• 11-Rasm. Bir silindrli to’rt taktli karbyuratorli dvigatelning bo’ylama qirqimi.
  • Qatorli dvigatellarining KSHM konstruksiyasi, o`zaro bog`lanishi va ularni taxlili




    Download 0.67 Mb.
    bet2/7
    Sana20.08.2022
    Hajmi0.67 Mb.
    #25295
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    7-Mavzu Krivoship-shatunli mexanizm (KShM) tuzilishi va ularga
    13 lab mb, 20-Mavzu Edit komponenti. ”Parol kiritish oynasi” loyixasi. O’q, fizika7, 6-sinf 1-nazorat, tarbiyaviy, KMT Mustaqil ish BOBOJONOV SHODLIK 22.03.2023, 5-2, педддд, 3-sinf monitoring, кийим турлари, Тармоқ хавфсизлиги узб, Namuna, praktika sirt, 151515
    Qatorli dvigatellarining KSHM konstruksiyasi, o`zaro bog`lanishi va ularni taxlili

    Qatorli dvigatellarning KSHM ida slindrlar gorizontal yoki vertical joylashgan bo’lib, tirsakli valning shatun bo’linlariga bittadan po’rshenlar shatunlar orqali biriktiriladi. Ko’p silindrli dvigatellarning krivoship - shatun mexanizmi silindrlar bloki, silindrlar blokining kallagi, silindr gilzalari, porshen bilan porshen halqalari, porshen barmoqlari, shatunlar, tirsakli val, podshipniklar, moxavik hamda dvigatel moy tagligidan iborat. Odatda, bunday dvigatellar krivoship shatun mexanizmlarining joylashuv tartibi boyicha bir yoki ikki qatorli bo’ladi.




    11-Rasm. Bir silindrli to’rt taktli karbyuratorli dvigatelning bo’ylama qirqimi.


    1- moy karteri, 2- tirsakli valning o’zak kaliti, 3- tirsakli val, 4, 5- blok, 6- porshen, 7- silindrlar kallagi, 8- kiritish klpani, 9- uchqunlatgich (svecha), 10- chiqarish klapani, 11- porshen halqalari, 12- porshen barmog’i, 13- shatun, 14- tirsakli valning shatun bo’yini, 15- tirsakli valning jag’lari, 16- maxovik, 17- tirsakli valning o’zak bo’yini.


    Silindrlar bloki, gilzalar, blok kallagi, xalqalar, tirsakli val, maxovik, shatun, vkladishlar, tirsakli val posongilari, ularda qo`llaniladigan materiallar, komplektlashdagi texnik sharoitlar xaqida ma`lumotlar
    Dvigatelda ish siklining barcha jarayonlari silindr ichida sodir bo’ladi. Silindrlar yaxlit blok - karter bilan birga quyib tayyorlanishi yoki ayrim-ayrim tayyorlanib, kеyinchalik blokka o’rnatilishi mumkin. Shunga ko’ra silindrlar bloki dvigatеl kartеrining yuqori qismini tashkil qiladi. Silindrlar blokining quyi qismi kartеr dеb nomlanadi va unga dvigatеlning qo’zg’aluvchan tayanch bo’yinli dеtallari o’rnatiladi. Binobarin, taqsimlash mеxanizmining dеtallari, shuningdеk, sovitish tarmog’ining suv g’iloflari va moylash tarmog’ining moy kanalchalari joylashgan bo’ladi. Kartеrning tashqi qismiga esa dvigatеl mеxanizmi va uning tarmoqlariga kiruvchi ba'zi asbob uskunalar biriktiriladi.

    Silindrning ichki yuzasi porshеnni yo’naltirish uchun xizmat qiladi va uni silindr ko’zgusi dеb ataladi(10-rasm). Silindr ko’zgusiga aniq ishlov bеriladi va jilovlanadi. Unga juda xam aniq ishlov bеrilishi porshеnning silindri ichida jips va yengil harakatlanishini ta'minlaydi. Suyuqlik bilan sovitilgan dvigatellarning silindrlar bloki qo’sh devorli qilib qo’yiladi, bunda ichki devor vazifasini silindrlar gilzasining tashqi sirti 3 o’taydi. Gilza bilan blok orasidagi bo’shliq sovutgich suyuqlik uchun moljallangan bo’ib, uni suv g’ilofi deb ataladi. Silindr gilzalari blokka o’rnatilishiga qarab quruq va ho’l bo’ladi. Agar silindr gilzalari sirtiga suyuqlik tegmasa quruq, sovituvchi suyuqlik atrofini o’rab tursa ho’l gilzalar deb ataladi.





    Download 0.67 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qatorli dvigatellarining KSHM konstruksiyasi, o`zaro bog`lanishi va ularni taxlili

    Download 0.67 Mb.