QOG’OZ VA KARTON XUSUSIYATLARINI TAQQOSLASH




Download 25.57 Kb.
bet3/5
Sana14.03.2024
Hajmi25.57 Kb.
#172438
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu. Qog`oz va kartondan amaliy ishlarni tashkil etish metod-fayllar.org (1)
Презентация, 1 maaavzu, Курс иши мавзулари, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalarida, 5-мавзу фискал ҳисоблар ва уларнинг таҳлили-fayllar.org, Biznes reja Yo\'ldoshev Doniyor, Drayver, 2t30
QOG’OZ VA KARTON XUSUSIYATLARINI TAQQOSLASH
Qog’ozning eng yaqin qarindoshi karton bilan tanishishda, uning buyumlar yasashda amaliy qo`lanishida uning xususiyatlarini qog’ozning o`xshash xususiyatlari bilan taqqoslash foydali. Bunday qiyoslash, taqqoslashlar birinchi darajali politexnik ahamiyatga ega, barcha materiallarning texnologik xususiyatlari to`g’risida o`quvchilar bilimlarining to`planishi va tizimlanishiga yordamlashadi – bu xususiyatlarni bilmasdan materiallarni ishlov berishni amalga oshirib bo`lmaydi.
O`qituvchi qog’oz va karton namunalarini ko`rsatib, bu materiallarning o`rtasida tayyorlanish materiallari bo`yicha ham, usullari bo`yicha ham ahamiyatli farq yo`qligini ma`lum qiladi. Bundan tashqari 1 m2 250 g og’irlikdagi kartonni ko`pincha qog’oz deb ta`riflaydilar.
Oddiy tajriba va kuzatishlar qatori bilan o`quvchilar karton qog’oz kabi tolali tuzilishli varaqli material ekanligini aniqlaydilar. Qog’oz kabi karton ham asosan o`simlik tolalaridan iborat bo`lib, ularning oralari elimli maxsus to`ldiruvchilar bilan to`ldirilgan.
O`quvchilar qog’oz va kartonning kichik bo`laklarini yirtib olib ularni yirtilash chiziqlarini kuzatadilar. Ular qog’ozda tolalar mayda va bir turli, kartonda esa ancha yirikroq, qo`polroq va bir turda emasligini aniqlaydilar. O`qituvchi yordamida o`quvchilar bu nafaqat qog’oz tayyorlashda asosiy xom ashyo – tolali massa yaxshiroq maydalanib aralashtirishishiga, balki kartonni tayyorlashda odatda qo`polroq va arzonroq materiallar poxol va qamishning qo`llanishiga ham bog’liq ekanligini tushuntiradilar.
O`qituvchi yirtishda yoki ko`p marta bukishda qatlamlarga ajraluvchi karton namunalarini ko`rsatib, sinfga savol beradi: nima sababdan qatlamga ajralish ro`y beradi. U karton ishlab chiqarishda uni tayyorlashning ikki usuli qo`llanishini gapirib beradi. Birinchi usul bo`yicha karton taxminan qog’oz quyilishidek qo`yiladi: ortiqcha suv siqib olinadi, quritiladi, yuzasi pardozlanadi.
Ikkinchi usul bo`yicha dastlab qo`pol qog’oz varaqlari tayyorlanadi, ular keyin bir necha qatlam qilib elimlanib, ancha-muncha qalin va mustahkam karton olinadi. Ba`zan bunday kartonning ustki qatlami yuqoriroq sifatli yoki boshqa rangdagi qog’oz bilan elimlanadi. Bunday karton ba`zan qatlamlarga ajraladi.
O`qituvchi taklifi bilan uchinchi sinf o`quvchilari qo`lbola kartonni bir necha qog’oz qatlamini elimlab tayyorlashlari mumkin. Bunday qo`lbola karton qurishda tirishib qolmasligi uchun uni bir necha qatlam qog’ozga o`rab, press ostida quritish kerak. Quritish jarayonida qog’ozni bir necha marta almashtirish yana yaxshiroq - bu qurishni tezlashtiradi va karton yuqoriroq sifatli bo`ladi.
Qo`lbola karton tayyorlash ishini amalga oshirishda politexnik taqqoslash – elimlangan kartonni elimlangan fanera va qatlamli plastiklar bilan solishtirish, shuningdek bolalarni pape-mashedan buyumlar tayyorlash bilan tanishtirish foydali.
Qog’oz va karton namunalarini bir vaqtda ko`rib chiqish va o`quvchilarga ularning sifatli xususiyatlarini ko`rsatib, o`qituvchi o`quvchilarga karton qog’oz kabi yupqa va qalin, silliq va g’adir-budir, zich va g’ovak, egiluvchan va sinuvchan, yaltiroq va yaltiramaydigan yuzali, rangli bo`lishi mumkinligini ko`rsatib beradi. Materiallarning sifat xususiyatlarini taqqoslash o`quvchilarning barcha materiallarning muhim xususiyatlari to`g’risidagi tasavvurlarini aniqlashtirish va umumlashtirishga yordam beradi.
O`quvchilarning karton to`g’risidagi bilimlarini umumlashtirish va mustahkamlashtirish uchun tayyorlanishida kartondan foydalaniladigan buyumlar ro`yxatini birgalikda tuzishni taklif qilish foydali. O`quvchilar sanoat va oziq-ovqat tovarlarini joylashtirish uchun qutilar, kitob muqovalari, jildlar, albomlar, chemodanlar, poyabzal astarlari, o`quv qo`llanmalarini aytadilar.

Download 25.57 Kb.
1   2   3   4   5




Download 25.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



QOG’OZ VA KARTON XUSUSIYATLARINI TAQQOSLASH

Download 25.57 Kb.