• 30-Rasm. Moy nasosi sxemasi.
  • Moy nasoslari, moy filtrlari, reduksion va o`tkazgich klapanlar, nazorat




    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,54 Mb.
    #124509
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Lecture 8

     
    Moy nasoslari, moy filtrlari, reduksion va o`tkazgich klapanlar, nazorat 
    asboblari konstruksiyalari va ishlashi. 
     
    Moy nasosi, moyni bosim ostida dvigatel mexanizmlarining ishqalanuvchi 
    yuzalariga, shuningdek, moyni tozalash va sovitish tuzilmalariga yuborish uchun 
    xizmat qiladi. Avtomobil dvigatellarida asosan shesternyali nasoslardan foydalanib, 
    ular oddiy tuzilgan va ishonchli ishlaydi. Nasoslar shesternyalarning ilashishi 
    bo‘yicha tashqi va ichki ilashgan shestrenyalilarga bo‘linadi. Tashqi ilashgan 
    shesternyali nasoslar o‘z navbatida bir yoki ikki seksiyali, ya’ni bir juft yoki ikki juft 
    shestrenyali bo‘lishi mumkin. Zamonaviy yengil avtomobillarda (Neksiya, Tiko, 
    Damas avtomobil dvigatellari) ko‘pincha ichki ilashishda bo‘lgan, aylanma 
    xarakatni tirsakli valdan oladigan nasoslardan foydalanilmoqda. Nasos korpusida 
    yetakchi yetaklanuvchi tishli g‘ildiraklar joylashgan. Nasos ishlayotganda tizimda 
    yetarli bosim hosil bo‘lishi uchun ikkala g‘ildirak tishlarining qirralari bilan korpus 
    devori oralig‘idagi radial tirqish kichik (0,06÷0,1mm) bo‘lishi nazarda tutiladi. 
    Yetakchi tishli g‘ildirak harakatni valikdan oladi va unga shponka yordamida 
    mahkamlanadi. Yetaklanuvchi tashqi g‘ildirak esa o‘z o‘qida erkin aylanadi. 


    30-Rasm. Moy nasosi sxemasi. 
    a) tashqi ilashgan shesternyali. b) ichki ilashgan shesternyali. v) rotorli. 
    1-yetaklovchi shesternya; 2-nasos qobig‘i; 3-keluvchi quvur; 4-yetaklanuvchi 
    shesternya; 5-o‘q; 6-yuboruvchi quvur; 7-ajratiluvchi sektor; 8-yetaklanuvchi 
    rotor; 
    9-yetaklovchi rotor.
     
    Nasos ishlayotganda uning tishli g‘ildiraklari strelka bo‘yicha yo‘nalishda 
    aylanadilar. Shunda moy karter tubidan qabul qilgich orqali nasosning kiritish 
    kanaliga vujudga kelgan siyraklanish ta’sirida so‘riladi va korpus devori bilan tishlar 
    oralig‘idagi bo‘shliq to‘ldiriladi. Tishli g‘ildiraklarning aylanishi davomida 
    bo‘shliqlardagi moy korpus devori bo‘ylab nasosning haydash kanali orqali asosiy 
    moy kanaliga bosim bilan yuboriladi. Tishlar ilashishga kirayotganda ular 
    oralag‘idagi, o‘ramda qolgan, moy qisilib g‘ildiraklarni radial yo‘nalishda ikki 
    tomonga keradigan kuch xosil qiladi va ularni erkin aylanishga to‘sqinlik qiladi. 
    Shuning uchun tishlarning ilashgan joyida korpusda ariqcha qo‘yiladi va uni 
    kanalcha orqali xaydash bo‘shlig‘i bilan tutashtiriladi: shunda g‘ildiraklarning erkin 
    aylanishiga qarshilik ko‘rsatayotgan tishlar oralig‘idagi qisilgan moylar xaydash 
    bo‘shlig‘iga o‘tkazib yuboriladi. Nasos bilan xosil qilinadigan bosim asosiy moy 
    kanalidan moyning qay darajada sarflanishi, tishli g‘ildiraklarning aylanishlar 
    chastatasi va moyning qovusholigiga boliq bo‘ladi. Benzinli dvigatellarda tizimdagi 
    moyning bosimi 0,3÷0,5MPa, dizellarda esa 0,5÷0,7MPa bo‘ladi. Tizimdagi moy 
    bosimini belgilangan me’yoridan ortib ketmasligini reduksion klapan ta’minlaydi. 
    Bosim belgilanganidan ortib ketsa reduksion klapanining sharchasi prujina kuchini 
    yengib o‘rindig‘idan siljiydi va moyning ma’lum miqdorini nasosning so‘rish 
    bo‘shlig‘iga o‘tkazadi va tizimdagi bosim pasayadi. Yuqoridagi rasmda ichki 
    ilashishdagi shesternyali moy nasosining ishlashi tasvirlangan. Bunday nasoslar 
    Neksiya, Tiko, Damas avtomabil dvigatellarida qo‘llanilgan. Nasos - so‘rish va 
    xaydash kanallariga ega bo‘lgan korpus, tashqi tishli yetakchi va ichki tishli 
    yetaklanuvchi g‘ildiraklar va pulunjerli reduksion klapandan iborat. Tishli 
    g‘ildiraklar ilashgan holda korpus ichida o‘rnatilgan. Korpusda, g‘ildiraklarning 
    ilashishdan chiqqan joyida tishlarning qo‘yiqchalarini bir-biridan ajratib turuvchi 
    o‘roqsimon to‘siq ishlangan. 



    Download 0,54 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Moy nasoslari, moy filtrlari, reduksion va o`tkazgich klapanlar, nazorat

    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish