• Elektron-balans metodi
  • 7-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Оksidlаnish-qаytаrilish rеаktsiyalаri. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari




    Download 193,49 Kb.
    bet3/6
    Sana20.12.2023
    Hajmi193,49 Kb.
    #124573
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    7-Amaliy mashg\'ulot uchun nazariy qism

    Asosiy oksidlovchilar. O’ziga elektron qabul qilib, davriy sistema qatoridagi inert gazning elektron strukturasiga ega bo’lgan yoki manfiy zaryadlangan ionlar xosil qiluvchi neytral atomlar oksidlovchi bo’ladi. Masalan, galogenlarning neytral atomlari F2, Cl2, Br2, I2 oksidlovchi funksiyasini bajarib manfiy zaryadlangan F-, Cl-, Вr-, I- ionlarga aylanadi. Galogenlardan ftor va xlor kuchli oksidlovchi xisoblanadi.
    Asosiy oksidlovchilarga ya’na kislorod , oltingugurt va boshqalar misol bo’la oladi. Ba’zi metall ionlari o’zlarining eng yuqori valentliklarida oksidlovchi bo’lishi mumkin.
    Asosiy qaytaruvchilar. Erkin xolda barcha metallar, asosan ishkoriy (Li, Na, K, Rb, Cs) va ishkoriy-yer (Ca, Sr,Ba) metallari, kislorodsiz kislota koldiqlarining ionlari (Вr-, I¯, S2¯) xamda gidridlar (KН, Н+, СаН2) kaytaruvchi bo’ladi.
    Shuni nazarda tutish kerakki, oksidlovchi bilan qaytaruvchi o’rtasida keskin chegara yo’q, bitta modda bir sharoitda oksidlovchi, ikkinchi sharoitda qaytaruvchi bo’lishi mumkin. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish usullari va oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzishda elektron-balans va ion-elektron (yarim reaksiyalar) metodlaridan foydalaniladi.
    Elektron-balans metodi yordamida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzishda oksidlovchi va qaytaruvchilarni qabul qilgan va yo’qotgan elektronlar sonini aniqlash kerak. Qay-taruvchining umumiy yuqotgan elektronlar soni, oksidlovchining umumiy qabul qilgan elektronlar soniga teng bo’lishi kerak. Masalan, alyuminiyning kislorod bilan oksidlanish reaksiyasi misol bo’ladi:
    Аl+О2= Аl2О3
    Reaksiya tuzilishidan ko’rinadiki reaksiyadan oldin alyuminiyning oksidlanish darajasi nolga, reaksiyadan keyin esa +3 ga teng. Kislorodning oksidlanish darajasi esa noldan –2 gacha o’zgardi. Oksidlanish darajasining bu o’zgarishini elektron tenglamalar bilan ifodalaymiz;
    Аl0 - 3ē = Аl3+ 4qаytаruvchi
    О2 +4 ē =2О2- 3 оksidlоvchi
    Yuqotilgan va qabul qilib olingan elektronlar soni teng bo’lishi uchun umumiy ko’paytuvchini aniqlaymiz va elektronlar sonini tenglab, tarkibida oksidlanish darajasini o’zgargan elementi bo’lgan molekulalarni oldiga qo’yamiz.
    4Аl+3О2=2Аl2О3
    Ikkinchi misol fosforning nitrat kislota bilan oksidlanishi:
    Р+НNО33РО4+NО
    uchun elektron tenglama yozsak:
    Р0 -5 ē =Р5+ │3│ qаytаruvchi
    N5++3 ē = N2+│5│ оksidlоvchi
    Reaksiyadagi oksidlovchi va qaytaruvchilar oldiga topilgan sonlarni yozamiz:
    3Р+5НNО3=3Н3РО4+5NО
    Reaksiyaning o’ng va chap tomonidagi atomlar sonini xisoblash tenglamaning chap tomonidan vodorod va kislorod atomlari o’zaro teng emasligini ko’rsatadi. Bu xolda tenglamaning chap tomoniga suv molekulalari yoziladi va reaksiyaning tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
    3Р+5НNО3+2Н2О=3Н3РО4+5NО
    Ba’zi bir xollarda metall oksidlanganda tuz xosil bo’ladi, bunday xolda reaksiyaga kislota molekulasidan ortikcha miqdorda olinadi. Masalan :
    Сu+НNО3→Сu(NО3)2+NО+Н2О
    Elektron tenglamasi:
    Сu0- 2 ē =Сu2+│3│ qаytаruvchi
    N5++3 ē =N2+ │2│ оksidlоvchi
    Reaksiya tenglamasiga topilgan sonlarni qo’yamiz:
    3Сu+2НNО3→3Сu(NО3)2+2NО+Н2О
    Tenglamaning ung kismida 8 ta, chap kismida 2 ta, ya’ni uch molekula tuz xosil bulishida ishtirok etayotgan 6 ta azot atomi yetishmaydi, bundan yana nechta suv molekulasi yozish kerakligini aniklanadi va reaksiya tenglamasi kuyidagi kurinishga ega buladi:
    3Сu+8НNО3=3Сu(NО3)2+2NО+4Н2О

    Download 193,49 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 193,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Оksidlаnish-qаytаrilish rеаktsiyalаri. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari

    Download 193,49 Kb.