-jadval  Jahon mamlakatlaridagi sanoat klasterlari soni




Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana28.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#54563
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
8-mavzu. Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish reja
4-amaliy mashg‘ulot. ELEKTROMAGNIT KATTALIKLARINI O‘LCHASH USULLARI, шаблон, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-Kimyo tarixi, Лекция №1. Вычисление определителей второго и третьего порядков., Документ Microsoft Word, sifat bosh stasitik Kalendar reja 7 semestr - MA\'RUZA, 4-амалий машғулот, HISOBOT YUZI (UNIVERSITET), Mavzu, 111, нейрон, 7777777666666, Suxrobbek Fayzullayev Muminov, Ulugbek99
8.4-jadval 


Jahon mamlakatlaridagi sanoat klasterlari soni
21
 
Mamlakatlar nomi 
Klasterlar soni 
Buyuk Britaniya 
168 
Gollandiya 
20 
Germaniya 
32 
AQSH 
380 
Daniya 
34 
Fransiya 
96 
Italiya 
206 
Fransiya 

Hindiston 
106 
Italiya sanoatining klasterlari hissasiga ish bilan band aholining 43 foiz, 
milliy eksport hajmining 30 foizdan ortig‘i to‘g‘ri keladi. Klaster tuzilmalari 
Germaniyada kimyo va mashinasozlik sanoatida, Fransiyada oziq-ovqat sanoati va 
kosmetika sanoatida muvaffaqiyatli ishlamoqda. shuningdek, klaster modelidan 
shveysariya, Avstriya, Italiya, Daniya, Hindiston, Koreya, Pokiston, Xitoy va 
Turkiyaengil sanoatida samarali foydalanmoqda. 
Klasterlar 
shakllanishi 
jarayoni 
Janubiy-SHarqiy 
Osiyo, 
Xitoyda, 
Singapurda, YAponiyada va boshqa mamlakatlarda faollashib bormoqda. Xitoyda 
60 tadan ziyod klasterlar alohida hududlarda shakllantirilgan bo‘lib, ulardagi 
ishchilarning soni 3,5 million aholi ish bilan ta’minlangan va yillik tovar aylanishi 
200 mlrd.dollardan ziyodni tashkil etadi. 
Klaster tashabbuskorlari uning nafaqat raqobatbardoshlikni oshirish 
vositasi,balki, mamlakatlar iqtisodiy va innovatsion rivojlanish strategiyasining 
asosiy jihati ekanligini qayd etish mumkin. Jaxonda keyingi 10 yilda 20 ta 
mamlakatda amalga oshirilgan 500 dan ortiq klaster tashabbuslari tahlili uning juda 
kuchli mavqega asoslanganini ko‘rsatmoqda.
Germaniyada yaqin vaqtgacha mintaqaviy klasterlar rivojlanishi davlat 
aralashuvisiz bo‘lar edi. Biroq 2003 yilda hukumat klaster tashabbuslariga jiddiy 
e’tibor qaratdi. Bu, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali sohalarni loyihalashga 
taalluqlidir. Davlat nafaqat mahalliy, balki boshqa manbalar hisobidan sanoatlar va 
ilmiy markazlar imkoniyatlarini birlashtirishni ko‘zda tutadi.
Italiyada tarmoqlarning o‘zaro kombinatsiyasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular 
mebelni qayta ishlashda – kesuvchi asbob, tikuvchilikda – dizayn, charm sanoati 
qoshida – poyabzal, yog‘ochni qayta ishlashda – mebel kabilardir. 
Xitoyda 15 yil davomida to‘qimachilik sanoati, sport tovarlari, kiyimlar, 
o‘yinchoqlar, idishlarni eksportga yo‘naltirish uchun amalga oshiriluvchi 
klasterlashtirish siyosatiga katta miqdordagi sarmoyalar kiritishi, uning jaxon 
bozoridagi raqobatda ustunlikni ta’minlagani bilan izoxlash mumkin. 
1990 yilda EI (Evropa ittifoqi) mamlakatlarida xususiy biznesga yordam 
berish 
va 
ularning 
raqobatbardoshligini 
oshirish 
maqsadida 
maxsus 
21
Manba: Xakimov Z.A. Yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari 
asosida oshirish. Falsafa doktorlik dissertatsiyasi. – T.: TDIU, 2018.


