Ma`ruza №11-12 suyuqliklarning qovushqoqligini o`lchash




Download 331,44 Kb.
bet1/7
Sana12.01.2024
Hajmi331,44 Kb.
#135636
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma`ruza №11-12 suyuqliklarning qovushqoqligini o`lchash

MA`RUZA №11-12

SUYUQLIKLARNING QOVUSHQOQLIGINI O`LCHASH




Reja:

  1. Qovushqoqlik to`g`risida umumiy tushuncha.

  2. Kapillyar viskozimetrlar

  3. Zoldirli viskozimetrlar.

  4. Rotatsion qovushqoqlik o`lchash vositalari.

  5. Vibratsion qovushqoqlik o`lchash vositalari.

Qovushqoqlik to`g`risida umumiy tushuncha
Sanoatning bir qancha tarmoqlarida, masalan, sun`iy tolalar, sintetik smolalar, kauchuk eritmalari, bo`yoqlar, surkov moylari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda qovushqoqlik mahsulot tarkibi va sifatini aniqlovchi kattalik hisoblanadi. SHuning uchun ko`pgina hollarda qovushqoqlikni avtomatik tarzda uzluksiz o`lchab turish muhim ahamiyatga ega bo`ladi.
Suyuqliklarning sirpanish yoki siljishga qarshilik ko`rsatish xususiyati
qovushqoqlik deyiladi.
Berilgan oqimda suyuqlik ikki qatlamining siljishida tangensial kuch vujudga keladi. SHu kuch Nyuton qonuniga ko`ra quyidagicha aniqlanadi:

F S dv ,
dn
(8.1)

bu erda F siljish kuch, N; µ – dinamik qovushqoqlik yoki qovushqoqlik

koeffitsienti, Pa s; S ichki ishqalanish yuzasi, m2;
dv – harakatdagi qatlam
dn

qalinligi bo`yicha tezlik gradienti (siljish tezligi), 1/s; v qatlam oqimining tezligi, m/s; n – harakatdagi qatlam qalinligi, m.
(8.1) tenglamadan dinamik qovushqoqlikni aniqlaymiz:

  F .
S dv
dn
(8.2)

SI sistemasida dinamik kovushqoqlik birligi qilib, suyuqlik oqimining
shunday qovushqoqligi qabul qilinganki, bu oqimda 1 N/m2 siljish bosimi ta`sirida chiziqli tezligining gradienti siljish tekisligiga perpendikulyar bo`lgan 1 m masofada 1 m/s bo`ladi. Dinamik qovushqoqlikning bu birligi N s/m2 yoki Pa s o`lchoviga ega.
Amalda ko`pincha dinamik qovushqoqlikning suyuqlik zichligi ρ ga bo`lgan nisbatida ifodalanuvchi kinematik qovushqoqlikdan foydalaniladi, ya`ni

v .

(8.3)

Kinematik qovushqoqlik SI sistemasida m2/c o`lchoviga ega.
Tajribada, shuningdek, pauz (P) va santipauz qovushqoqlik birliklarida o`lchanadi. Bu birliklar SI sistemasidagi qovushqoqlikning birligi bilan quyidagicha bog`langan:

1 P =0,1 Pa s; 1 sP = 1 mPa s.
Qovushqoqlikni o`lchash paytida temperaturaning ta`sirini e`tiborga olib, tegishli tuzatishlar kiritish lozim.
Hozir suyuqlik qovushqoqligini o`lchaydigan bir qator asboblar mavjud. Bu asboblar ishlash printsipi jihatidan kapillyar, sharikli, rotatsion va tebranishli asboblarga (viskozimetrlarga) bo`linadi.



Download 331,44 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 331,44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma`ruza №11-12 suyuqliklarning qovushqoqligini o`lchash

Download 331,44 Kb.