29 –Rasm. Moylash tarmog’ining soddalashgan chizmasi.
1-karter, 2-porshenni sovitish, 3-tirsakli val, 4-taqsimlash vali,5-oraliq shesternya,
6-quyish bo’g’zi, 7-tokish tiqini, 8-moy qabul qilgich, 9-moy nasosi, 10-moy
radiatori, 11-reduksion klapn, 12-moy filtri, 13-qaytarish klapni, 14-saqlagich
klapni, 15-bosim datchigi, 16-turbokompressor, 17-kompressor, 18-yuqori bosimli
yonilg’i nasosi,
19-koromislo o’qi moy kanali.
Karter tubining eng pastki qismida moy nasosining moy qabul qilgichi
joylashadi. Dvigatel ishlaganda karter tubidagi moy nasos yordamida moy qabul
qilgich orqali so'riladi va dag‘al filtrga bosim bilan haydaladi. Dag'al filtrda
birlamchi tozalangan moy blok karterida ishlangan va bo‘ylama joylashgan asosiy
moy kanaliga yuboriladi. Nasos bilan hosil qilingan
tizimdagi moyning bosimi
me’yoridan ortib ketmasligini reduksion klapan yordamida cheklab turiladi. Moy
nasosida o'rnatilgan bu klapan tizimga o'tayotgan oshiqcha moyning bir qismini
nasosning so'rish kanaliga qaytarib, moy bosimini bir me’yorda ushlab turadi. Dag'al
filtrning ifloslanishi natijasida uning moy o'tishiga bo'lgan qarshiligi ortib, tizimga
moyni yetarli miqdorda (ba’zi hollarda butunlay) o'tkazmasligi mumkin. Bu paytda
moy o'tkazish klapani orqali filtrni chetlab, asosiy moy kanaliga o'tadi va
detallarning ishqalanuvchi yuzalarini moysiz qolishdan saqlaydi. Asosiy moy
kanaliga yuborilgan moyning ma’lum qismi, yanada yaxshiroq tozalanishi uchun
mayin deb nomlangan filtrga yuboriladi. Asosiy moy kanaliga yuborilgan moyning
hammasi dag'al filtrdan o'tkazilgani uchun ketma-ket ulangan yoki to’la oqimli filtr
deb atalsa, mayin filtrni esa parallel ulangan deyiladi. Moy, asosiy moy kanalidan
blokda vertikal joylashgan kanalchalar orqali bosim bilan tirsakli valning o ‘zak
bo'yinlari taqsimlash valining podshipniklari va koromisloning kovaksimon o ‘qiga
yuboriladi. O’q
ichidagi moy, bosim bilan koromislolarning vtulkalariga
taqsimlanadi. Vtulkalardan sachrab chiqqan moy klapan sterjenini moylaydi.
Koromisloning kalta yelkasida ochilgan kanalcha orqali moy shtanganing yuqori
uchiga o‘tadi. So‘ngra shtanga bo'ylab oqib tushayotgan moy uning pastki uchining
keyin turtkich va taqsimlash vali mushtchalarini moylab, karter tubiga tushadi.
Tirsakli valning shatun podshipnigiga moy, o‘zak bo’ynidan shatun bo‘yniga
ochilgan kanalcha orqali bosim bilan o‘tadi. Ba’zi dvigatellarda porshen barmog'i
bosim bilan moylanadi. Buning uchun shatun o ‘zagi ichida moy o‘tishi uchun kanal
ishlangan. Tirsakli val aylanganda, uning podshipniklaridan
markazdan qochma
kuch ta’sirida moy sachrab karter devoriga urilib, mayda zarrachalarga bo‘linadi va
moy tumani hosil qiladi. Moy tumani silindr devorlariga o'tirib, porshen, porshen
xalqalari va barmog'i, taqsimlash valining harakat uzatuvchi elementlari va boshqa
detallari moylanadi. Ayrim dvigatellarda shatunning pastki kallagida teshikcha
ishlangan bo'lib, u shatun bo‘ynidagi kanal teshigi bilan ustma-ust kelganida, moy
silindr devorining yuzasiga bosim orqali sachraladi. Moylash tizimidagi moyning
bosimi elektrik manometr bilan nazorat qilinadi. Ayrim dvigatellarda moyning
haroratini ko'rsatuvchi elektrik termometr boiib, uning
datchigi karter tubida
o'rnatiladi. Tizimda qizigan moy radiatorda sovitiladi. Radiatorga moyning borishini
to'xtatish uchun jo'mrak va saqlagich klapan o'rnatilgan. Tizimdagi moyning bosimi
100 kPa dan pasayganda, saqlagich klapani berkilib, radiatorga moyning o'tishini
to'xtatadi.