|
Ma`ruza №11-12 suyuqliklarning qovushqoqligini o`lchash
|
bet | 4/7 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 331,44 Kb. | | #135636 |
Bog'liq Ma`ruza №11-12 suyuqliklarning qovushqoqligini o`lchashZoldirli viskozimetrlar
SHarikli viskozimetrlar suyuqliklarning qovushoqligini o`lchashda keng ishlatiladi.
Qovushoqlikni erkin tushuvchi jism usuli bilan o`lchash Stoks qonuniga asoslangan. Bu qonunga muvofiq erkin tushuv
chi jismning suyuqlikdagi tezligi shu suyuqlik qovushoqligi bilan bog`langan. Bu bog`lanish quyidagicha ifodalanadi:
K ,
(1 2 )g r 2
v
(8.10)
bu erda ρ 1 va ρ 2 - sharik materialining va suyuqlikning zichliklari, kg/m 3; g - og`irlik kuchining tezlanishi, m/s 2; r- sharikning radiusi, m; v - sharikning bir me`yorda tushishi tezligi, m/s; K-qabul qilingan o`lchovga bog`liq bo`lgan sonli doimiy koeffitsient.
Stokc qonuni bir jinsli suyuqlikning mutlaqo sferik sharikka nisbatan laminar harakatida ishlatilishi mumkin (8.10) formuladan ma`lumki, tekshirilayotgan suyuklikning qovushoqligini o`lchash suyuqlikdagi sharikning tushish tezligini yoki sharikning belgilangan masofadan o`tish vaqtini o`lchashdan iborat. Qovushoqlikning sharik tushish vaqtiga bog`liqligi quyidagicha ifodalanadi:
K , (8.11)
bu erda K - asbob doimiysi, Pa; τ -sharikning belgilangan masofadan o`tish vaqti, s.
8.7-rasm. Erkin tushuvchi sharchali avtomatik viskozimetrning printsipial sxemasi
|
Qovushoqlikni sharchaning erkin tushish vaqti bo`yicha aniqlaydigan avtomat qurilmaning printsipial sxemasi 8.7-rasmda ko`rsatilgan. Suyuqlik oqimi sharik
1 ni boshlang`ich holyatga shesternyali nasos 2 yordamida ko`taradi. Bu shesternyali nasos elektr dvigateli 3 ga ega. SHarikni ko`tarish bilan birga nasos suyuqlikdan namuna olib, uni sinaydi. SHarik yuqorigi cheklovchi to`rga etgach, nasos to`xtaydi, sharik harakatsiz muhitda erkin pastga
tushadi.
|
Induktsion g`altaklar 7 orkali sharikning belgilangan yo`l l dan o`tish vaqti hisoblanadi. SHarikning induktsion g`altaklardan o`tishida nomuvozanatlik signallari hosil bo`ladi va bu signal elektron kuchaytirgich 6 orqali kuchaytiriladi. SHesternyali nasosning avtomatik pavishda ulanishi va vaqtning hisoblanishi rele bloki 4 va o`lchash asbobi 5 yordamida bajariladi.
Asbobning o`lchash chegaralari induktsion g`altaklar orasidagi masofa l va sharcha diametrining o`zgarishi bilan tanlanadi.
Bunday asboblarda 100 Pa s diapazondagi suyuqlik qovushoqligini o`lchash mumkin. Asboblarning o`lchash aniqligi ±2%.
|
| |