• 7.4.Dengiz transportida turistlarni tashish.
  • 7-bob. Transport xizmatini tashkil etish




    Download 83.95 Kb.
    bet7/8
    Sana10.05.2023
    Hajmi83.95 Kb.
    #58253
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Qavatlariga soniga qarab, bir, bir yarim va ikki qavatli avtobuslar farqlanadi. Aksariyat turistik firmalar bir yarim qavatli avtobuslar bilan ishlashni ma’qul ko‘radi, chunki yo‘lovchilar saloni poldan haydovchining kabinasiga nisbatan yuqorida joylashganligi tufayli oynadan atrof yaxshi ko‘rinadi. Ikki qavatli avtobuslarning pastki qavatlaridan qisqa ekskursiyalarda transport vositasining sig‘imini oshirish maqsadida yo‘lovchilar saloni sifatida yoki kichkina stol-stullar bilan jihozlangan bufet tarzida foydalanilishi mumkin.
    Turistlarni tashiydigan avtobuslarning qulay va shinamligiga butun dunyoda katta talablar qo‘yiladi. Xalqaro yo‘nalishda qatnaydigan avtobuslarda konditsioner, audio- va videosistemalar, oshxona, garderob, biotua­let bo‘lishi lozim. Aksariyat avtobuslarning salonlari individual yoritish lampochkalari, oyoq qo‘yish uchun maxsus joylar, kreslolar suyanchig‘ida yig‘iladigan stolchalar bilan jihozlanadi. Kreslolar qulay va yumshoq, orqaga tashlanadigan, qiyaligi rostlanadigan bo‘lishi lozim.
    Avtomobil transport xalqaro uyushmasi huzuridagi Klassifikatsion komissiya tomonidan turli toifadagi turistik avtobuslarga qo‘yiladigan muayyan talablar ishlab chiqilgan. Avtobus toifasi uning klassi bilan belgilanadi va 1 tadan 5 tagacha yulduz bilan ifodalanadi. «1 yulduzli» avtobuslar toifasiga shahar bilan tanishtirish ekskursiyalari hamda mahalliy ekskursiyalar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xalqaro klassga mansub avtobuslar kiradi.


    7.4.Dengiz transportida turistlarni tashish.
    Odamlarni suvda tashish transport vositalari yordamida sayohat qilishning eng qadimgi turlaridan biridir. Dastlab odamlar buning uchun yog‘och sollar va qayiqlardan foydalanganlar. Hozirgi zamon turizmida ularni noan’anaviy transport turlariga kiritish mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti ulkan teploxodlar — o‘z bortiga yuzlab yo‘lovchilar olish, ularni qulay shart-sharoitlarda uzoq masofalarga tashish, dengiz va okeanlar bo‘ylab, hatto muzliklar orasida sayohatlar qilishga qodir laynerlar yaratilishiga olib keldi.
    Xizmat ko‘rsatish sohasiga qarab, hozirgi zamon suv trans­porti dengiz va daryo transportiga bo‘linadi.
    1958 yilda tuzilgan Xalqaro dengiz tashkiloti – IMO (International Maritime Organization) dengizda kema qatnovi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanadi. U dengizda yo‘lovchi va yuk tashish sohasida, shu jumladan dengizda suzish xavfsizligi va dengizni ifloslanishdan saqlash bilan bog‘liq xalqaro hujjatlarni ishlab chiqadi. Ushbu tashkilot faoliyati natijasida dengizda xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchi va yuk tashish masalalarini tartibga soluvchi bir qancha konvensiyalar imzolandi: «Dengizda inson hayotini qo‘riqlash to‘g‘risidagi xalqaro Kon­vensiya» (1974); «Dengizda yo‘lovchi va yuk tashishning ba’zi bir qoidalarini yagonalashtirish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1967); «Dengizda yo‘lovchi tashishning ba’zi bir qoidalarini yagonalashtirish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1981); «Dengizda halokatga uchraganlarni qidirish va qutqarish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1979); «Dengizni chiqindilar va boshqa materiallar bilan ifloslanishining oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiya» (1972) va b.
    Agar dengizda yo‘lovchi tashish kruiz xususiyatiga ega bo‘lsa, dengizda yo‘lovchi tashish to‘g‘risidagi shartnomaga mijozga xizmat ko‘rsatish sohasiga, chunonchi: ovqatlanish, ko‘ngilochar tadbirlar, ekskursiya dasturiga tegishli bo‘lgan qo‘shimcha bitimlar tuziladi.
    Savdo maqsadlarida dengizda suzish kodeksining boblaridan biri kemani muayyan muddatga fraxt qilish (taym-charter) to‘g‘risidagi shartnomaga bag‘ishlanadi. Ushbu shartnoma turistik va boshqa maqsadlarda yo‘lovchilarni ommaviy tashish uchun dengiz kemalaridan foydalanuvchi turfirmalar va boshqa tashkilotlarga qiziqarlidir.
    Kemani vaqtinchalik fraxt qilish shartnomasiga ko‘ra kema egasi belgilangan haq (fraxt) evaziga fraxt qiluvchiga kemani va kema ekipaji a’zolarining xizmatlarini yo‘lovchi, yuk tashish uchun yoki boshqa tijorat maqsadlarida muayyan muddatga taqdim etish majburiyatini oladi. Bunday shartnomani rasmiylashtirishda unda quyidagilar ko‘rsatilishi shart: taraflar nomi; fraxt qilish maqsadi; kema nomi, uning texnik va foydalanish ko‘rsatkichlari (yuk ko‘tarish qobiliyati, tezligi va b.); suzish hududi; kemani topshirish va qaytarish vaqti va joyi; fraxt qiymati; taym-charterning amal qilish muddati.
    XX asr oxirida kruiz industriyasi turistik biznesning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Ma’lumki, kruiz deganda suv transporti turlarida sayohat qilish tushuniladi. U orol qirg‘og‘i bo‘ylab ekskursiya qilishni, port shaharlarning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishni, shuningdek dengiz va daryo laynerlari bortida dam olishni o‘z ichiga oladi.
    Jahonda kruiz kompaniyalari juda ko‘p (100 dan ortiq) bo‘lib, ularning bir qismi Kruiz kompaniyalari xalqaro uyushmasiga a’zodir. Kruiz bizne­si sohasidagi eng mashhur tashuvchilar qatoriga «Carnival Cruise Lines», «Celebrate Cruises», «Royal Caribbean International», «Princess Cruises», «Costa Cruises», «Norwegian Cruise Lines» kompaniyalari kiradi



    Download 83.95 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 83.95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-bob. Transport xizmatini tashkil etish

    Download 83.95 Kb.