sozlashni o‘rganish


    Topshiriq
    • tarmoq topologiyasini variant bo‘yicha o‘rganing va 5.1 - jadvalni to‘ldiring;


    • R1, R2 va R3 marshrutizatorlarining interfeyslarini sozlang va tekshiring;


    • statik marshrutlashni sozlang va tekshiring;


    • har bir marshrutizatorning marshrutizatsiya jadvalini o‘rganing.


    5.1 –rasm. Tarmoq topologiyasi



    Qisqacha nazariy ma’lumotlar
    Statik marshrutizatsiya hozirgi kunda maxsus maqsadlarda qo‘llanilmoqda. Statik va dinamik marshrutizatsiya ko‘pincha birgalikda ishlatiladi.

    Statik marshrutizatsiya quyidagi vaziyatlarda ishlatiladi:


    • kelgusida kengaytirish kutilmaydigan kichik tarmoqlarda, marshrutizatsiya jadvalini qulay sozlash uchun;


    • berk tarmoqni marshrutizatsiyasini ta’minlash uchun (berk tarmoq boshqa uzoqdagi tarmoqlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmagan);


    • bitta marshrutni doimiy ishlatishda (marshrutizatsiya jadvalidagi boshqa marshrutlarga to‘g‘ri kelmaydigan ixtiyoriy tarmoqqa yo‘lni ko‘rsatish uchun).


    Statik marshrutizatsiya kichik tarmoqda ishlashda qiyinchiliklarga olib kelmaydi. Statik marshrutlar yangilanish to‘g‘risidagi xabarlarni jo‘natmaydi va katta hisoblash resurslarini talab qilmaydi.


    Statik marshrutizatsiyani kamchiliklari:
    • statik marshrutizatsiyani katta tarmoqlarda ishlatish qiyinchiliklarga olib keladi;


    • statik marshrutlarni boshqarishni sozlash ko‘p vaqt talab qiladi;


    • kanalda uzulish bo‘lganda statik marshrut trafikni qayta marshrutlashni amalga oshirmaydi.


    Marshrutlash masalalari hamma marshrutizatorlarda va tarmoqning oxirgi tugunlarida joylashtirilgan marshrutlash jadvalini tahlil qilish asosida echiladi. Marshrutlash jadvalini tuzish bo‘yicha asosiy ish avtomatik tarzda bajariladi, lekin qo‘l yordamida tuzatish va qo‘shish imkoni nazarda tutilgan.


