2. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.
Asosiy turlari
O’zini o’zi hissiy boshqarish
Pantomimika
Mimika
Jest (gavda, qo’l, oyoq harakat)laridan
o’rinli foydalanish
Nutq
texnikasi
Alohida so’z yoki ifodalarni ifodalash sur’ati (ritmika)
Pedagogik texnikaning tarkibiy elementlari
Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo‘lib o‘rganiladi.
Birinchi guruh komponentlari o‘qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim–tarbiya jarayonida o‘z–o‘zini boshqarish malakalarida
ikkinchi guruh komponentlari o‘qituvchining shaxs va jamoaga ta’sir ko‘rsatish malakalari bilan bog‘liq bo‘lib, bu guruh ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi:
2. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.
Birinchi guruh komponentlari
ta’lim–tarbiya jarayonida o‘z–o‘zini boshqarish malakalari
mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol) egaligi;
ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo‘ya ta’sirlarga berilmaslik;
nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish, nutq tempi) bilishi va o‘z o‘rnida qo‘llay olishi.
ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z xatti-harakatlarini boshqarishi, (mimika, pantomimika);
Ikkinchi guruh komponentlari
ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi:
ta’lim muassasasida va o‘quvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;
o‘qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari;
o‘quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olishi.
ma’lum bir reja asosida o‘z oldiga qo‘yilgan talablarning bajarilishini nazorat qilishi;
O‘qituvchining tashqi ko‘rinishida, pedagogik texnikasi tizimidagi mimik, pantomimik
holatlar muhim ahamiyatga ega.
O‘qituvchining hatti-harakatini bevosita namoyish etuvchi mimik va pantomimik ifodasi
namoyon bo‘ladi va ular
o‘qituvchi-tarbiyachining pedagogik ta’sir ko‘rsatishida
mashg‘ulotlarni samarali va mazmunli o‘tishida puxta zamin tayyorlab beradi.
rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassumida
ma’noli qarashlarida
o‘qituvchining
imo-ishorasida
Pantomimika - bu gavda, qo‘l va oyoqlarning harakatidir. U asosiy firkni ajratib ko‘rsatishga imkon beradi.
O‘qituvchi o‘z gavdasi, qo‘li, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday pedagogik ma’lumotlarning obrazini “chiza” olsa, o‘quvchilar bundan zavqlanadilar, ular ichki his-tuyg‘ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo‘shilib butun ongini o‘quv materiallari mazmunini o‘zlashtirishga qaratadilar.
Mimika - yuz muskullari orqali o‘z sezgisi, fikri, kayfiyatini ifodalashdir.
O‘qituvchining yuz ifodasi va qarashi ba’zan o‘quvchilarga so‘zdan ham qattiqroq ta’sir ko‘rsatadi.
Mimika axborotning xususiy ahamiyatini oshiradi, uni puxtaroq o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. O‘quvchilar o‘qituvchi kayfiyati va munosabatini uning yuzidan uqib oladilar.
|