• Kommutatsiya o‘takuchlanishi
  • Elektr sistemalarida ichki o‘takuchlanishlar




    Download 402,5 Kb.
    bet2/5
    Sana12.12.2023
    Hajmi402,5 Kb.
    #116376
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    7- Ma\'ruza (3)

    Elektr sistemalarida ichki o‘takuchlanishlar

    Nominal kuchlanishning o‘sishi, HEULning uzunligining oshishi, va shu bilan birga atmosfera o‘takuchlanishini chegaralashda erishilgan yutuqlar shunga olib keldiki, hozirgi vaqtda elementlar izolyatsiyasining sathini o‘rnatishda ichki o‘takuchlanish katta rol o‘ynaydi. Ichki o‘ta-kuchlanishni tekshirishni ikkita guruhga bo‘lib o‘rganamiz:


    Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari tebranuvchanlik xususiyatiga ega, chunki uning tarkibida jamlangan va tarqalgan sig‘imlar va induk-tivliklar mavjud. Normal rejimda aktiv quvvatni uzatishda bu xususiyat o‘zini sezdirmaydi. Elektr tarmog‘ining reaktiv elementlarida mujjasamlangan elektr va magnit energiyalari tebranishning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Kommutatsiya izolyatsiyaning qoplanishiga olib keladigan o‘takuchlanish bilan tugallanadigan o‘tkinchi jarayonga olib kelishi mumkin. Bunday kommutatsiyalarga birinchi navbatda yuklanmagan liniyani o‘chirishda o‘chirgichda yoyning takroriy yonishi, generatorlarning asinxron yurishida liniyani o‘chirish, avtomatik qayta ulash (AQU) va boshqalar kiradi.
    Kommutatsiya paytida sodir bo‘ladigan o‘takuchlanishni – kom-mutatsiya o‘takuchlanishi deb nomlash qabul qilingan.
    Kommutatsiya o‘takuchlanishi kommutatsiya paytida kechadigan o‘tkinchi jarayonlar bilan bog‘langan. Uning maksimal qiymati ko‘pgina faktorlarga, jumladan, ular orasida elektr tarmog‘ining sxemasi va o‘chirgichlarning xarakteristikalariga bog‘liq. Demak, sistemada o‘chirgichlarning, qisqa tutashtirgichlarning, saqlagichlarning (barcha kommutatsiya apparatlarining) ishlashida, hamda yoyli qisqa tutashuv paytida paydo bo‘ladigan o‘takuchlanish tushuniladi. O‘takuchlanish kommutatsiya paytida kommutatsiya apparatlarining ishlashi natijasida paydo bo‘ladigan o‘takuchlanishdan tashqari, izolyatsiyaning qop-lanishida kechadigan o‘tkinchi jarayonlarda ham kuzatilishi mumkin. Masalan, liniyaga yashinning urilishidan, neytrali zaminlangan yoki rezonans – kompensatsiyalangan liniyada bir fazali qisqa tutashuv sodir bo‘lgan joydagi yoyning noturg‘un yonishida (yoyning ketma–ket yonishi va so‘nishi ma’lum ma’noda kommutatsiyani bildiradi) kuzatiladi.
    Kommutatsiya o‘takuchlanishini quyidagi guruhlarga bo‘lish qabul qilingan:
    1) Yuklanmagan uzun HEULni, sig‘im xarakteridagi yuklamalarni va kondensatorlar batareyasini o‘chirishda kuzatiladigan o‘takuchlanish;
    2) Uzun liniyalarni ulashda va avtomatik qayta ulagich qo‘llanilganda paydo bo‘ladigan o‘takuchlanish;
    3) Kichik induktiv tokli elementlarni o‘chirishda, masalan, yuklanmagan transformatorlarni, asinxron dvigatellarni va reaktorlarni o‘chirishda kuzatiladigan o‘takuchlanish. U sistema rejimining simmet-rik va nosimmetrik rejimida va nosimmetrik qisqa tutashuvlarda ham uchraydi;
    4) Neytrali izolyatsiyalangan va zaminlangan elektr tarmoqlarida yerga yoyli qisqa tutashuvda va yoyning noturg‘un xarakterida rivojlanadigan o‘takuchlanish.
    Keltirilgan sinflash shartli hisoblanadi. Ayrim holatlarda real elektr sistemasida bir vaqtning o‘zida har xil guruhlarga mansub bo‘lgan o‘takuchlanishlar paydo bo‘ladi. Masalan, rezonansli o‘takuchlanish ustiga o‘tkinchi jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘takuchlanishning qo‘yilishi natijasida amplitudasi ancha katta bo‘lgan o‘takuchlanish kuzatilishi mumkin.
    Ko‘pchilik o‘takuchlanish turlari tarmoqning nominal kuchlanishiga nisbatan ma’lum aniq karralikka ega. Elektr sistemalarida ayrim hollarda yuklamani tashlash, qo‘zg‘atishni jadallashtirish va generatorlarni tezlashishi bilan bog‘liq bo‘lgan qisqa muddatli o‘takuchlanishlar ham kuzatiladi.
    Kommutatsiya o‘takuchlanishini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
    1) tok o‘tkazuvchi qismlarning yerga nisbatan izolyatsiyasiga ta’sir etuvchi fazaviy o‘takuchlanish;
    2) har xil faza o‘tkazgichlari orasidagi izolyatsiyaga ta’sir etuvchi fazalararo o‘takuchlanish;
    3) o‘chirgich va ajratgichning ochiq kontaktlari orasidagi kontaktlararo o‘takuchlanish.
    Izolyatsiya konstruksiyalarini loyihalashda o‘takuchlanish bo‘yicha quyidagi berilgan qiymatlar qo‘llaniladi:
    1) o‘takuchlanishning maksimal qiymati yoki uning karrasi , ya’ni o‘takuchlanishning maksimal qiymatining eng katta ruxsat etiladigan ishchi kuchlanishga bo‘lgan nisbati;
    2) Izolyatsiyaga ta’sir etayotgan o‘takuchlanishning ta’sir etish vaqtini aniqlashga imkon beradigan o‘takuchlanish shakli;
    3) ma’lum ko‘rinishdagi o‘takuchlanish ta’sirida bo‘ladigan elektr tarmog‘i qurilmalarining tarkibi.
    Yuqorida sanab o‘tilgan xarakteristika katta statik tarqoqlikka ega, chunki ularning qiymatlari ko‘pgina faktorlarlarga bog‘liq. Shu bilan birga tasodifiy xarakterda ta’sir etadi. Shuning uchun izolyatsiyaning kerakli sathini hisoblashda shunga amin bo‘lamizki, ma’lum vaqt inter-vali berilgan o‘takuchlanish karrasidan ancha yuqori bo‘lgan o‘takuchlanishlarga duch kelamiz.
    O‘takuchlanishlarning ko‘pchilik turlarini chegaralash talab etiladi. O‘takuchlanishdan himoya qilishni texnik–iqtisodiy asoslash tarkibiga elektr qurilmalarning shikastlanishidan, elektr tarmoq qurilmalarining salt ishlashi va navbatsiz ta’mirlashdan kutiladigan statik zarar ham kiritiladi. Yana bunga elektr qurilmalarining buzilishi yoki ishlash rejimining buzilishidan paydo bo‘ladigan mahsulotning sifatsizligidan, iste’molchilarning, texnologik jarayonning buzilishidan keladigan zararlar ham kiradi.



    Download 402,5 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 402,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr sistemalarida ichki o‘takuchlanishlar

    Download 402,5 Kb.