|
7-mavzu Kompyuter grafikasi Reja
|
bet | 6/6 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #138664 |
Bog'liq 7-mavzu Kompyuter grafikasiKompyuter grafikasi – kompyuter boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o‘zgartirish va tahrirlashdir.
Kompyuter animatsiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir.
Kompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo‘lib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o‘rganadi.
Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o‘rganuvchi soha uch o‘lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi. Innovatsion kompyuter . Mushakbozlik dasturiy vositasi yordamida real «portlash» yaratish mumkin. Ushbu maxsus dasturiy vosita yordamida hattoki mushakbozlikni pirotexnik va musiqali javobini eshitish mumkin. Asosiy mushakbozlik xiyobonda o‘tkazilgan mustaqillik kuni uchun ishlab chiqilgan. Unda har bir mushak musiqa kuchi bilan aniqlangan.
134-rasm. Mushakbozlik.
20 minutlik shouni rejalashtirilish uchun 4 oyga yaqin vaqt ketgan. Operator dasturni ishga tushirganda har bir grafik bo‘shliqqa
bog‘lanishda kompyuterni ishchi moduldan ozod etish uchun signal yuboradi. Loyihalashtirishni avtomatlashtirish
Loyihalashtirishni avtomatlashtirish (CAD) dasturiy vositalari amaliy dasturiy vositalarning qiyin turlaridan hisoblanib, ular professional foydalanuvchilar ilmiy loyihalarni, arxitektura ishlanmalarini yaratish uchun yordam beradi. Masalan, muhandislar transport vositalari uchun dizayn va xavfsizlik ta’minotini yaratishadi. Arxitektorlar binolarni loyiha strukturasini va bino rejasini tuzishadi.
Arxitektorlar CAD dasturlaridan binoni strukturasini loyihalashda foydalanadi.
Qishloq xo‘jaligi mutaxassislari esa o‘z sohalari bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimda tizim dizaynini va er, o‘simliklar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha loyihalash usullarini ishlab chiqadilar 135- rasm.
CAD dasturiy vositalari loyiha dizaynini va loyiha ustida ish olib borish jarayonini engillashtiradi.
Uch fazoli CAD dasturlari loyihachiga ob’ektlarni har qanday burchak ostida aylantirib, ko‘rib ishlash imkonini beradi.
Nashriyot tizimidagi dasturiy vositalar (DTP. Desktop publishing software) professional loyihachilar uchun qiyin matnli, grafikali va ko‘p ranglardan tashkil topgan hujjatlarni yaratishga xizmat qiladi 136rasm. Ushbu dasturiy vositalar yordamida darsliklar uchun yuqori sifatli rangli hujjatlar, korporativ axborot byulletenlari, mahsulotlar kataloglari hamda yillik hisobotlar tayyorlashlari mumkin.
Professional loyihachilar tomonidan foydalanilayotgan nashriyot dasturiy vositalari (DTP). Muassasalari va elektron jurnal nashr etuvchilar multimedia dasturiy vositalarning interfaol ilovalaridan foydalanadi. Ushbu tayyor multimedia hujjatlari va ilovalardan Internet orqali, lokal tarmoq va optik disklarga yozib foydalanish mumkin.
140-rasm. Multimedia dasturiy vositalari sizga multiplikatsiya, ovoz, video, grafika va matnlarni dinamik namoyishini yaratishingizga imkon beradi.
Veb-sahifalar yaratish uchun dasturiy ta’minotlar.
Veb-sahifalar uchun dasturiy vositalar foydalanuvchilarga vebsahifalarga grafik tasvirlar, audio va video, multiplikatsiya hamda boshqa maxsus effektlar yaratishda yordam beradi (141-rasm). Ulardan tashqari ko‘pgina veb-sahifalarda foydalanuvchilarga veb-sahifalarni qo‘llab-quvvatlash va tashkillashtirish dasturlari yaratiladi. Amaliy dasturiy ta’minot, ya’ni Word va Excel dasturlari ko‘pincha vebsahifalarni yaratish hamda uning xususiyatlarini oshirishda qo‘llaniladi.
Ushbu multimedia dasturiy vositalari tarmoqda veb-sahifalarni rivojdanishiga xizmat qilmoqda.
Multimedia dasturiy vositasi yordamida qiyin Veb-sahifa yaratish.
Shaxsiy va ta’limda foydalanish uchun dasturiy ta’minot.
Ko‘p miqdorda uy, shaxsiy va ta’lim tizimi uchun maxsus dasturiy ta’minotlar ishlab chiqarilgan. 2-jadvalda mashhur ommabop dasturiy ta’minotlar kategoriyalari bo‘yicha ro‘yxati keltirib o‘tilgan.
SHaxsiy, uy va ta’lim tizimi uchun mashhur dasturiy ta’minotlar
|
Amaliy dasturiy ta’minot
|
Dasturni ishlab iqaruvchi firma
|
Dastur nomi
|
Personal Finance (shaxsiy matematik)
|
IGG Software
Intuit
|
iBank
Quicken
|
Legal (qonuniy)
|
Broderbund
Cosmi
Nolo
|
Home and Business Lawyer;
WillWriter
Perfect Attorney
Quicken Legal Business;
Quicken WillMaker
|
NAZORAT SAVOLLARI
Kompyuter grafikasi nima va uning necha turi bor?
Nuqtali va vektorli tasvirlarning asosiy farqi nimadan iborat?
Tasvir o’lchami va ranglari deganda nima tushiniladi?
Kompyuter grafikasida ranglarni boshqarishning qanday modellari bor?
Rastrli tasvir fayllari qanday formatlarga ega?
Photoshop dasturi bosh oynasi nimalardan tashkil topgan?
|
| |