klasterlashtirish dasturi ishlab chiqilgan. 2006 yilga kelib «EI mamlakatlarida 
klasterlashtirish manifesti» ma’qullandi va qabul qilindi. 2007 yilda esa «Evropa 
Klaster memorandumi» ma’qullandi va tasdiqlashga taqdim etildi. 2008 yilda 
«Klasterlar bo‘yicha Evropa konfederatsiyasi» tasdiqlandi va EI a’zo bo‘lgan 
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini klasterlash bo‘yicha aniq dasturiy 
vazifalar belgilandi. Qabul qilingan hujjatlarning asosiy maqsadi alohida 
mamlakatlarda bo‘lgani kabi butun EIda ham raqobatbardoshlikni oshirishga ta’sir 
ko‘rsatishga qodir klasterlarni ko‘paytirish va ular ish faoliyatidagi mavjud 
muammolarning echimiga qaratilgan. 
Keyingi yillar davomida jahon iqtisodiyotida informatika, ekologiya, 
logistika, biotibbiyot preparatlari ishlab chiqarish va hokazolar bilan 
shug‘ullanuvchi yangi avlod sanoat klasterlari paydo bo‘la boshladi. 
Innovatsion klasterlarning asosiylarini Amerikaning «Kremniy vodiysi» deb 
hisoblash qabul qilingan. chunki uning hududida 87 mingdan ortiq korxonalar, 40 
dan ortiq ilmiy tadqiqot markazlari, 40 ta ta’lim muassasasi jamlangan.
Bundan tashqari, xorijiy kompaniyalark o‘pgina ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish 
va ishlanmalar yaratish uchun jalb etiladi. Masalan, mikro va nanotexnologiya 
sohasida ishlovchi «mialoguc» klasteri doirasida yuqori darajadagi mikroblar va 
mikroorganizmlar yaratish bo‘yicha «Foremost» loyihasini amalga oshirish uchun 
8 ta mamlakatdagi 24 ta firmalar bilan hamkorlik qilinadi. shunga ko‘ra, hozirda 
Fransiyada yaratilgan innovatsion klasterlarning nufuzi jahonda Yagona 
sanalmoqda.
Agar yaqin vaqtga qadar klasterlar iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar va 
tarmoqlardagina bo‘lgan bo‘lsa, keyingi paytda bu rivojlanayotgan mamlakatlarda 
ham kuzatilmoqda. Polsha, chexiya, Sloveniya mamlakatlari, Rossiya, Ukraina, 
Qozog‘iston va yaqin sharq mamlakatlarida ham klasterlar paydo bo‘ldi va 
dastlabki natijalar samara bera boshladi. 
Chexiya Sanoat va savdo vazirligi «klasterlar dasturi» ustida ishlamoqda. 
Uning maqsadi klasterlarni yaratish va rivojlantirish, kooperatsiya shaklini 
gorizontal va vertikal mustahkamlash bo‘lib, uning asosini etkazib beruvchi-
iste’molchi-ilmiy tadqiqot institutlari – ishlab chiqaruvchi – ulgurji savdo – 
chakana savdo hisoblanadi. Odatda, muayyan tarmoq korxonasi biror-bir ta’lim 
muassasalari bilan hamkorlikda klasterlarni alohida yuridik shaxs sifatida tashkil 
etadi. Klasterlarning eng kichik ko‘rinishidagilari, sanoat zonalari kabi eng kamida 
15 ta mustaqil korxonaga xizmat ko‘rsatishi lozim bo‘lib, ulardan 75 foiz ishlab 
chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanishi lozim. shuningdek, 
klasterda birlashgan korxonalarning 60 foizdan ortig‘i kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lishi lozim. 
Keyingi yillarda Qozog‘istonda yirik sanoat korporatsiyalari, tarmoq 
tuzilmalari asosida klaster tizimlarini yaratishga kirishildi va loyihalar ustidagi 
ishlarga M.Porter rahbarlik qilmoqda. 
Turkiya dunyo engil sanoat tovarlari bozorida etakchi mamlakatlardan biri 
hisoblanadi. Turkiyada engil sanoat klasteri1995-2000 yillarda faol shakllantirilgan 
erishgan. Turkiyaning «Sukurova tekstil klasteri»tarkibida 2000-2010 yillar 
davomida 12 ta yirik kompaniyaning 500 dan ortiq korxonalari samarali faoliyat 


yuritgan. Hozirda Turkiya gilam mahsulotlari eksportining 40 foizdan ortig‘i va 
gazlamalarining 35-40 foizi shu klasterhissasiga to‘g‘ri keladi. 
Klasterlar «Erkin ilmiy-texnika zonalari»yoki «texnoparklar» shaklida 
tashkil etilmoqda. Erkin fan-texnika zonalari alohida ajratilgan hududlardan iborat 
bo‘lib, u erda ilmiy-ishlab chiqarish va o‘quv markazlari jamlanadi hamda ular 
uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus 
huquqiy tartibot o‘rnatiladi. Erkin fan-texnikazonalari yuksak texnologiyalar amal 
qiluvchi zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari-texnopolislar 
shaklida tashkil etiladi
22

Texnoparklar ikkita asosiy komponentlardan: ishlab chiqarish (sanoatning 
ilg‘or sohasidagi korxonalar) va ilmiy markazlar (universitet, institut, 
ilmiytekshirish instituti, laboratoriyalarning kuchli guruhlari)dan tarkib topadi va 
ularning faoliyati raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. 
O‘zbekistonda birinchi bo‘lib A.SH.Bekmurodov va YAng Son Be
23
«O‘zbekiston tekstil sanoatini rivojlantirish strategiyasiga klaster yondashuvi» 
bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borganlar. Ularning tadqiqotlarida xorijiy 
mamlakatlarda iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha klasterlardan foydalanish 
loyihalari 
tavsiflanib, 
Amerikada 
axborot-kommunikatsiya, 
YAponiyada 
avtomobil, neft-kimyo va to‘qimachilik, Italiyada keramika va gilam ishlab 
chiqarish, Koreya Respublikasida tarmoqda erishilgan natijalar tahlil qilingan. shu 
bilan birga, A.SH.Bekmurodov va YAng Son Be asosiy e’tiborni O‘zbekiston 
engil sanoati sanoati eksport salohiyatini tahlil qilishga qaratib, sohaga xorijiy 
investitsiyalarni ko‘proq jalb qilish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar tayyorlangan va 
mahsulotni bo‘yash bo‘yicha sanoat hududiy klasteri modelini Koreya 
Respublikasining Degu shahridagi tajriba asosida ishlab chiqilgan. 

Download 0.74 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval  Jahon mamlakatlaridagi sanoat klasterlari soni

Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish