• Masofa-vektor algoritmlari
  • 7 – laboratoriya ishi




    Download 25,67 Kb.
    bet3/6
    Sana25.05.2024
    Hajmi25,67 Kb.
    #253111
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Tarmoqda statik marshrutlash tamoyillari-fayllar.org

    Hisoblash tarmoqlarida hozirgi vaqtda qo‘llaniladigan yo‘nalish axborotlari bilan almashuvchi adaptiv protokollar, o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi. Guruhlarning har biri quyidagi algoritmlarning biri bilan bog‘langan:
    - masofa-vektor algoritmlari (Distance Vector Algorithms).
    - aloqa xolati algoritmlari (Link State Algorithm).
    Masofa-vektor turidagi algoritmlarda har bir marshrutizator tarmoq bo‘yicha vaqti – vaqti bilan va keng ogohlantirilgan holda vektorni tarqatadi, uning komponentlari bo‘lib, ushbu marshrutizatordan to unga ma’lum hamma tarmoqlargacha bo‘lgan masofa hisoblanadi.
    Masofa deganda xoplar (IP adressni ochib o'quvchi qurilma, yani marshrutizator) soni tushuniladi. Nafaqat oraliq marshrutizatorlar soni, tarmoq bo‘yicha qo‘shni marshrutizatorlar orasidan paketlarni o‘tish vaqtini ham hisobga oluvchi boshqa metrika ham bo‘lishi mumkin:
    Qo‘shnidan vektorni olgandan so‘ng, marshrutizator vektorda ko‘rsatilgan tarmoqlargacha masofani, ushbu qo‘shnigacha bo‘lgan masofani ko‘paytirib boradi. Qo‘shni marshrutizator vektorini olgandan so‘ng, har bir marshrutizator unga o‘zi bevosita (agar ular uning portiga ulangan bo‘lsa) yoki boshqa marshrutizatorlarning e’lonidan unga ma’lum bo‘lgan boshqa tarmoqlar to‘g‘risidagi axborotlarni qo‘shadi, keyinroq vektorning yangi ma’lumotini tarmoq bo‘yicha yuboradi. Har bir marshrutizator tarmoqdagi bor bo‘lgan tarmoqlar to‘g‘risida axborot qo‘shni marshrutizatorlar orqali ulargacha bo‘lgan masofani bilib oladi.
    Masofa-vektor algoritmlari faqat uncha katta bo‘lmagan tarmoqlardagina yaxshi ishlaydi. Bundan tashqari ushbu algoritm bo‘yicha konfiguratsiyaning o‘zgarishi, marshrutizatorlarni jadvallariga o'zgartirish kiritishlari uchun yuklanishiga olib kladi. Ular faqat vositalar orqali olingan umumlashtirilgan axborot-masofa vektoriga ega. Masofa-vektor protokoliga muvofiq marshrutizator ishi ko‘prik ishini eslatadi, chunki bunday marshrutizator tarmoqning aniq topologik sur’atiga ega emas.
    Masofa-vektor algoritmiga asoslangan keng tarqalgan protokol bo‘lib, RIP protokoli hisoblanadi. U ikkita versiyada tarqalgan-IP protokoli bilan ishlovchi RIP IP va IPX protokoli bilan ishlovchi RIP, PX.
    Aloqa xolatining algoritmlari tarmoq aloqalarining aniq grafasini qurish uchun etarli axborot bilan xar bir marshrutizatorni ta’minlashadi. Xamma marshrutizatorlar bir xil graflar asosida ishlaydi, bu marshrutlash jarayonini konfiguratsiyasini o‘zgarishlariga mustaxkamlaydi. “Keng ogohlantiruvchi” uzatish (ya’ni marshrutizatorning bevosita qo‘shnilariga paketni uzatish) bu erda faqat aloqalar holati o‘zgargandagina ishlatiladi, bu xolat ishonchli tarmoqlarda kam uchrab turadi.
    Grafaning tepasi bo‘lib, marshrutizator va ular birlashtirgan tarmoqlar ham hisoblanadi. Tarmoq bo‘yicha tarqalayotgan axborot aloqaning har xil turlaridan: marshrutizator-marshrutizator, marshrutizator-tarmoq tavsiflaridan iborat.
    Aloqalar xolati algoritmlari asosidagi protokollar bo‘lib, OSI stekining IS-IS protokoli (Intermediate System To Intermediate System), TCP/IP stekining OSPF (Open Shortest Path First) protokoli va yaqinda amalga oshirilgan Novell stekining NLSP protokoli xisoblanadi.
    Shunday qilib, IP tarmoqlarida paketlarni uzatish yo‘nalishini tanlash yo‘nalish jadvallari asosida bajariladi. IP protokolining o‘zi paketlarni uzatish to‘g‘ri yo‘nalishini tanlashga imkon bermaydi. To‘g‘ri yo‘nalishni tanlash uchun ICMP, OSPF va RIP kabi boshqaruvchi axborotlarni almashish protokollarini ishlatishi kerak bo‘ladi.



    Download 25,67 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 25,67 Kb.