|
8-amaliy. Yosh o’qituvchilar mehnatini ilmiy asosda tashkil etishning boshlang’ich
|
Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 15,46 Kb. | | #138733 |
Bog'liq 8-AMALIY
8-AMALIY. Yosh o’qituvchilar mehnatini ilmiy asosda tashkil etishning boshlang’ich yo’nalishlari.Yosh o’qituvchilar kasbiy mahoratini takomillashtirishda pedagogik refleksiyaning ahamiyati.
Reja:
Yosh o‘qituvchilar bilan ishlash maqsadi
2.Ustoz-shogird munosabatlari
3.Yosh o‘qituvchilar bilan ishlash maqsadi
4.Ustoz-shogird munosabatlari
Pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish, yosh o‘qituvchilar bilan ishlash.
Fan-texnika taraqqiy etib, ijtimoiy munosabatlar mazmuni axborotlarga tobora boyib borayotgan, fan olamidagi yangiliklar, psixologiya-pedagogika fani rivoj topayotgan bir davrda o‘qituvchilarning o‘z ustida mustaqil ravishda ishlashlari, malakalarini oshirib borishlari, mustaqil izlanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish va ijodkor bo‘lishlarini talab qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilab qo‘yilganidek, har jihatdan barkamol, mustaqil fikrlovchi yoshlarni tarbiyasilash uchun bugungi kun o‘qituvchisi siyosiy, ilmiy-metodik va umumpedagogik saviya, o‘z ishig ijodiy yondashish, o‘z burchiga nisbatan fidoiy bo‘lishga bog’liqdir. Bu dolzarb masalani samarali hal qilish ko‘p jihatdan ta’lim muassasasi rahbari, ularning ta’lim-tarbiyasini boshqarish layoqatlari hamda pedagog kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish va nazorat qilishga bog’liqdir.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan maqsad o‘qituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini takomillashtirish, natijada esa o‘quvchilarga ta’lim-tarbiyasi berish sifatini keskin oshirishdan iboratdir. Ta’lim-tarbiyasi ishlarining murakkablashib borishi o‘qituvchi oldida turgan vazifalarni kengaytirmoqda. SHunga ko‘ra, pedagoglarning malakasini oshirish tizimida ularni ijodiy izlanishga odatlantirish, ijodkorlikdagi faolligini rag’batlantirish maqsadiga muvofiq ish olib borish muhim ahamiyatga egadir. SHu maqsadda pedagogik kadrlar malakasini oshirishning bir qancha shakllari ishlab chiqilgan. Bu shakllardan nafaqat maktab pedagoglarining malakasini oshirishdagina emas o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbarlari ham xabardor bo‘lishlari va ulardan muvaffaqiyatli foydalana olishlari lozim.
Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish. Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning kasbiy mahoratlarining o‘sishini rag’batlantirish, ta’lim-tarbiyasida ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni qo‘llash, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi natijalarni xolis baholash, egallab turgan yoki da’vogarlik qilinayotgan toifa va lavozimlarga munosiblikni aniqlash, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyasi jarayoni sifatini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasi 5 yilda bir marta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test Markazi tarkibidagi “Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi hamda Xalq ta’limi Vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan jadvallar asosida tashkil etiladi. Xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlar tarkibiga professor-o‘qituvchi, o‘qituvchi, metodist, tarbiyasichi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa va to‘garak rahbarlari kiradi.
Ta’lim muassasalari attеstatsiyasi O`zbеkistоn Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tеst markazi (bunday kеyin o`rinllarda DTM dеb yuritiladi) tоmоnidan tashkil etiladi hamda o`tkaziladi.
Attеstatsiya ta’lim muassasalarida ta’llim yo`nallishlari va mutaхassisliklar bo`yicha ushbu Yo`riqnоmada bеlgilangan tехnоlоgiyalar asоsida o`tkaziladi hamda ularning faоliyati atttеstatsiyadan o`tkazish mеzоnlari bo`yicha bahоlanadi.
3. Ta’lim muassasalari attеstatsiyasi DTM tоmоnidan tuziladigan va O`zbеkistоn Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi tоmоnidan tasdiqlanadigan attеstatsiyadan o`tkazish jadvali asоsida o`tkaziladi.
4. Ta’lim muassasalarini attеstatsiyadan o`tkazish uchun attеstatsiya kоmissiyalari (bundan kеyingi o`rinlarda Kоmissiya dеb yuritiladi) O`zbеkistоn Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fеvraldagi 21-sоnli qarоri bilan tasdiqlangan “O`zbеkistоn Rеspublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkrеditatsiyasidan o`tkazish tartibi to`g’risida”gi Nizоmga muvоfiq tuziladi.
YOsh o‘qituvchilar bilan ishlash. YOsh o‘qituvchilarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.
YOsh o‘qituvchilarga yordamni tashkil etishda asosiy bo‘g’in – bu ular bilan bevosita ishlashni yo‘lga qo‘yishdir. Ularga ma’ruzalar o‘qish, nazariy mashg’ulotlarni tashkil etish shart emas, chunki ular oliy ta’lim muassasasida yetarli ma’lumotlarni oladilar. YOsh o‘qituvchi amaliy maslahatlarga ehtiyoj sezadi. Bunday yordamni quyidagicha amalga oshirish mumkin:
barcha yosh o‘qituvchilarni jalb etish orqali;
ogohlantirish orqali har bir o‘qituvchining darsini kuzatish yo‘li bilan;
yosh o‘qituvchining ishi bilan yaqindan tanishish orqali.
Bundan tashqari oliy o‘quv yurtlarini tamomlab, maktabda ishlayotgan yosh mutaxassislar va ular olib borayotgan ta’lim-tarbiyasiishlarini o‘rganish, ularga tegishli metodik yordam ko‘rsatish, yo‘l-yo‘riqlar va maslahatlar berib borish, turli mavzularda ijodiy kechalar, tajribali hamda faxriy o‘qituvchilar bilan uchrashuvlarni uyushtirish maqsadida tuman Metodika kabineti qoshida “YOsh mutaxissislar maktabi”ni tashkil qilish mahsadga muvofiqdir.
|
| |