|
Topshiriq (4 tipli) – o’qituvchi javobni elektron ko’rinishda olish uchun ishlatish mumkin (ixtiyoiy formatda).’
Ma’ruza
|
bet | 2/4 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,18 Mb. | | #254516 |
Bog'liq 8-mavzuTopshiriq (4 tipli) – o’qituvchi javobni elektron ko’rinishda olish uchun ishlatish mumkin (ixtiyoiy formatda).’
Ma’ruza – har bir sahifasi talaba javob berishi lozim bo’lgan savol bilan tugaydigan sahifalar to’plami. Javobning to’g’riligiga bog’liq holda, talaba keyingi sahifaga o’tadi yoki oldingi sahifaga qaytadi. Bu ta’lim yo’nalishini aniqlashni va o’qitiladigan fan tushunarsiz bo’lib qolmasligini ta’minlaydi.
So’rovlar – talabalarning ovoz berishi.
Sharh – kurs sahifasidagi ixtiyoriy matn va grafika.
Ish daftari – berilgan mavzu bo’yicha talaba fikrini bildiradigan joy.
Resurs – avtomatik tasvirlanadigan turli fayllarni yuklash va tasvirlash vositasi. Masalan, ma’ruza audioyozuvini yuklashda u mediaproigrivatel sifatida tasvirlanadi.
Seminar – qatnashchilar bir-birining ishini baholaydigan topshiriq.
Testlar – turli variantli testlar to’plami. Savollar bir nechta variantli javoblardan, to’g’ri/noto’g’ri tanlovdan, qisqa matnli javobdan va boshqalardan iborat bo’lishi mumkin.
Forum – forumning 3 ko’rinishi mavjud (savol-javob, hammaning o’z mavzusi, standart muzokara).
Chat – real vaqtdagi muzokara.
Moodle MO’T dunyoning 200 davlatida 70 tildagi 2 mln. ga yaqin ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilar, 46 ming ta’lim portallariga ega va 300 dan ziyod dasturchilarni birlashtiradi.
Moodle (http://www.gnu.org/copyleft/gpl.html) GPL lisenziyasi ostida (http://www.opensource.org/docs/definition_plain.html) ochiq joriy kodi bilan dasturiy ta’minot kabi tarqalmoqda.
Ochiq dasturiy kodli Moodle ga o’zgartirishlar kiritish, yaxshilash, modifikasiyalash uchun http://www.moodle.org manzil bo’yicha kirish mumkin.
Moodle ni ishlatish strategiyasi, filosofiyasi bo’yicha qo’shimcha axborotlarni http://thinkingdistance.org/ manzil bo’yicha olish mumkin.
“Moodle” so’zi – bu “Modular Object - Oriented Dynamic Learning Environment” so’zining abbreviaturasidir.
Rus tilida “Mudl” va “Moodus” (Modulnaya ob’ektno-orientirovannaya dinamicheskaya upravlyayuщaya sreda) nomlari ham qo’llaniladi [13,14].
Moodle Unix, Linux, FreeBSD, Windows, Mac OS X, Netware operasion tizimlarida va PHP ishlatilishi mumkin bo’lgan ixtiyoriy boshqa tizimlarda ham modifikasiyalarsiz qo’lanilishi mumkin. Ma’lumotlar MySQL va PostgreSQL ma’lumotlar bazasida saqlanadi, ammo ma’lumotlar bazasini boshqarishning tijorat tizimlari ham ishlatilishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Topshiriq (4 tipli) – o’qituvchi javobni elektron ko’rinishda olish uchun ishlatish mumkin (ixtiyoiy formatda).’
Ma’ruza
|