Dasturlash tillari, ularning turlari va asoslari




Download 395.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana16.09.2022
Hajmi395.07 Kb.
#25985
1   2
Bog'liq
7-mavzu
ehm-va-mb-rasmiy-royxatdan-otkazish-uchun-ariza, matematika ix sinf, algebra 7, 111, 10-АМАЛИЙ, Документ Microsoft Word, 2 5409082645806056083, 23-Labaratoriya ishi Dasturiy taminot uchun texnik topshiriq ishl, ILMIY TATQIQOT METOLLOGIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA\'LIM3, Doc2, 1 маъруза тақдимоти, Bilimlar ombori va Ekspert tizimlari, Микропроцессор. Унинг структураси, mashq
Dasturlash tillari, ularning turlari va asoslari 


Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar 
berish, qachon, qayerda nimani o'zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish 
haqida buyruqlar berishdir. Ushbu maqolada, qanday dasturlash tillari borligi, eng 
keng tarqalgan dasturlash tillari va ularning farqi. Hamda, Dasturlashni o'rganish 
yo'llari haqida suhbatlashamiz Kompyuter dunyosida ko'plab dasturlash tillari 
mavjud bo'lib, dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bir xil turdagi 
ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci va boshqa tillarda yozish mumkin. 
Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi, Ci va Assembler tillari 
mashi tiliga ancha yaqin tillar bo'lib, quyi yoki o'rta darajali tillardir. Algoritmik til 
inson tillariga qanchalik yaqin bo'lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili 
esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu sonlardan iboratdir, Masalan: 
010110100010101 Dasturlash tillari 2 ta katta guruhlarga bo'linadi, Quyi va Yuqori 
darajali dasturlash tili. Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab bo'lib ular juda 
maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi 
dasturlash tillari (masalan: assembler) ko'pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda 
kerak bo'lishi mumkin. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali 
dasturlash tilidan keng foydalaniladi. EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) endi 
yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya'ni sonlar 
yordamida EHM bajarishi kerak bo'lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda 
mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari 
bo'lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan. Yuqori 
darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan 
(yo'naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan 
tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar 
bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish 
kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi. Odatda 
dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida 
amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli 
dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Ko'p ishlatiladigan dasturlash tillari. Biz 
hozir biladigan va ishlatadigan tillarning barchasi shu guruhga mansub. Ular insonga 
"tushunarli" tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchilar programma kodini 
qiynalmasdan tushunishlari mumkin. Bu guruhga Fortran, Algol, C, Pascal, Cobol 


