• Oksidlanish daraja
  • 7-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Оksidlаnish-qаytаrilish rеаktsiyalаri. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari




    Download 193,49 Kb.
    bet1/6
    Sana20.12.2023
    Hajmi193,49 Kb.
    #124573
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    7-Amaliy mashg\'ulot uchun nazariy qism


    7-Amaliy mashg’ulot
    Mavzu: Оksidlаnish-qаytаrilish rеаktsiyalаri.
    Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.
    Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning oksidlanish darajasi o’zgarishi bo’yicha ham bo’linadi.
    - Oksidlanish darajasi o’zgarmasdan boradigan reaksiyalar.
    - Oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan yani oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.
    - Oksidlanish darajasi o’zgarmasdan boradigan reaksiyalar- bularga alamashinish, ko’pchilik ajralish va parchalanish reaksiyalari kiradi.



    - Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari- elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan reaksiyalar kiradi.


    Oksidlanish daraja- atomning elektron berishi yoki qabul qilishi natijasida atomda hosil bo’ladigan shartli zaryadga aytiladi.
    Agar atomga ē biriksa, manfiy (-) zaryad, atom ē bersa, musbat (+) zaryadga ega bo’ladi. Agar murakkab burikmalardagi elementning qaysi biri ē berib musbat, ē qabul qilib manfiy zaryadlanishini shu elementning nisbiy elektomanfiylik qaymatiga bog’liq. Qaysi elementning nisbiy elektromanfiyligi katta bo’lsa, shu element ē qabul qilib manfiy zaryadlanadi. Nisbiy elektromanfiylik qiymati kichik bo’lgan element ē larini berib musbat zaryadlanadi.
    Oksidlanish darajasining son qiymati atom bergan yoki qabul qilgan elektronlar soni bilan ifodalanadi.

    • Oddiy moddalar har doim 0 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. M: N20, O20, P0, Si0, Fe0, Cu0 va boshqalar.

    • Metallar o’z birikmalarida musbat oksidlanish darajasiga ega. Masalan:

    , va bosh.

    • Vodorod ko’pchilik birikmalarida +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.

    ,
    Vodorod metall gidridlarida -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Masalan: , , va bosh.

    • Kislorod o’zining aksariyat birikmalarida -2 oksidlanish darajasini hosil qiladi. , , va bosh.

    Kislorod ftorli birikmalarida +2 oksidlanish darajasini hosil qiladi. ba’zan bo’ladi.
    Peroksidlarda esa, -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. va boshqalar.

    • I-A-guruhcha elementlari har doim birikmalarida +1, II – A-guruhcha elementlari har doim +2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Masalan: , , , va boshqalar.

    Murakkab moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajasini quyida berilgan elementlarning oksidlanish darajasidan foydalangan holda topamiz. Shuni yodda tutish kerakki murakkab moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajalarining yig’indisi har doim 0 ga, murakkab ionlarda esa ionning zaryadiga teng. Masalan: KMnO4 tarkibidagi Mn ning oksidlanish darajasini quyidagicha topish mumkin: bizga K va O ning oksidlanish darajasi malum shulardan foydalanib topamiz.
    .
    Murakkab ionlarda:

    Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida elektron oluvchi atom, molekula yoki ionlar oksidlovchi deyiladi va ular reaksiyadan keyin qaytariladi.
    Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida elektron beruvchi atom, molekula yoki ionlar qaytaruvchi deyiladi va ular reaksiyadan keyin oksidlanadi.
    Atom, molekula yoki ionlarning elektronlarini berish jarayoni oksidlanish jarayoni deyiladi va ularning oksidlanish darajalari ortadi:
    H2 -2e = 2H+ Fe+2-1e = Fe+ 3
    Atom, molekula yoki ionlarnig elektronlarni biriktirib olish jarayoni qaytarilish jarayoni deyiladi va ularning oksidlanish darajalari kamayadi:
    So + 2e = S -2 AI+3 +3e = Al


    Download 193,49 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 193,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Оksidlаnish-qаytаrilish rеаktsiyalаri. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari

    Download 193,49 Kb.