bu erda
M - kuch momenti, N . m;
l -
ichki tsilindrning uzunligi, m; ω- tashqi tsilindr aylanishining burchak tezligi, 1/s;
R va
r - tashqi va
ichki tsilindrlarning radiusi, m.
Viskozimetrlarning tashqi va ichki tsilindri harakatsiz bo`ladi. Tekshiriladigan suyuqlikka cho`ktiriladigan aylanuvchi jism (8.8-rasm,
b)
sharsimon yoki tsilindrik rotor 1 kabi ishlaydi. Bu rotor dvigatel
2 yordamida o`zgarmas aylanishlar chastotasi bilan aylantiriladi. Suyuqlikning rotor aylaiishiga ko`rsatgan qarshiligi maxsus qurilma 3 yordamida o`lchanadi.
Aylanuvchn diskli viskozimetr (8.8-rasm,
v) tekshirilayotgan suyuqlikka cho`ktirilgan
ikki parallel disk 2 va 3 dan iborat. Disk
2 dvigatel
1 yordamida ravon aylanadi. Tekshirilayotgan suyuqlikning qovushoqlik xususiyati tufayli disk 3 ga aylantiruvchi moment uzatiladi. Bu aylantiruvchi moment suyuqlik qovushoqligiga proportsional bo`lib, hisoblash asbobi bilan bog`langan tsilindrik prujina
4 yordamida muvozanatlanadi.
Aylanuvchi diskli viskozimetrlardan suyuqliklarning qovushoqligini uzluksiz o`lchashda ham foydalanish mumkin.