|
8-Mavzu: iyoD moylash tizimi asosiy uzel-agregatlari konstruksiyasi RejaBog'liq Lecture 8Dag’al tozalash filtrlari. Odatda to’la oqimli filtrlar dag’al filtr bo’lib,
tarmoqqa kеtma-kеt ulanadi va moy nasosi bilan asosiy moy yo’li oralig’ida
joylashadi. Bu turdagi filtr moyning o’tishiga katta qarshilik ko’rsatmaydi, tuzilishi
sodda va moy tozalab o’tkazish qobiliyati yuqori. Filtrning tozalovchi qismlari
cho’yan korpusda joylashgan bo’lib, unga tushirish tiqinli tindirgich birlashtirilgan.
Korpusda o’tkazish klapani o’rnatilgan. Tozalovchi qismlar po’latdan plastinka
shaklida teshikli qilib yasalgan bo’lib, qalinligi 0,35 mm. har ikkala plastinkalar
orasiga yulduzsimon plastinka shaklida yasalgan va qalinligi 0,08 mm bo’lgan
ajratgich qo’yiladi. Plastinka va markaziy o’zakga gayka yordamida mahkamlanadi.
Kvadrat shaklli o’zakning yon tomonidagi qo’sh plastinkalar tirqishiga qalinligi 0,06
mm bo’lgan torzlovchi plastinka kiritiladi. Tozalovchi tarkibiy qismlar o’zakning
yuqori qismiga gayka bilan qisilgan rezinali salnik o’rnatilgan. Moy nasosdan
tuynuk orqali filtrning pastki ichki bo’shlig’iga kiradi va bosim ostida tozalanadi,
natijada moyning ifloslangan mayda zarrachalari plastinkalar oralig’ida ilashib
qoladi, yiriklari esa tindirgichning tubiga cho’kadi. Tozalangan moy plastinkalar
teshigidan o’tkazish tuynugi orqali asosiy moy yo’liga o’tadi. Plastinkalarni tozalash
uchun dastak buraladi. Tozalovchi oraliq plastinkalar tozalagich plastinkalarning
sirtida yopishib qolgan iflos zarrachalarni qirib tozalaydi. Kiritish va chiqarish
tuynuklari oralig’ida joylashgan o’tkazish klapani filtr ifloslanib, moy bosimi
zo’riqqanda ochiladi va nasosdan kelayotgan tozalanmagan moy dag’al filtrni
chetlab bevosita markaziy moy yo’liga o’tadi.
Moy radiatorlari motorning ishlashi natijasida qizigan moyni sovutadi.
Avtomobil motorlarida asosan havo-moy turidagi radiatorlar ishlatiladi. Odatda bu
turdagi radiatorlar motor sovitish tarmog’ining havo oqimi yo’liga o’rnatilib, moy
tarmog’iga ulanadi. Radiatorga kеlayotgan moy umumiy nasosdan yoki ikki xonali
nasosning pastki xonasidan kеlishi mumkin. Konstruktsiyasi bo’yicha moy
radiatorlarining naychali va naycha plastinkali turlari mavjud. Bunday radiatorlar
puxta va aniq ishlaydi, kartеr tubidagi moyning haroratini bеlgilangan holatda
(75÷95
0
C) da ushlab turadi.
Moy radiatori tarmoqqa kеtma-kеt ulansa, u o’tkazish klapani bilan
ta'minlanadi. Radiator moy tarmog’iga ulansa , saqlagich klapani o’rnatiladi, bu
klapan tarmoqdagi moy bosimi 0,10 MPa (1,0 kgk/sm
2
) dan oshgach ochiladi va
tarmoqdagi moyni sovitadi.
|
| |