va h.k. tillar kiradi(ko`pchiligi hozirda deyarli qo`llanilmaydi). Eng birinchi paydo 
bo`lgan tillardan to hozirgi zamonaviy tillargacha ishlatish mumkin. Lekin, hozirgi 
web texnologiya orqali ishlaydigan tillarda(PHP, ASP.NET, JSP) bunday dasturlar 
tuzilmaydi. Chunki bunday dasturlarning ishlashi uchun yana bir amaliy dastur 
ishlab turishi kerak. Hozirda, amaliy dasturlar, asosan, Visual C++, C#, Borland 
Delphi, Borland C++, Java, Phyhon kabi tillarda tuziladi. O`zbekistonda ko`pchilik 
Delphi dan foydalanadi. Buning asosiy sababi: soddaligi, komponentlarning 
ko`pligi, interfeysining tushunarliligi va h.k. Delphida birinchi ishlagan odam ham 
qanaqadir dastur tuzishi oson kechadi. Lekin, Windows da dasturning asosiy ishlash 
mohiyatini ancha keyin biladi(komponentlarning ko`pligi va API funksiyalari 
dasturda ko`rsatilmasligi uchun). Yana bir tarafi, Delphi(Pascal) operativ xotirani 
tejashga kelganda ancha oqsaydi. Unda o`zgaruvchilarni oldindan e'lon qilib qo`yish 
evaziga ishlatilmaydigan o`zgaruvchilar va massivlar ham joy olib turadi. Eng keng 
tarqalgan dasturlash tili(Windows OS ida) Microsoft Visual C++ tilidir. Ko`pchilik 
dasturlar hozirda shu tilda tuziladi. Umuman olganda, C ga o`xshash(C-подобный) 
tillar hozirda dasturlashda yetakchi. Deyarli hamma zamonaviy tillarning asosida C 
yotadi. Bundan tashqari, Turli komputer o'yinlari tuzishda yoki kichik hajmdagi 
dasturlar tayyorlashda LUA script yoki JavaScript tillari ham keng ishlatilmoqda. 
Biz sizga xozirgi kunda keng tarqalgan desktop dasturlashda ishlatiladigan 
dasturlash tillaridan bazilari haqida aytib o'tamiz: Delphi (talaff. délfi) — dasturlash 
tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi dasturlash tili 
ishlatiladi va avvaldan Borland Delphi paketi tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir 
qatorda 2003-yildan hozirgacha qoʻllanilayotgan shu nomga ega bulgan. Object 
Pascal — Pascal tilidan bir qancha kengaytirishlar va toʻldirishlar orqali kelib 
chiqqan boʻlib, u ob'yektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili hisoblanadi. Avvaldan 
ushbu dasturlash muhiti faqatgina Microsoft Windows amaliyot tizimi uchun 
dasturlar yaratishga mo'ljallangan, keyinchalik esa GNU/Linux hamda Kylix 
tizimlari uchun moslashtirildi, lekin 2002-yilgi Kylix 3 sonidan so'ng ishlab 
chiqarish to'xtatildi, ko'p o'tmay esa Microsoft.NET tizimini qo'llab quvvatlashi 
to'g'risida e'lon qilindi. Lazarus proekti amaliyotidagi (Free Pascal) dasturlash tili 
Delphi dasturlash muhitida GNU/Linux, Mac OS X va Windows CE platformalari 
uchun dasturlar yaratishga imkoniyat beradi. Visual Basic (talaffuzi: "Vijual 
Beysik") – Microsoft korporatsiydan dasturlash tili va uning uchun dasturlash 
muhitdir. U BASICdan ko`p tushunchalar oldi va tez rasmli interfeys bilan dasturlar 
taraqqiyot ta`minlaydi. Oxirgi versiya 6.0 1998 yilda reliz kelishdi. Microsoftdan 
voris Visual Basic .NET 2002 yilda paydo bo`ldi. Java dasturlash tili - eng yaxshi 
dasturlash tillaridan biri bo'lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) 
yaratish mumkin.Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo bo'ldi. Oak 
dasturlash 
tili 
90-yillarning 
boshida 
Sun 
Microsystems 
tomonidan 
platformaga(Operatsion tizimga) bog'liq bo'lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli 
qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun 
Sun hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba'zi sabablarga ko'ra bu 
fikridan voz kechishdi.Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini 
Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga hizmat qilishi uchun ma'lum 
o'zgarishlar qilishdi. Java Obyektga Yo'naltirilgan Dasturlash(OOP-object oriented 


programming) tili va u C++ ga ancha o'xshash.Eng ko'p yo'l qo'yildigan xatolarga 
sabab bo'luvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi. 
Java kod yozilgan fayllar(*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt 
kod(bytecode) ga o'tadi va bu bayt kod interpretator tomonidan o'qib yurgizdiriladi. 
C++ (talaffuzi: si plyus plyus) — turli maqsadlar uchun moʻljallangan dasturlash 
tili. 1979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C dasturlash tilining 
imkoniyatlarini kengaytirish va OOP(object Oriented Programming) xususiyatini 
kiritish maqsadida ishlab chiqarilgan. Boshida „C with Classes" deb atalgan, 1983-
yili hozirgi nom bilan yaʼni C++ deb oʻzgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni 
kompilyatsiya qila oladi, ammo C kompilyatori bu xususiyatga ega emas. C++ tili 
operatsiyon tizimlarga aloqador qisimlarni, klient-server dasturlarni, EHM 
oʻyinlarini, kundalik ehtiyojda qoʻllaniladigan dasturlarni va shu kabi turli 
maqsadlarda ishlatiladigan dasturlarni ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Quyidagi 
jadvalda programmalash tillari haqida ma'lumotlar keltirilgan. 


