|
Moyli urug’lardagi chiqindilar va ularning xarakteristikasi, chiqindilarning moyli urug’larni saqlashga va qayta ishlashga salbiy ta’siri
|
bet | 2/2 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 49 Kb. | | #122760 |
Bog'liq 7-Ma\'ruza (2)Moyli urug’lardagi chiqindilar va ularning xarakteristikasi, chiqindilarning moyli urug’larni saqlashga va qayta ishlashga salbiy ta’siri.
Yog’-moy korxonalariga keltirilayotgan moyli urug’lar, jumladan paxta chigiti tarkibida turli aralashmalar, iflosliklar bo’ladi. Moyli urug’lardagi barcha aralashmalar iflos (mineral va organik), moyli va metall aralashmalarga bo’linadi. Joriy etilgan standartlardagi tovarlarning sinflanishi bo’yicha “iflos aralashmalar” deb, yirik urug’lar (chigit, kungaboqar, soya, danakli urug’lar va boshq.) uchun diametri 3 mm dumaloq teshikli elakdan “o’tuvchi” fraksiya qabul qilingan. Mayda urug’lar (zig’ir, kunjut, kanop va boshqalar.) uchun esa – 1 mm elakdan o’tadigan jinslar tushiniladi. Elak ustida qolgan mineral aralashmalarga (tuproqli kesakchalar, qum, mayda tosh, shag’al va boshq.), umuman olganda barcha mineral asosga ega bo’lgan aralashmalar kirsa, organik iflosliklarga o’simlik poyasi qoldiqlari, po’stlog’i, bargi, urug’ qobig’i va shunga o’xshaganlar; shikastlangan urug’lar (mag’zi to’liq buzilgan, qorayib ketgan); barcha boshqa madaniy va yovvoyi o’simliklarning puch, mag’izsiz urug’lari kiradi. Moyli aralashmalarga shu urug’ turkumiga kirgan, ammo to’liq yoki qisman ezilib ketgan, zararkunanda hasharotlar kemirgan, urilgan, pachoqlangan, o’z-o’zidan qizib ketish yoki quritish ta’sirida buzilgan, mog’orlagan, qizish natijasida mag’izining rangi (sariqdan to’q jigarranggacha) o’zgargan; pishmagan, rivojlanmagan, puch; o’saboshlagan, murtak uchlari ko’rinib qolgan; sovuq urgan – yetilmagan, mag’iz bo’laklari sezilarli darajada ko’karib, burishib qolgan urug’lar kiradi.
Tozaligi bo’yicha moyli urug’lar uch toifaga bo’linadi: toza, o’rta tozalikda va ifloslangan. Urug’dagi iflos aralashmalar ziyon keltiruvchi ballast bo’lib, xom ashyo korxonaga tashib keltirilayotganda trasport sarflari ko’payib ketadi, urug’lar saqlanayotgan paytda omborxonaning ma’lum bir foydali hajmi band bo’ladi. Korxona ichida transportirovkalanayotganda iflos urug’lar ko’p miqdorda chang chiqaradi va natijada ishlab chiqarishda og’ir mehnat sharoitlari paydo bo’ladi. Mineral aralashmalar zamburug’li va mog’or mikroorganizmlarining rivojlanishiga manba bo’ladi. Mineral iflosliklar urug’larni o’z-o’zidan qizib ketish hodisasining o’chog’i hisoblanadi. Urug’lar quritilayotganda o’simlik aralashmalari pechlarning yo’lkalarini tiqiltirib, qurilmalarning to’xtab qolishiga, hatto yong’in chiqishiga sabab bo’ladi.
Yog’-moy korxonalariga kirib kelayotgan moyli urug’larning iflosligi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, yo’qolayotgan moy miqdorini ko’paytiradi, mashina va apparatlarning eskirishi va sinishini tezlashtiradi, ularning quvvatini pasaytiradi va mehnat sharoitlarini yomonlashtiradi.
Mineral aralashmalar elaklar, vallar, pichoqlar va qozon qasqonlarining yemirilishini tezlashtiradi. Kunjara va shrotga tushib qolgan mineral iflosliklar bu mahsulotlarning protein miqdorini kamaytiradi, kuldorligini oshiradi, ozuqaviy sifatini pasaytiradi. Mineral aralashmalar moyni shimib olib, kunjara va shrotning moyliligini oshiradi, moy yo’qolishini kuchaytiradi. Mineral aralashmalar moyga tushib olib, moyning ta’mini buzadi, tuproq mazasini beradi va nihoyat, mineral aralashmalar moyda mikroorganizmlarning rivojlanishiga qulay muhit yaratib, moyni taxirlanishga olib keladi. Bulardan tashqari, moy zavodlarining tayyorlov bo’limlarida ko’p miqdorda chang ajralib chiqib, mehnat sharoitlarini og’irlashtiradi.
