Karterni shamollatish. Dvigatelning ish jarayonida porshen ustida xosil
bo‘lgan yuqori bosimga ega gazlarning bir qismi porshen xalqalari bilan silindr
oralig‘idagi tirqishdan karterga o‘tadi. Bu gazlar yonuvchi aralashma, to‘la va
qisman yongan maxsulotlardan iborat bo‘lib karter gazlari deb ataladi. Karterga
o‘tadigan gazlarning miqdori dvigatel yuklanishining ortishi, shuningdek silindr,
porshen va porshen xalkalari yeyilishining oshishi natijasida ko‘payib boradi. Bu
gazlarning tarkibida yonilg‘i va suv bug‘i, karbonat angidrid, oltingugurt, azot va
qisman karbon- odorod birikmalari bo‘ladi. Yonilg‘i bug‘i tomchiga aylanib moyni
suyuqlashtiradi, suv bug‘i va boshqa birikmalar moyni oksidlaydi, natijada moyning
sifati yomonlashadi. Karter gazlarining moyga yomon ta’sirini kamaytirish uchun
ularni karter bo‘shlig‘idan uzluksiz ravishda chiqarib turish lozim bo‘ladi.
Shuningdek karter bo‘shlig‘ini yetarli darajada shamollatilmasa, karterda gaz bosimi
ortib, tirsakli valning salnik elementi va karterning zichlovchi qistirmalaridan moy
oqaboshlaydi. Bundan tashqari, gazlar kabina yoki kuzovga o‘tsa, xaydovchi va
yo‘lovchilarni zaxarlaydi. Gazlarni karterdan uzluksiz chiqarib turish karter
bo‘shlig‘ini shamollatish; bu jarayonni ta’minlovchi majmua tuzilmalarni karterni
shamollatish tizimi deb ataladi. Shamollatilganda karter moyining sifati nisbatan
yaxshi saqlanadi uni almashtirish orqalig‘i uzayadi va dvigatelning xizmat muddati
ortadi. Avtomobil dvigatellarida ikki xil shamollatish usuli qo‘llanilgan bo‘lib, agar
karter gazlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqariga, atmosferaga so‘rilishini ta’minlansa
ochiq yoki dvigatelning ta’minlash tizimiga ya’ni kiritish taktiga majburiy qaytarilsa
yopiq shamollatish tizimi deyiladi.
Moylash tizimining asosiy taraqqiyot yo`nalishlari
32-Rasm. Zamonaviy V-simon dvigatellarning moylash tizimi sxemasi.
|