Internet. Web Server. Web dasturlash vositalari (tillari) Ma`lumki, yuqori darajadagi 
dasturlash tillarida yozilgan dasturlarni kompyuterga tushuntirish uchun 
kompilyator degan qo'shimcha dastur kerak bo'ladi. Web dasturlashda ham huddi 
shunday jarayon sodir bo'ladi. Siz internetdagi saytlarni ko'rishlik uchun 
ishlatadiganingiz Brauzerlar - web dasturlash tillarining bazilarini kompilyatori 
hisoblanadi. Web dasturlashda yana shunday tillar ham borki ularni brouzer 
kompyuterga tarjima qilib tushuntirib bera olmaydi, lekin bunday tillar web saytni 
asosini tashkil etadi. Ana shunday tillarni brouzer tushunadigan qilib berish uchun 
ham Web server ga o'xshagan dasturlar (kompilyator yoki interpretatorlar) to'plami 


kerak bo'ladi. Bunday dasturlar esa sayt joylashgan serverlarda turadi, qachonki 
unga so'rov yuborganingizda (istalgan biror ssilkani bosganingizda, birinchi marta 
saytni ochganingizda va hokazo...) shu sayt joylashgan serverdagi Web server 
dasturlari sizning brauzeringizga saytni brauzer tushunmaydigan tillarda yozilgan 
joylarini tarjima qilib jo'natadi. Shunday qilib klient - yani siz tomondagi web saytni 
kodlarini kompyuteringizga tushuntirib beradigan tarjimon bu - Brauzer, server 
tomonidagi web saytni sizning brauzeringiz tushunmaydigan joylarini unga tarjima 
qilib jo'natadigan tarjimon bu Web Server hisoblanadi. Quyida web serverni 
Bu yerda Klient yani siz tomonda sizning Brauzer va u tushunadigan web dasturlash 
tillari (HTML,CSS,Java Script) turgan bo'lsa, server tomonda Apache -> Web 
server, PHP -> PHP tili uchun interpretator va ma`lumotlar ombori bilan ishlash 
uchun vosita (bu MYSQL, Oracle va boshqalar bo'lishi mumkin) turibdi. Bundan 
tashqari server tomonida yana boshqa tillar ham bo'lishi mumkin. Hullas, siz 
qachonki brauzerdan kerakli sayt nomini kiritganingizda bu so'rovingiz DNS 
serverdan saytga mos IP bo'yicha kerakli serverga boradi, so'rovingiz Brauzerda 
kiritilgani uchun ham ko'pincha standart HTTP protokoli bo'yicha yuborilgani uchun 
uni Web server kutib oladi va so'rovingizga mos papkadan index faylni qidirib 
topadi. Undagi bog'lanishlardan kelib chiqib kerakli fayllarni yuklaydi, bu fayllarni 
kengaytmasiga qaraydi, agar kengaytmasi .html bo'lsa uni shundoq, aks holda 
masalan .php bo'lsa PHP serverdagi interpretator orqali brauzer tushunadigan tilga 


