Ion-elektron metod bo’yicha sulfit ionining kaliy permanganat ta’sirida sulfat ioniga o’tishini uch muxit sharoitida ko’rib chiqaylik




Download 193,49 Kb.
bet5/6
Sana20.12.2023
Hajmi193,49 Kb.
#124573
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-Amaliy mashg\'ulot uchun nazariy qism

Ion-elektron metod bo’yicha sulfit ionining kaliy permanganat ta’sirida sulfat ioniga o’tishini uch muxit sharoitida ko’rib chiqaylik.
1). Kislotali muxitda. a) Reaksiyaning molekulyar tenglamasi:
KMnO4+Na2SO3+H2SO4→MnSO4+K2SO4+Na2SO4+H2O (1)
b) Reaksiyaning ionli sxemasi:
K++MnO-4+2Na++SO2-3+2H++SO2-4→Mn2++SO2-4+2K++SO2-4+2Na++SO2-4+ H2O
yoki qisqacha ionli sxemasi
MnO-4+ SO2-3+2H+→Mn2++SO2-4+ H2O (2)
Demak, kislotali muxitda permanganat ioni Mn2+ ionigacha (eritma rangsizlanadi) qaytariladi.
v) oksidlanish va qaytarilish protsessini ion-elektron ko’rinishida yozish uchun tenglama (2) dan ko’rinib turibdiki, MnO-4 ionida to’rtta kislorod atomi H+ bilan bog’lanib, to’rtta molekula suv xosil qiladi, natijada MnO-4 ioni bilan Mn2+ ionigacha qaytariladi,ya’ni
MnO-4+8Н+→ Mn2++4 H2O (3)
Sxemaning chap va o’ng tomonidagi umumiy zaryadni xisoblash shuni ko’rsatdiki, ung tomondagi zaryad +2 ga , chap tomonida umumiy zaryad esa +7 ga teng. Sxemaning chap va o’ng tomonida zaryadlar teng bo’lishi uchun tenglamaning chap tomoniga beshta elektron ko’shish kerak. U xolda qaytarilish protsessining ion-elektron tenglamasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
MnO-4 + 8Н+ +5 ē = Mn2+ + 4H2O
SO2-3 ning SO2-4 ioniga oksidlanishi kislorod atomining soni ortishi bilan kuzatiladi.
SO2-3+H2O→SO2-4 +2H+ (4)
Sxema (4) ning o’ng tomonidagi umumiy zaryad nolga, chap tomonidagisi esa –2 ga teng. Sxemaning o’ng va chap tomonida zaryadlar soni teng bo’lishi uchun sxemaning chap tomonidan ikkita elektronni olish kerak, u xolda oksidlanish protsessining ion-elektronli tenglamasi quyidagicha yoziladi:
SO2-3+H2O - 2е→SO2-4 + 2H+ (5)
g) Endi qaytarilish (3) va oksidlanish (5) protsesslari bir-birini ostiga yozilib, oksidlovchi va qaytaruvchi uchun koeffitsiyentlar aniqlanadi:
│2│ MnO-4+8Н++5е= Mn2++4 H2O
│5│ SO2-3+H2O-2е→SO2-4 +2H+
Oksidlovchi qabul qilgan elektronlar soni qaytaruvchi yuqotgan elektronlar soniga teng bo’lishi kerak. Buning uchun (3) tenglamani 2 ga va (5) tenglamani 5 ga ko’paytirib, reaksiyaning qisqa ionli tenglamasiga ega bo’lamiz.
2MnO-4+5SO2-3+16H++ 5H2O =2Mn2++5SO2-4+ 8H2O+ 10H+ (6)
To’liq ionli tenglama yozish uchun umumiy tenglikni saqlagan xolda xosil bo’lgan qisqa ionli tenglamaning chap va o’ng tomoniga bir xil mikdorda qarama -qarshi ionlar yozamiz:
2MnO-4+5SO2-3+16H++ 5H2O =2Mn2++5SO2-4+ 8H2O+ 10H+
2K+ 10Na+ 8SO2-4 8SO2-4+2K++5SO2-4+10Na++10H+
d) Endi to’liq ionli tenglamadan foydolanib, oksidlanish-qaytarilish reaksiyasining to’liq molekulyar tenglamasini yozamiz.
2KMnO4+3Н2SO4+5Na2SO3=2MnSO4+K2SO4+3H2O+5Na2SO4
To’g’ri yozilgan tenglamaning o’ng va chap tomonida kislorod atomining soni bir xil bo’lishi kerak .

Download 193,49 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 193,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ion-elektron metod bo’yicha sulfit ionining kaliy permanganat ta’sirida sulfat ioniga o’tishini uch muxit sharoitida ko’rib chiqaylik

Download 193,49 Kb.