    Marshrutlash jadvali avtomatik tarzda qurish uchun marshrutizatorlar maxsus xizmat protokoliga muvofiq tarkibiy tarmoq topologiyasi to‘g‘risida axborot almashib turishadi. Bunday turdagi protokollar marshrutlash protokollari (yoki marshrutlovchi protokollar) deyiladi. Marshrutlash protokollarini (Masalan RIP, OSPF, NLSP), tarmoq protokollaridan (masalan: IP, IPX) farqlash kerak. Ikkalasi ham OSI modelining tarmoqli daraja vazifalarini bajarishadi. Ularni paketni har xil turdagi tarmoq manzili egasiga etkazib berishadi. Lekin shu vaqtdan birinchilari ichida faqat xizmat axborotini yig‘ib uzatishadi, ikkinchilari esa kanal darajasi protokollari kabi foydalanuvchilar axborotini uzatish uchun mo‘ljallangan. Marshrutlash protokollari tarmoq prtokollarini transport vositasi sifatida ishlatishadi. Marshrutlash protokollari paketlari yo‘nalish axborotlari bilan almashganda, tarmoq darajasi hattoki transport darajasi paketlarining ma’lumotlar maydonida joylashtiriladi. Shuning uchun, paketlarni joylashtirish nuqtaiy nazaridan marshrutlash protokollarini rasmiy tarmoq darajaga nisbatan yuqoriroq darajada deb qaralishi kerak.
    Marshrutizatorlar paketlarning borishi to‘g‘risida qaror qilishi uchun adres jadvallariga murojaat qilishida, ularning ko‘priklar va kommutatorlar bilan o‘xshashligini ko‘rish mumkin. Ammo ular ishlatadigan adres jadvallarining tabiati juda farq qiladi. MAC adreslar o‘rniga marshrutlash jadvalida intertarmoq ulanadigan tarmoq nomeri ko‘rsatiladi. Marshrutlash jadvalining ko‘priklar adres jadvalidan boshqa farqi bo‘lib, ularni tuzish usuli hisoblanadi. Ko‘prik jadvalini qurish paytida, u orqali o‘tayotgan tarmoqning oxirgi tugunlari bir-biriga yuborayotgan axborot kadrlarini passiv kuzatib turganda, marshrutizatorlar o‘z tashabbuskorligi bilan maxsus xizmat paketlari bilan almashadi va intertarmoqdagi tarmoqlar, marshrutizatorlar va ushbu tarmoq larning marshrutizatorlar bilan aloqasi to‘g‘risida qo‘shnilariga xabar beradi. Odatda, aloqaning nafaqat topologiyasi hamda o‘tkazish qobiliyati va xolati hisobga olinadi. Bu marshrutizatorlarga tarmoq konfiguratsiyasining o‘zgarishlariga tezroq moslashishga hamda, o‘z holli topologiyali tarmoqlarda paketlarni to‘g‘ri uzatishga imkon beradi.
    Marshrutlash protokollari yordamida marshrutizatorlar u yoki bu darajadagi tavsilotli tarmoq aloqalarining haritasini tuzadilar. Ushbu axborot asosida tarmoqning har bir nomeri uchun yo‘nalish ma’qul bo‘lishi maqsadida, ushbu tarmoqqa yo‘naltirilayotgan paketlar keyingi marshrutizatorning qaysi biriga uzatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Ushbu qaror natijalari marshrutlash jadvaliga kiritiladi. Tarmoq konfiguratsiyasi o‘zgarganda jadvaldagi ayrim yozuvlar bekor qilingan bo‘lib qoladi. Bunday hollarda xatto yo‘nalish bo‘yicha yuborilgan paketlar yo‘lda to‘xtab qolishi yoki yo‘qolishi mumkin.
    Marshrutlash protokoli qanchalik jadval ichidagilarini tarmoqning real xolatiga moslashtira olishiga butun tarmoqning ishlash sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Marshrutlash protokollari marshrutlash jadvalini qurish usullari. Eng yaxshi yo‘nalishni tanlash usuli va o‘z ishining boshqa xususiyatlari bilan farqlanib turuvchi xar xil algoritmlar asosida qurilishi mumkin.
    Ma’qul yo‘nalish tanlashning yuqorida aytib o‘tilgan misolida, boshlanish tugunidan to oxirgi tugungacha bo‘lgan marshrutizatorlarning butun ketma-ketligi emas, faqat keyingi (yaqinidagi) marshrutizator aniqlangan. Ushbu yondoshishga muvofiq marshrutlash taqsimlangan sxema bo‘yicha bajariladi, xar bir marshrutizator yo‘nalishining faqat bitta qadamini tanlash mumkin, butun yo‘nalish esa, ushbu paket o‘tgan xamma marshrutizator ishining natijasidan kelib chiqadi. Marshrutlashning bunday algoritmlari bir qadamli deyiladi.
    Bunga qarama-qarshi ko‘p qadamli yondoshish xam mavjud. Bu manbadan (Source Routing) marshrutlash deyiladi. Bunga muvofiq, tugun - manba tarmoqqa yuborilayotgan paketda, u orqali o‘tadigan xamma oraliq marshrutizatorlari haqida to‘la yo‘nalish berilgan. Ko‘p qadamli marshrutlash ishlatilganda marshrutlash jadvalini qurish va taxlil qilish zaruriyati qolmaydi. Bu tarmoqdan paketning o‘tishini tezlashtiradi, marshrutizatorlarni yuklanishdan to‘ldiriladi, lekin bunda oxirgi tugunlarga katta yuklanish tushadi. Bu sxema xisoblash tarmoqlarida bugun taqsimlangan bir qadamli marshrutlashga nisbatan juda kam qo‘llaniladi. Lekin IP protokolining yangi versiyasida klassik bir qadamli marshrutlash bilan bir qatorda, manbadan marshrutlashga xam ruxsat beriladi.
    Bir qadamli algoritmlar marshrutlash jadvalini tuzish usuliga qarab uchta sinfga bo‘linadi:
      1   2   3   4   5   6




    Download 25,67 Kb.