tarjima qildiradi(shuni ichida ma`lumotlar bazasidan ham kerakli ma`lumotlar 
yuklab olinadi) va natijani sizni brauzeringizga jo'natadi. PHP dasturlash tili 
yordamida sayt yaratish uchun avvalo o'z shaxsiy komputeringizda Virtual server 
o'rnatishingiz lozim. Masalan Denwer, yoki XAMPP yoki WAMPP Brauzeringiz 
o'zi tushunadigan tilda kelgan sayt kodlarini natijasini ekraningizda sizga ko'rsatib 
beradi va siz tayyor saytni ko'rasiz. Demak, agar web dasturlash bilan 
shug'ullanaman 
deydigan 
bo'lsangiz, 
minimum: 
HTML,CSS,JavaScript,PHP,MySQL larni bilishingiz kerak ekan. Bunda HTML-> 
Sayt karkasini yasaydi, CSS- saytni pardozini(dizaynini) amalga oshiradi, Javascript 
- saytni dinamikasi(haraktlarini) ta`minlaydi, PHP - saytni mantiqiy amallarini 
bajaradi(masalan siz login bo'lganmisiz, yoki yo'qmi, login bo'lgan bo'lsangiz sizda 
nimalar chiqadi, aks xolda nimalar...), MySQL - PHP bilan hamkorlikda saytga 
ma`lumotlar bazasidan ma`lumotlarni o'qib olish, yozish, o'zgartirish uchun xizmat 
qiladi. Programmani yaratish jarayonidagi uning nomlari Beta versiya - bu versiya 
programmani ommaga havola qilinib, ularning fikri bo`yicha programmaga turli 
o`zgartirishlar kiritiluvchi versiyasi. Programmaning bu versiyasi, odatda, tekin 
bo`lib, ko`pchilik hukmiga havola etiladi. Programmaning bu versiyasi orqali sizga 
yetkazilgan ziyon qoplanmaydi(fayllaringizning o`chib ketishi, OS ning buzilishi va 
h.k.). Hozirda ko`pchilik firmalar o`z mahsulotlarini Beta versiyasini chiqarib, o`z 
mahsulotlarini takomillashtirib bormoqdalar. Bundan, programma ishlab chiqarish 
bo`yicha yetakchi bo`lgan Microsoft korporatsiyasi ham mustasno emas(Windows 
Vista, Office 2007, Exchange Server 2007, Internet Explorer 7 va h.k.). Release 
Candidate(versiya nomzodi) - bu versiyaning nomidan ma'lumki, u haqiqiy, sotuvga 
chiqariladigan versiyaga kandidat(nomzod)dir. Bu kabi versiyalar qisqacha RC deb 
ataladi. Shu turdagi versiyalar esa, RC1, RC2 kabi nomlanadi. Ko`pchilik RC 
versiyalar sotuvga chiqariladi, chunki bu versiya o`zida ma'lum bir imkoniyatlarni 
jamlagan bo`ladi va bu versiya orqali yetkazilgan zarar programmani yaratgan firma 
tomonidan qoplanadi. Final Release(so`nggi versiya) - programmani yaratishda 
qo`yilgan maqsadni "to`liq" amalga oshiruvchi versiya. Bu versiyani "alfa" versiya 
deb ham atashadi. Bu versiya o`z bahosida sotiladi, unga ko`rsatiluvchi 
xizmatlarning barchasi programma yaratuvchisi tomonidan ko`rsatiladi. Build 
XXXX(XXXX - qurish) - bu, odatda, versiya hisoblanmaydi. XXXX ning o`rnida 
biror son keladi. Bu son programmaning kompilyatsiya(programmalash tilidan 
haqiqiy 
bajariluvchi 
kodga 
o`tkazish) 
sonini 
bildiradi. 
Programma 
yadrosi(qo`shimchalarsiz, asosiy qism)ga nisbatan yuritiladi. Masalan, Windows 
Vista Beta 2 Build 5308 - Windows Vistaning Beta 2 versiyasi turkumida 5308-
kompilyatsiya(OSga 
nisbatan 
"kompilyatsiya"ni 
ishlatish 
noo`rinroq:)). 
Update(yangilash) - programmaning biror teshigini(biror kichik xato, kamchiligi) 
tuzatuvchi kichik yordamchi programma. Bu yordamchi programmaning hajmi, 
odatda, kichik bo`lib, faqat o`sha kamchilikni tuzatishgagina xizmat qiladi. Ya'ni bu 
programmacha biror *.dll faylni yoki programmaishlatuvchi funksiyalardan 
birortasini "tuzatib" qo`yadi, xolos. Bunday Update("qarz")lar har doim tekin 
bo`ladi. Service Pack(xizmat paketi) - o`zida bir qancha Update lar bajaruvchi 
amallarni saqlovchi paket. Uning qisqacha nomi SP. Programmaning haqiqiy 
versiyasi yoki avvalgi SP dan shu paytgacha bo`lgan xatoliklarni birdaniga 


