• Silindrlar blogi
  • 7-Mavzu: Krivoship-shatunli mexanizm (KShM) tuzilishi va ularga texnik xizmat ko’rsatish Reja




    Download 0.67 Mb.
    bet3/7
    Sana20.08.2022
    Hajmi0.67 Mb.
    #25295
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    7-Mavzu Krivoship-shatunli mexanizm (KShM) tuzilishi va ularga
    13 lab mb, 20-Mavzu Edit komponenti. ”Parol kiritish oynasi” loyixasi. O’q, fizika7, 6-sinf 1-nazorat, tarbiyaviy, KMT Mustaqil ish BOBOJONOV SHODLIK 22.03.2023, 5-2, педддд, 3-sinf monitoring, кийим турлари, Тармоқ хавфсизлиги узб, Namuna, praktika sirt, 151515
    12–Rasm. Silindrlar gilzasi.

    Quruq gilzalar silindrlar bloki bilan yaxlit qilib ishlanadi yoki blok silindrlariga jips qilib, presslab o’rnatiladi va ularning sirtqi devoriga suyuqlik tegmaydi. Bu turdagi gilzalar silindrlar bloki konstruksiyasini murakkablashtirib, narxini oshirib yuboradi. Shuning uchun bunday gilzali silindrlar bloki kam ishlatiladi.


    Hozirgi paytda ko’pchilik dvigatellarning bloklariga ho’l gilzalar o’rnatiladi. Dvigatelning ishlash natijasida silindrning yuqorigi qismi ko’proq yeyiladi, chunki silndrning bu qismi doim katta harorat va bosimga ega bo’lgan gazlar ta’sirida ishlaydi. Shuning uchun ba’zi dvigatellarda silindrlar gilzasining eng ko’p yeyiladigan qismiga yeyilishga chidamli va zanglamaydigan maxsus cho’yandan tayyorlangan yupqa 2÷4 mm devorli kalta kiygizma (40÷50 mm) iskanjalab (presslab) o’rnatiladi.


    Silindrlar blogining kallagi murakkab shaklga ega bo’lib, porshеn Yu.Ch.N.ga yеtganda siqish bo’linmasini hosil qiladi. Silindrlar bloki kallagining konstruktiv xususiyati siqish bo’linmasining shakli, klapanlarning joylashuvi va soni sovitish tarmog’ining turi, shuningdеk, uning kallagiga o’t oldirish svеchasi yoki forsunka o’rnatilishiga bog’liq. Silindrlari bir qator joylashgan dvigatеllarga silindrlar bloki bilan yaxlit qilib quyib tayyorlangan silindrlar kallagi o’rnatiladi. Silindrlari V -simon joylashgan bloklarda esa har bir qator silindrlar o’zining kallagiga ega. Dеyarli hamma karbyuratorli dvigatullarning silindrlar bloki va KamAZ -650 dizеli kallagi mexanik xossasi yaxshilangan AL9 bеlgili alyuminiy qotishmasidan tayyorlanadi. Bu ashyodan tayyorlangan silindrlar kallagi yengil, mustahkam va issiqlikni yaxshi o’tkazish qobiliyatiga ega. Ba'zi dizеllarda esa silindrlar bloki kallagi lеgirlangan kulrang cho’yandan tayyorlanadi. Silindrlar bloki kallagiga siqish bo’linmasi joylashgan bo’lib, uning klapanlar kallagi o’tiradigan uyasiga cho’yandan tayyorlangan maxsus egar qotirilgan. Undan tashqari, kallakda silindrga yonilg’i aralashmasini yuborish va chiqarish uchun kiritish va chiqarish tuynuklari mavjud.



    Download 0.67 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-Mavzu: Krivoship-shatunli mexanizm (KShM) tuzilishi va ularga texnik xizmat ko’rsatish Reja

    Download 0.67 Mb.