• Boglangan obyektlar
  • 7-Mavzu. Ma’lumotlarni obyektli bog`lash texnologiyasi




    Download 40,23 Kb.
    bet2/14
    Sana27.05.2024
    Hajmi40,23 Kb.
    #254880
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Data base security - lecture 7

    ODBC drayverlari
    ODBC protokoli asosida ma’lumotlardan bevosita foydalanish uchun ODBC drayverlari deb ataluvchi ma’lumotlar bo‘lgan qurilmalarda initsializatsiyalanuvchi maxsus dasturiy komponentlar yoki boshqaruvida tashqi ma’lumotlar bazasi yaratilgan va ekspluatatsiya qilinayotgan MBBTning
    initsializatsiyalanuvchi yadrolari ishlatiladi. Obyektli bog‘lash asosida tashqi ma’lumotlar bazalaridan foydalanish prinsipi va xususiyati sxema ko‘rinishida keltirilgan.
    Zamonaviy shaxsiy MBBT awalo. “o‘zining” formatidagi tashqi ma’lumotlar bazasidagi obyektlardan (jadvallardan, so‘rovlardan, shakllardan) to‘g‘ridan-to‘g ‘ri foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, ishlashning joriy seansida tashkil etilgan ma’lumotlar bazasiga foydalanuvchi maxsus havola -
    obyektlarini kiritishi va boshqa (tashqi, ya’ni ushbu seansda maxsus tashkil etilmagan) ma’lumotlar bazasi bilan ishiash imkoniyatiga ega. Joriy ma’lumotlar bazasiga kiritilgan tashqi ma’lumotlar bazasi obyektlari bog'langan deb ataladi va odatda, ichki obyektlardan farqlash maqsadida maxsus belgiga ega. Ta’kidlash lozimki, maiumotlaming o‘zi joriy ma’lumotlar bazasi fayliga (fayllariga)
    sig'maydi va “o‘zining” ma’lumotlar bazasi fayllarida qoladi. Joriy ma’lumotlar bazasining tizimli katalogiga foydalanish uchun bog‘langan obyektlar xususidagi barcha zaruriy ma’lumotlar joylashtiriladi.
    Bu ma’lumotlar - bog‘langan obyektlaming ichki nomi va tashqi nomi, ya’ni tashqi ma’lumotlar bazasidagi obyektning haqiqiy nomi, tashqi baza fayliga to‘liq yo`l va hokazo.
    Bog'langan obyektlar
    Foydalanuvchi uchun bog'langan obyektlar ichki obyektlardan hech nimasi bilan ham farqlanmaydi. Foydalanuvchi tashqi bog'langan bazalarda ma’lumotlar jadvalini tashkil etishni, qidiruvni, ma’lumotlami o‘zgartirishni, yo‘q qilishni va qo‘shishni, btmday jadvallar bo‘yicha so‘rovlami tuzishni va h. bajarishi mumkin.
    Bog‘langan obyektlami ichki ma`lumotlar bazasiga integratsiyalash, ya’ni ichki va tashqi jadvallar orasida bog'lanishni o‘matish mumkin.
    Texnik nuqtayi nazaridan, tashqi ma’lumotlar bazasining bog'langan obyektlari bilan ishlash joriy maiumotlar bazasining ma’lumotlar bilan ishlashidan unchalik farq qilmaydi.
    Joriy ma’lumotlar bazasining tizimli katalogi bo‘yicha bogiangan obyekt ma`lumotlariga murojaat qilinganda MBBT yadrosi tashqi ma’lumotlar bazasining mos faylining (fayllarining) makoni va boshqa parametrlari xususidagi ma’lumotlami topadi va foydalanuvchiga bildirmasdan ushbu faylni (fayllami) ochadi. So‘ngra ma’lumotlardan bevosita foydalanish va ulami manipulyatsialash maqsadida oddiy tartib bo‘yicha asosiy xotirada maiumotlaming tashqi fayli sahifalarini buferlashni tashkil etadi.



    Download 40,23 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 40,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-Mavzu. Ma’lumotlarni obyektli bog`lash texnologiyasi

    Download 40,23 Kb.