Organik aralashmalar asosan o’simlik kletchatkalaridan iborat bo’lib, hayvonlar uchun ozuqa mahsulotlari bo’lgan kunjara va shrotning sifatini pasaytradi. Bu aralashmalar ham moyni shimib olib, kunjara va shrot bilan moyning yo’qolishini ko’paytiradi.
Moyli aralashmalar asosan qayta ishlanayotgan moyli urug’larning buzilganlari va boshqa moyli o’simliklarning urug’lari bo’lganligi uchun tayyor mahsulot – moyning sifatini pasaytiradi. Ko’p miqdordagi buzilgan moyli urug’lar yuqori kislotali va dimiqqan hidli bo’lganligi uchun olinayotgan moylarni sifatsiz, iste’molga yaroqsiz holda bo’lishiga olib keladi. Masalan, zig’ir urug’ida ko’p miqdorda indov va shu kabi turdosh moyli urug’larning bo’lishi yuqori sifatli olif olish uchun ishlatiladigan zig’ir moyining qimmatini tushirib yuboradi.
Metall (ferromagn it) aralashmalar o’lchamlari va shakllari bo’yicha turli-tuman bo’ladi. Ular metallning mayda zarrachalaridan boshlab, yirik bo’lakchalarigacha, urug’ o’lchamlaridan birnecha marta katta bo’lishi mumkin. Metall changlari va qirindilari mashinalarning harakatdagi qismlari ishqalanishidan hosil bo’lsa, yirik metall zarrachalari va parchalari hosil yig’im-terim paytida va uni transportirovkalash davrida urug’lar ichiga tushib qoladi. Moyli urug’lar bilan birga metall aralashmalar uskunalarning ichiga tushib qolib, mashinalarning ishchi organlarini buzadi, tez aylanuvchi detallarni yeyilishini tezlashtiradi va ba’zan avariyalar sodir etadi. Metall bo’lakchalari chaqish mashinalari pichoqlarining orasiga, yanchish stanoklarining vallari yuzasiga tushib qolsa, uskunaning buzilib qolish, sinish ehtimolligi oshib ketishi bilan birga, uchqun hosil bo’lishi va ma’lum darajada yong’in havfi paydo bo’lishi mumkin. Metall aralashmalarning kunjara va shrotda bo’lishi, bu ozuqa mahsulotlarini hayvonlar uchun yaroqsiz holga keltiradi.
Bayon etilgan fikrlarga ko’ra, moyli urug’larni qayta ishlab, o’simlik moyi olish texnologiyasini tozalashdan boshlanishi kerakligi aniqlandi. Ammo, momiqdorligi yuqori bo’lgan paxta chigitini tozalash effekti yuqori bo’lmay, zamonaviy tozalash agregatlari bu jarayonni mukammal ado eta olmaydi. Demak, yuqori tozalash effektiga ega bo’lish uchun chigitni linterlash kerak. Linterlangan chigitni tozalash jarayoni sezilarli darajada yengil bajariladi. Toza chigitdan olingan moyning sifati ham yaxshi bo’ladi.
Moyli urug’larni iflosliklardan tozalash urug’larning va ular bilan aralashib yuruvchi aralashmalarning fizik xossalariga asoslangan bo’ladi. Aralashmalar urug’lardan o’lchamlari va shakllari bilan, zichliklari bilan, aerodinamik va magnit xususiyatlari bilan farqlanadi. Shu sababli urug’larni tozalash uchun turli tozalash prinsiplaridan foydalanilgan holda turli texnologik uskunalar ishlatiladi.
Moyli urug’larni aralashmalardan tozalash uchun quyidagi asosiy usullar qo’llaniladi: - urug’larni aralashmalardan ularning tarkibiy komponentlari o’lchamlari va shakllariga qarab ajratish. Iflos urug’larni bunday tozalash turli o’lchamli va shaklli elaklar yordamida elash yo’li bilan bajariladi;
asosiy urug’ massasi va aralashmalarni bir-biridan ularning aerodinamik xususiyatlariga qarab tozalash. Bunday usulda ishlaydigan mashinalarning ishlash prinsipi urug’larni aralashmalardan havo oqimida ajratishdan iborat;
urug’ va aralashmalarni bir-biridan mexanik ta’sir ostida urish va ishqalash usullari bilan tozalash;
urug’larni aralashmalardan suyuqlik bilan ishlov berish yo’li orqali tozalash (yuvish, bu usul keng foydalanilmaydi);
urug’larni metall (ferromagnit) aralashmalardan ularning magnit xususiyatlari farqlariga qarab tozalash.
NAZORAT SAVOLLAR
1.O’simlik moylarini olishning asosiy usullari va texnologik sxemalari.
2.Moyli uruglar tarkibidagi chiqindilar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Moyli urug’lardagi chiqindilar va ularning xarakteristikasi, chiqindilarning moyli urug’larni saqlashga va qayta ishlashga salbiy ta’siri
|