|
Tebranishli viskozimetrlar
|
bet | 6/7 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 331,44 Kb. | | #135636 |
Bog'liq Ma`ruza №11-12 suyuqliklarning qovushqoqligini o`lchashTebranishli viskozimetrlar
Keyingi yillarda katta o`lchash diapazoniga, yuqori sezgirlikka va aniqlikka ega bo`lgan, shuningdek, har xil sharoitlarda turli muhitlarni analiz qiluvchi umumiy afzalliklarga ega bo`lgan tebranishli viskozimetrlar keng tarqalmoqda.
Tebraniщli viskozimetrlarning ishlash printsipi nazorat qilinayotgan muhitga cho`ktirilgan sezgir element tebranishi so`nish darajasining shu muhit qovushoqligiga bog`liqligiga asoslangan. Konstruktiv jihatdan tebranishli asboblar elektromagnitli va ultratovushli bo`ladi. Elektromagnitli (past chastotali) viskozimetrlar 1 kGts gacha va ultratovushli asboblar 10-1000 kGts chastotalarda ishlaydi.
8.9- rasmda ko`rsatilgan elektromagnit tebranishli viskozimetrning ishlash printsipы quyidagicha. Idish 6 dagi nazorat qilinayotgan suyuqlikka sezgir element
- po`lat plastinka 3 ning bir uchi tushiriladi. Uning yuqorigi qismi kaxsus qisqichli asbob 2 ga mahkamlangan. Idish 6 termostatlovchi qurilma 7 ga o`rnatiladi. Elektromagnit 1 yordamida po`lat plastinka 3 rezonans tebranishli harakatga keltiriladi. Tekshirilayotgan suyuqlikning qovushoqligini o`lchashda po`lat plas- tinka tebranishlarining amplitudasi o`zgaradi. Bu o`zgarish elektromagnit datchiklar 5 yordamida qabul qilinadi. Datchiklarda induktsiyalangan kuchlanish to`g`rilanib, o`lchash asbobi 4 ga uzatiladi, asbob qovushoqlik birligida darajalangan. Ular qovushoqlikni ±3...5% xatolik bilan o`lchaydi.
8.9-rasm. Elektromagnit tebranishli
viskozimetrning printsipial sxemasi
|
8.10-rasm. Ultratovushli
viskozimetrning sxemasi
|
Ultratovushli viskozimetrlar eng universal hisoblanadi. Bu asboblar katta o`lchash diapozoni, yuqori aniqlik, inertsiyasizlik, harakatlanuvchi qismlarnning
yo`qligi kabi afzalliklarga ega. Lekin bu asboblar murakkab elektron qurilmalardan iborat bo`lganligi sababli ularning ishlatilishi cheklangan.
Ultratovushli iskozimetrlar ultratovushlarning muhit qovushoqligiga qarab yutilishiga asoslangan. 8.10-rasmda ultratovush tebranishlarining so`nish tezligini o`lchaydigap ultratovushli viskozimetrning sxemasi ko`rsatilgan.
Magnitostriktsion materialdan ishlangan plastina 1 gilza 3 ga mahkamlangan. Plastinannng pastki qismi qovushoqligi o`lchanayotgan suyuqlikka tushirilgan. Gilzada kmpulslar generatori 4 dan ta`minlanadigan uyg`otish g`altagi 2 bor. G`altakka uzunligi 20 mks ga yaqin impuls yuboriladi, natijada plastinada bo`ylama tebranishlar yuz beradi. Tebranishlar chastotasi plastina geometriyasi orqali, so`nish amplituda si esa suyuqlik qovushoqligi orqali aniqlanadi. Impulsni yuborish bilan bir vaqtda kuchaytirish va detektirlash operatsiyasi kuchaytirgich 5 va detektor 6 da bajariladi, natijada trigger generatorni berkitadi. Plastinaning tebranishida teskari magnitostriktsion effekt tufayli g`altakda plastinaning tebranish chastotasiga teng bo`lgan kuchlanish (EYuK) hosil bo`ladi.
U= Um exr(-ατ) • sin(ωτ), (8.14) bu erda U- g`altak uchlaridagi kuchlanish; Um - kuchlanishning boshlang`ich amplitudasi; α - tebranishning suyuqlik qovushoqligiga bog`liq bo`lgan so`nii
koeffitsienti; τ-vaqt; ω - plastinaning tebranish chastotasi.
Bu k'chlanish impulslar generatorini plastina tebranishlarining so`nishi tugaguncha berkitib turadi, shundan so`ng generator qayta uyg`onadi.
SHunday qilib, so`nish intensivligining o`lchovi impulslar generatorining ketma-ket uyg`onishidagi vaqt oralig`i kattaligidan iborat. Suyuqlik qovushoqligi qancha katta bo`lsa, impulslar orasidagi vaqt oralig`i shuncha kichik bo`ladi. Ulchash signali detektordan ikkilamchi asbob 7 ga keladi.
Qovushoqlik birligida darajalangan o`lchash asbobi impulslar intervalining o`rtacha qiymatini o`lchaydi. Asbobning o`lchashdagi xatolik ±1%.
Ultratovushli viskozimetrlar texnologik oqimlardagi turly suyuqliklarni uzluksiz nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bu viskozimetrlarning o`lchash diapozoni 0,0001... 100 Pa. s.
Tebranishli, ayniqsa, ultratovushli viskozimetrlarning qo`llanilish sohasi nyuton suyuqliklari bilan cheklab qo`yiladi, bu suyuqliklarning qovushoqligi mexanik ta`sir intensivligiga bog`liq bo`lmaydi. Nyuton suyuqliklarda ular kamaytirib ko`rsatadi, bu holda ham ulardan faqat qovushoqlik indikatorlari sifatidagina foydalanish mumkin.
|
| |