tuzatuvchi programma. Ya'ni, u bir qancha Update lar ishini o`zi bajaradi. Masalan, 
Windows XP chiqqanidan so`ng, taxminan bir yildan keyin SP1 chiqdi. Bundan 
kelib chiqadiki, Windows XP SP1 bir yil davomidagi xatoliklarni tuzatuvchi paket 
hisoblanadi. SP ham programma ishlab chiqaruvchi firmaning xatolari tufayli kelib 
chiqqan 
xatolarni 
tuzatgani 
uchun 
tekin 
bo`ladi. 
Trial(yoki 
demo)-
versiya(vaqtinchalik) - bu versiya, programma sotuvga chiqarilgandan so`ng tekin 
tarqatila boshlaydi. Bu versiyaning asosiy maqsadi foydalanuvchilarni ushbu 
programmani sotib olishga jalb qilish va ularni programma bilan tanishtirish. Trial 
versiyalar, odatda, ikki xil bo`ladi: a) vaqt bo`yicha chegalangan; b) imkoniyatlar 
bo`yicha. Vaqt bo`yicha chegaralangan versiya ma'lum muddat, masalan, 30 kun 
ishlaydi va shundan so`ng boshqa ishga tushmaydi. Bu holatda siz programmani 
sotib olishingiz kerak. Odatda, vaqt bo`yicha trial-versiyalar programmaning 
hamma imkoniyatlarini o`zida saqlaydi. Imkoniyatlar bo`yicha versiya esa 
programmaning sotib olingan versiyasining nechadir foiz imkoniyatlarini o`zida 
saqlaydi yoki ma'lum cheklanishlar qo`yilgan bo`ladi. Bu versiyaning ishlash 
muddati chegaralanmaydi. Yuqo`ridagi ikki holatdan tashqari yana bir holat bor. 
Bunda programmaning hamma imkoniyati saqlanadi, muddat ham berilmaydi, faqat 
foydalanuvchiga programmani sotib olish haqida eslatib turiladi. Bu esa 
ko`pchilikning jig`iga tegishi mumkin. Ko`pchilikka ma'lum Total Commander 
programmasi shu kabi programmadan biri, u har ishga tushganida 1, 2, 3 deb 
nomlangan knopkalardan birini bosishingizni talab qiladi. Dasturlashni o'rganishni 
nimadan boshlash kerak? Eng avvalo insonda kuchli qiziqish bo'lishi kerak. Lekin 
bu hammasi emas. Dasturchi bo'lish uchun matematika yoki geometriya fanlarini 
ham yaxshi o'qigan bo'lishingiz kerak deb o'ylaymiz. Aslida dasturlash uchun 
matematika yoki geometriya unchalik ishlatilmasligi mumkin. Aytmoqchimizki 
aniq fanlarni yaxhsi tushunaolgan inson dasturchi bo'lishi ham oson bo'ladi. Agar 
dasturchi bo'lishga qaror qilgan bo'lsangiz, Dastlab eng sodda tildan boshlash kerak 
1-navbat HTML tilini o'rganasiz. 2-navbat CSS va Javascript asoslarini o'rganasiz. 
3-navbat Delphi yoki Java asoslarini o'rganasiz. Yana Mobile telefonlar (Android, 
iOS) uchun dastur tuzish usullari bilan qiziqib ko'rasiz Endi oldingizda 3 ta katta yo'l 
chiqadi. Siz esa shu yo'lning biridan yurishingiz kerak. 1-yo'l. Web App yoki web 
dasturlash yo'nalishi. asosan internet bilan ishlaydigan dasturlar yaratish 2-yo'l Win, 
Linux App ya'ni Faqat Komputer uchun dasturlar tuzish 3-yo'l Mobile dasturlash 
ya'ni Hozirda ommabop Android, iOS (Iphone) uchun dasturlar tuzish Agar 3 ta 
yo'lni ham o'rganaman desangiz katta natijaga erishish qiyin. Chunki ularning har 
biri katta bir olam misolidir. Xullas ishlarinngizga omad tilab qolamiz. Agar bu 
borada savollar bo'lsa www.aql.uz sayti orqali bizga maktub yuboring... 
Foydalanilgan 
Manbalar: 
Ki.uz 

qalam.uz, 
qanday-qilib.uz 
Manba: aql.uz 
php kirish javascript web dasturlash java mysql apache dasturchi Umumiy 
Dasturlash 25-Oktabr 04:07 152220 
 


 
Muallif haqida 
JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. 
O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib 
chiqamiz. 
Qiziq bo‘ladi: 

Frontend bo`yicha 7 savolga javob 

Frontend - muammo emas... ishlab chiqaruvchilar va his qilganlar uchun 

Yurakdagi gaplar turkumidan (yohud dizaynerga quloq solmagan mijoz)Kitob 
muqovasi siz o'ylagandek emas! 

CSS-ni HTML-ga qanday qilib to'g'ri ulash mumkin 

Php dasturlash tilida o'yin yaratish: 4-qism 

Php dasturlash tilida o'yin yaratish: 3-qism 

Php dasturlash tilida o'yin yaratish: 2-qism 

Php dasturlash tilida o'yin yaratish: 1-qism 

15 ta eng tez-tez so'raladigan Python intervyu savollari 

Telegramda savdo-sotiq boti yaratishning tez va oson uslubi 

Download 395.07 Kb.
1   2




Download 395.07 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dasturlash tillari, ularning turlari va asoslari

Download 395.07 Kb.
Pdf ko'rish