7. Mavzu. Shamol energiyasi resurslari.
Shamol energiyasi.
Shamol insonlar tomonidan o‘zlashtirilgan eng birinchi energiya manbalaridan biri hisoblanadi. Shamolning energiya zapaslari darѐlarning gidro Energiyasidan 100 barobar ko‘p, lekin bugungi kunda dunѐ bo‘yicha 107 MVt. soat energiya ishlab chiqiladi. Bu ko‘rsatgich dunѐ energobalansining 0,001 foizini tashkil qiladi. Butun dunѐ shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha turli dasturdan ishlab chiqilgan. Hozir olimlar va injenerlar qishloq xo‘jaligi hamda sanoat entiѐjlari uchun texnika janatidan takomillashtirilgan, kuchli va ishonchli shamol dvigatellarining konstruksiyalarini yaratdilar.
Shamol energiyasi qurilmalarini 2 turga bo‘lish mumkin: 1. shamol mexanik; 2.shamol energetik. 1930 yilda shamolli energetik qurilmaning loyixasi ishlab chiqildi va keyinchalik Qrimda jaxonda birinchi 100 kVt quvvatga ega, diametri 30 metr ga ega bo‘lgan shamol gildiragi o‘rnatildi. ShES ishlab chiqargan elektr toki Sevostopil elektr stansiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan edi. Ammo ikkinchi jaxon urishi vaqtida vayronaga aylandi.
Shamol uskunasini o‘rnatishdan oldin shamol tezligi aniklanadi. Shamol tezligi 5 km(soatdan yuqori bo‘lishi lozim va u qanotli hamda cho‘michli bo‘lishi mumkin. Shamol uskunasi kanotlarini o‘rnatilishiga ko‘ra, u ko‘ndalang va tik turlariga bo‘linadi. Shamol uskunasining asosiy vositalariga quyidagilar kiradi: qanotlar-ularning o‘zunligi shamolning ta’sir doirasidan kelib chikadi. Ustun- balandiligi tik yo‘nalishdagi shamol harakati tezligidan kelib chiqadi. Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi turli jihoz va qurilmalar.
O‘zbekiston bo‘yicha shamol elektr stansiyalarini kurish metrologik jixatdan mos tushuvchi tumanlar jumlasiga Navoyi, Buxoro, Qashkadarѐ,Toshkent tumani va Qorakalpogiston viloyatlarini olish mumkin. Jumladan Qorakalpogiston viloyatining Qazaxdarѐ
qishlog‘idagi parandachilik fabrikasini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida shamol stansiyasi ishlab turibdi, Toshkent viloyatining Chorvoq qishlog‘ida esa gibrid quѐsh-shamol elektrostansiyasi chorvachilik kompleksining radioeshittirish qurilmalarini, yem-xashak tayѐrlash, saqlash ,sutni dastlabki ishlovdan utkazish ,molxonalarni gungdan tozalash va mollarni parvarish qilish va xakozalarni elektrlashtirish va mexanizatsiyalashtirish jaraѐnlarini amalga oshirmokda. Xozirgi kunda shamol elektr stansiyalarini xavo liniyalarini utkazish nokulay bo‘lgan joylarda togli tumanlarga kurish elektroenergiyadan foydalanishning iktisodiy
samaradorligini ta’minlashning natijasida kupgina ishlab chiqarish soxalari, ayniksa chorvachilikda foydalanish sezilarli darajada ortmokda.
Shamol energiyasi qurilmalari
Havo oqimi ham, istalgan harakatlanuvchi jism ham harakat energiyasiga ega bo‘ladi. Bu kinetik energiya shamol g‘ildiragi ѐki boshqa ishchi organ ѐrdamida mexanik energiyaga o‘zgartiriladi.
Shamol qurilmalarining vazifasiga ko‘ra mexanik energiya ijrochi mexanizmlar (generatorlar, kompressorlar, elektrolizlar va boshqalar) ѐrdamida elektr, issiqlik, mexanik, shuningdek, siqilgan havo energiyasiga o‘zgartirilishi mumkin. Havo oqimi kinetik energiyasini mexanik energiyaga o‘zgarishi uchun turli turdagi shamol dvigatellaridan foydalanish mumkin. (1.5-rasm). Havo oqimi kinetik energiyasini elektr energiyaga o‘zgartirish uchun masalan, “Whisper”, “Acro-Cruft” turdagi shamol energiyasi qurilmalaridan foydalaniladi.
Shamol energiyasini elektr energiyasiga o‘zgartiradigan asosiy mexanizm shamol turbinasi hisoblanadi. U boshqa turbinalarga qaraganda ko‘proq detallar soniga ega. Shamol vtulkaga mahkamlangan parraklarni aylantiradi va ular birgalikda aylanadi. Shunday qilib, parraklar va vtulka birgalikda rotorni tashkil qiladi. Shuningdek, turbinani parraklarini aylantiradigan va to‘xtatadigan kontaktlar mavjud. Generator aylanadi va elektr energiyani ishlab chiqaradi. Generator, kontroller va boshqa qurilmalar parraklar orqasidagi qutiga joylashtiriladi. Anemometr shamol tezligini aniqlaydi va bu axborotni kontrollerga uzatadi.
1.5. rasm. Arg‘imchoqsimon shamol dvigateli modeli; A aylanish yo‘nalishi, 1 vertikal o‘q, 2 gorizontal plankalar, 3 buriladigan parraklar, 4 parraklar o‘qi.
Shamolning tezligi 15-23 km/soatga yetganida shamol agregati aylana boshlaydi, tezlik 100 km/soatda ortganida mexanizmni shikastlanishlardan saqlash uchun ular avtomatik ravishda to‘xtaydi. Shamol agregatlarining ba’zi bir modellari shamol kuchiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgarmas tezlik bilan aylanadi. Ba’zi bir yangi modellarning tezligi shamol bilan aylanadi. Ba’zi bir yangi modellarning tezligi shamol tezligi bilan birga o‘zgaradi, bu ularni samaraliroq bo‘lishini ta’minlaydi.
Shamol agregatlarida asosan 2 ѐki 3 ta parraklar bo‘ladi. Katta bo‘lmagan turbinalar 100 kVt gacha elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Ularni fotoelektr panellar bilan ishlatish mumkin. Bunday “uy shamol agregati” ning parraklari 2-8 m o‘lchamga ega hamda 40 m lar atrofidagi balandlikka joylashtiriladi va u kichik korxonani elektr energiyasi bilan ta’minlashi mumkin.
Katta shamol agregatlaridan 750 kVt dan 2 MVt gacha quvvatli turbinalar keng tarqalgan bo‘lib, ular ham shamol elektrostansiyalariga joylashtiriladi.
Katta quvvatli megovatli turbinalar katta o‘lchamlarga ega bo‘lib, ularning yangi modellari 2 dan 5 MVt gacha quvvatli elektr energiyasini ishlab chiqarishga qodir. Kuchli dengiz shamoli aylantira olishi uchun ularni odatda qirg‘oqqa yaqinroqdagi suvga joylashtiriladi. Bunday shamol agregatlari hozirda Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya va boshqa mamlakatlarda ishlatilmoqda.
|