7-Mavzu: Krivoship-shatunli mexanizm (KShM) tuzilishi va ularga texnik xizmat ko’rsatish Reja




Download 0.67 Mb.
bet5/7
Sana20.08.2022
Hajmi0.67 Mb.
#25295
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-Mavzu Krivoship-shatunli mexanizm (KShM) tuzilishi va ularga
13 lab mb, 20-Mavzu Edit komponenti. ”Parol kiritish oynasi” loyixasi. O’q, fizika7, 6-sinf 1-nazorat, tarbiyaviy, KMT Mustaqil ish BOBOJONOV SHODLIK 22.03.2023, 5-2, педддд, 3-sinf monitoring, кийим турлари, Тармоқ хавфсизлиги узб, Namuna, praktika sirt, 151515
15-Rasm. Porshen halqalari.
a) moy sidirish halqalari; b) halqa qulflari; c) halqalar.
1-moy sidirish halqasi, 2-halqaning ariqchasi, 3-oraliq tirqish, 4-halqa yuzasi,


5-yupqa halqa, 6-kengaytirgich, 7-radial kengaytirgich, 8-porshen.

Porshen halqalari maxsus cho’yandan, keyingi yillarda esa po’latdan ham tayyorlanmoqda. Porshen halqalari vazifalariga ko’ra kompression, moy sidirgichli va aralash bo’ladi. Kompression halqalari, silindr va porshen oraliqlarini jipslashtiradi hamda silindrda hosil bo’lgan gazlarni karterga, moyni esa yonish kamerasiga o’tishdan saqlaydi. Bundan tashqari, porshen kallagidan issiqlikni silindr devorlari orqali sovituvchi muhitga tarqatadi. Ayniqsa, yuqorida joylashgan kompression halqa juda ham og’ir ish sharoitida ishlaydi, chunki uning ishlash jarayoni o’ta qizigan gazlar qatlamiga tog’ri keladi, natijada, tashqi sirtdagi qizigan moy pardasi porshen Yu. Ch. N. ga yetganda kuyib ketadi. Yuqorida joylashgan kompression halqalarning yeyilishga chidamliligi va ishlash muddatini oshirish maqsadida ularning tashqarisiga g’ovak xrom qoplanadi, xrom qatlami ularning ishlovchi yuzalarining qattiqligini oshiradi, natijada halqalarning yeyilishi kamayadi, xrom qatlamidagi g’ovakchalar silindr yuzasidan moyni o’ziga singdirib, yubka pardasini hosil qiladi, bu esa silindr yuzasining yeyilishini kamaytiradi.


Porshen barmog’i bilan shatun sharnir ravishda tutashtiriladi. Ish taktida porshen barmog’i gazlarning bosim kuchini shatunga, yordamchi taktlarda esa (kiritish, siqish va chiqarish) shatunning tirsakli valdan olgan harakatini porshenga uzatadi. Porshen barmog’i porshen bilan birga tezlanish va yo’nalishini o’zgartirib harakatlanadi. Shuning uchun u og’ir bo’lmasligi kerak, aks holda mexanizmga salbiy ta’sir etuvchi inersiya kuchlarining miqdori ortib ketadi. Bundan tashqari, porshen barmog’i shatun kallagida va porshen bo’rtiqli tuynugida ishqalanish natijasida qiziydi. Shu sababli u puxta, mustahkam, yeyilishga chidamli hamda kichik vaznli bo’lishi lozim (14-rasm).





Download 0.67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0.67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7-Mavzu: Krivoship-shatunli mexanizm (KShM) tuzilishi va ularga texnik xizmat ko’rsatish Reja

Download 0.67 Mb.