|
7-Mavzu. Ma’lumotlarni obyektli bog`lash texnologiyasi
|
bet | 7/14 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 40,23 Kb. | | #254880 |
Bog'liq Data base security - lecture 7Ichki va tashqi xatolar
Xatolarni va ularning mumkin bo‘lgan erta ko‘rinishlarini batafsil tahlili shuni ko‘rsatadiki, quyidagilar tekshirilishi maqsadga muvofiqdir:
• kiritish-chiqarish operatsiyalari bajarilishining to‘g‘riligi;
• oraliq natijalarning (boshqaruvchi o‘zgaruvchanlar ifodalarining, ma’lumotlar indekslari; tiplari ifodalarining, raqamli argumentlar ifodalarining va hokazolarning) imkonliligi.
Boshlang‘ich ma’lumotlarni noto‘g‘ri belgilashning sabablari ham ichki xatolar — kiritish-chiqarish yoki dasturiy ta’minlash qurilmalarining xatolari, ham tashqi xatolar — foydalanuvchining xatolari bo‘lishi mumkin. Bunda quyidagilarni farqlash qabul qilingan:
• berish xatolari — apparat vositalar, masalan nosozlik oqibatida ma’lumotlarni buzadi;
• qayta tuzish xatolari — dastur boshlang‘ich ma’lumotlarni kirish formatidan ichki formatga noto‘g‘ri qayta tuzadi;
• qayta yozuv xatolari — foydalanuvchi ma’lumotlarni kiritishda yanglishadi, masalan ortiqcha yoki boshqa timsolni kiritadi;
• ma’lumotlar xatolari — foydalanuvchi notocg‘ri ma’lumotlarni kiritadi.
Uzatish xatolari odatda apparatli nazorat qilinadi
Qayta tizimdagi xatolardan himoyalanish uchun kiritishdan so‘ng ma’lumotlar odatda darhol foydalanuvchiga namoyish qilinadi (≪aks-sado≫). Bunda dastlab ichki formatga qayta tuzish, so‘ngra teskarisi bajariladi. Biroq mazkur bosqichda qayta tuzishning barcha xatolarini bartaraf etish odatda o‘ta murakkab, shu boisdan
dasturning tegishli fragmentlarini ekvivalent parchalash va chegara ifodalari usullaridan foydalanilgan holda batafsil testlashtiriladi.
Noto‘g‘ri ma’lumotlarni odatda faqat foydalanuvchi aniqlashi mumkin.
Oraliq natijalarning imkonliligi tekshiruvi
Oraliq natijalarning tekshiruvlari nafaqat ma’lumotlarni noto‘g‘ri belgilash xatolarining, balki kodlashtirish va loyihalashdagi ayrim xatolarning kechikkan namoyoni ehtimolini kamaytirishga ham imkon beradi. Bunday tekshiruv mumkin bo‘lishi uchun dasturda har qanday kelib chiqishga ega, masalan modellashtirilayotgan jarayonlar mohiyati bilan
bog‘liq cheklovlar mavjud o‘zgaruvchanlardan foydalanilishi zarur.
Biroq shuni nazarda tutish lozimki, dasturda har qanday qo‘shimcha operatsiyalar qo‘shimcha resurslardan (vaqt, xotira va hokazo resurslardan) foydalinishni talab qiladi hamda ularda ham xatolar bo‘lishi mumkin. Shu boisdan barcha oraliq natijalarni emas, faqat tekshiruv maqsadga muvofiqlarini, ya’ni xatoni aniqlashga
imkon berish ehtimoli bor va murakkab bo'lmaganlarini tekshirish ma’no kasb etadi. Masalan:
• agar massiv elementining indeksi qandaydir tarzda hisoblanilsa, bu indeks imkonli ekanligini tekshirish lozim;
• takrorlanishlari miqdori o‘zgaruvchan ifodasi bilan belgilanuvchi sikl barpo etilayotgan bo‘lsa, ushbu o'zgaruvchan ifodasi salbiy emasligiga ishonch hosil qilish maqsadga muvofiqdir;
• agar qandaydir hodisaning ehtimolligi belgilanayotgan bo‘lsa, olingan ifoda 1 dan ko‘p emasligini, barcha ehtimolli mustaqil hodisalarning ehtimolligi umumlashmasi 1 ga tengligini va hokazolarni tekshirish maqsadga muvofiq.
|
| |